Old qismini bо‘laklash natijasida qо‘l, bо‘yin, yelka umurtqa bо‘laklar kesib ajratiladi. Qо‘l bо‘lagini ajratish uchun gо‘shtni ich qismi bilan stol ustiga qо‘-yiladi, chap qо‘l bilan gо‘shtni boldir suyagidan bir oz kо‘tarib о‘z chegarasi bо‘ylab tо‘sh, qovurg‘a usti gо‘shti kesiladi. Sо‘ngra bо‘yin umurtqasi bilan umurtqa suyagi birlashgan yeridan suyagi chopilib bо‘yin bо‘lagi gо‘shti bilan kesib ajratiladi. Yelka umurtqa suyagini bо‘laklash uchun: umurtqa suyagi ustidagi gо‘shti va qovurg‘a suyagi ustidagi gо‘shti chegarasi bо‘ylab kesilib qovurg‘a suyagi kо‘ndalangiga chopiladi va katta taliq qismi ajratiladi. Tо‘sh kemirchak suyagi bilan qovurg‘a. suyaklari birlashgan izi bо‘yicha suyagi kesilib qovurg‘a va tо‘sh bо‘laklarga ajratiladi.
Suyaklarni ajratish —bu gо‘shtni suyaklardan shilib olishdir. Bu jarayon diqqat bilan bajariladi. Suyaklarda gо‘sht qolmasligi, ajratib olingan gо‘sht bо‘laklarida chuqur kesilgan joylar bо‘lmasligi kerak. Pichoq gо‘shtga 10 millimetrdan ortiq botirilmasligi kerak.
Gо‘shtlarni pay-paychoqlaridan tozalashda lahm gо‘sht ustidagi paylar, kemirchak suyaklar, osilib turuvchi gо‘sht bо‘laklari, gо‘sht ustidagi pardalari qattiq bо‘lsa shilib tashlanadi, ortiqcha yog‘lari ajratiladi. Agar chetlarida notekis burdalari bо‘lsa kesiladi. Tо‘qimalar orasidagi birlashtiruvchi yupsa pardalar va ustki pardalari tozalanmaydi. Gо‘sht shaklini о‘zgartirmasligi uchun (deformatsiyalanmasligi uchun) uning pardalari tozalanadi. Tozalangan gо‘shtdan porsiyalarga taqsimlangan yarim tayyor mahsulatlarni tayyorlash osonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |