Mavzu: Grammatik nutqni shakllantirish uchun gramatik mashqlar va didaktik o`yinlar o`tkazish. Reja
Download 466.36 Kb.
|
Grammatik nutqni shakllantirish uchun gramatik mashqlar va didaktik o`yinlar o`tkazish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining metodlari : -mavzuga oid adabiyotlarni o’rganish, pedagogik tahlil, kontent tahlil, so’rov, anketa. Kurs ishining tuzilishi va hajmi
- II. Asosiy qism 2.1. Grammatik nutqni shakllantirish uchun mashqlar o`tkazish.
Kurs ishining obyekti: Tuman yoki shahar Maktabgacha ta’lim tashkilotlari.
Kurs ishining predmeti: Grammatik nutqni shakllantirish uchun gramatik mashqlar va didaktik o`yinlar o`tkazish. Kurs ishining metodologik asosi: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi farmon, sohaga oid qarorlar, farmonlar. Kurs ishining metodlari: -mavzuga oid adabiyotlarni o’rganish, pedagogik tahlil, kontent tahlil, so’rov, anketa. Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi ikki bob, beshta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. II. Asosiy qism 2.1. Grammatik nutqni shakllantirish uchun mashqlar o`tkazish. Bolalarning amaliy Mashg’ulotlarini tashkil etishga doir maxsus Mashg’ulotlarda tarbiyachiga o’yinchoqlar, narsalar, kiyimlar, poyabzal, idish-tovoqlar, oziq-ovqatlar va boshqa syujetli o’yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bolalar o’ynaganlari holda atrofdagi kattalar faoliyatiga taqlid qiladilar. Tuzilayotgan gapni rang-barang qilish uchun o’yin syujetini o’zgartirish – yangi o’yin personajlarini kiritish, bolaga yo’naltiruvchi savollar berish va shu bilan uni muayyan iboralar bilan javob berishga majbur qilish zarur. Namoyish qilinayotgan harakatlar bo’yicha «bilan» old ko’makchisi ishtirokidagi tuzilmalarni kiritish kulaydir: ayiqcha bilan, kuchukcha bilan o’ynadi; quyoncha bilan, oyisi bilan, Samat bilan gaplashdi. Namoyish etilayotgan harakatlar bo’yicha tuzilayotgan butun gapni bolalar albatta o’zlari aytib ko’radilar. Agarda bola gapda xatolikka yo’l qo’ysa, tarbiyachi uni tuzatishi va gapni yana bir bor takrorlashi lozim. Bolalarga iboralarni tegishli grammatik shakl bilan rasmiylashtirishni o’rgatishni o’yinli vaziyatlar asosida ham amalga oshirish mumkin. O’yinli usullardan bolalar bilan grammatik tuzilmalarni qo’llash borasidagi suhbat sifatida barcha kelishik shakllarini mustahkamlashda foydalaniladi. Bolalarga old ko’makchilarni qo’llashni o’rgatishga doir Mashg’ulotlarda predmetlarning kenglikdagi munosabatlarini albatta ko’rsatish shart. Buning uchun kubiklar, piramidalar, kitoblar va boshqa narsalardan foydalanish mumkin. Masalan, uycha qurilishini ko’rsatib beruvchi harakatlarni quyidagi so’zlarni aytgan holda amalga oshirish zarur: «Kubikning ustiga kubik ko’yamiz, devor hosil bo’ldi. Devor ortida stolcha turibdi» (bu o’rinda devor ortidagi narsa harakatini ko’rsatish zarur). Stolcha atrofida quyoncha va ayiqcha o’tirishibdi. Stol ustida piyolalar bor, stol ostida esa skameyka turibdi». Stol ustidagi va ostidagi narsalar holatini albatta ko’rsatib zarur, shundagina bola narsalarga oid so’z birikmalarini oson o’zlashtirib oladi. Maxsus grammatik mashqlarni suratlardan foydalangan holda amalga oshirish lozim. Ularni sinchiklab ko’rib chiqqandan va savollarga bir so’zli javob berilganidan so’ng to’liq bilvosita qo’shimchani tuzish va aytib ko’rishga o’tish darkor, chunki, ularga fe’lga bog’liq so’zni rasmiylashtirish ancha qiyint kechadi. Masalan, Alisher Barno bilan koptok o’ynayapti. Qizcha choynagi bilan gullarni sug’ormoqda. Bitta surat syujeti asosida savollar berish va bolaning unga javob qaytarishi savol-javob tusidagi qiziqarli Mashg’ulotlardan biri hisoblanadi. Masalan, «Bola qo’lini yuvmoqda» surati asosida qator savollar berish mumkin: «Xurshid, Timur, Alisher nima qilishayapti?», «Alisher nimani yuvmokda?», «Biz ko’limizni nima bilan yuvamiz?», «Kimning ko’li toza?» va h.k. Bola hayotining to’rtinchi yilida unga bir tarkibli gaplar tuzishni o’rgatish, shuningdek uning nutqiga umumlashtiruvchi tushunchalarni kiritishga katta e’tibor beriladi. Mashg’ulotlarda suratlar asosida, tayanch so’zlar yordamida, namoyish etilayotgan harakatlar asosida, gapning yetishmayotgan qismlarini to’ldirish asosida gap tuzish kabi turli xil ishlarni amalga oshirish zarur. Bir tarkibli aniqlovchilar bilan gap tuzishga doir ishlarni bolalar bilan «Toping, bu nima?» o’yinini uyushtirish orkali amalga oshirish mumkin. Bola ajralib turuvchi belgilariga qarab narsa nomini aytishi zarur, masalan: «dumaloq, sersuv, sariq, shirin, dumi bor, foydali» - sholg’om. YOki: - «katta, dumaloq, ko’k, rezinali» – koptok. Bir tarkibli kesimli gaplarni tuzish uchun «Esla va ayt» o’yinidan foydalanish mumkin. Tarbiyachi bolaga topshiriqni hech kim eshitmaydigan qilib aytadi. Bola topshiriqni izchil ravishda bajara boshlaydi, bolalar esa u nima qilayotganini aytib beradilar: «Abduazim kaychini oldi, qizil va ko’k qog’ozlardan bo’laklar kesib olib, ularni Zuhra va Farruxga berdi». Nutqni rivojlantirishga doir mashqlar – ya’ni, nutqiy grammatik modellarni mustahkamlashga doir mashqlar boshqa ishlar bilan, masalan kitob o’qish bilan birgalikda bajarilishi mumkin. Kichik asarlarni o’qish o’qilayotgan matnga mos o’yinlar va harakatlar bilan amalga oshirilishi mumkin. Grammatik mashqlar o’yin, sayr soatlarida, navbatchilik paytida bajarilishi lozim, shunda kichkintoylarning nutqiy mahoratlari yanada ortadi. Umuman olganda, bolaning maktabgacha tarbiya muassasasidagi butun faoliyati uning diqqat-e’tibori, xotirasi, fikrlash doirasini rivojlantirishga, uning nutqini takomillashtirishga xizmat qilishi lozim. Besh-olti yoshli bolalarda grammatik ko’nikmalarni shakllantirish. Bu yoshga kelib bola quyidagi asosiy grammatik shakllarni o’zlashtirib olishi mumkin va shart: birlik va ko’plik sondagi otlarning old ko’makchi-kelishik shakli, ko’p sonli sifatlarni kelishiklar, sonlar va turlar (rodlar) bo’yicha o’zgartirish, fe’l shakllari, ravishlarni to’g’ri qo’llash. Besh yoshda bola o’z nutqida garchi ayrim gap turlari uning uchun hali ancha qiyint bo’lsa ham, qo’shma gaplardan foydalanadi. Old ko’makchilar va bog’lovchilar turli xil ma’nolarda qo’llaniladi. Ko’proq umumlashtiruvchi so’zlar ko’llay boshlanadi: mebel, ovqat, idish-tovoqlar, o’yinchoqlar, transport. Umuman bolaning so’z zahirasi ortib borgani sayin uning nutqi ravon va izchil bo’lib boradi. Besh yoshli bolalar tuzayotgan gaplarda ular o’zlariga yaxshi tanish bo’lgan hodisalarning (ertaga, kechasi, yakshanba va h.k.) sabab-oqibatli munosabatlarini ifodalaydilar. Dasturga muvofiq tarbiyachi besh yoshli bolalarga nutq asosiy qismlarining grammatik shakllarini to’g’ri qo’llashni o’rgatishga doir ishlarni davom ettirishi lozim. Bolalarga o’z nutqida vaqtli, maqsadli va sababli sintaktik munosabatlarni (Qachon? Qaysi maqsadda? Qaysi maqsad uchun? Nima uchun? Nega? kabi savollarga javob berish) ifodalashni o’rgatish zarur. Tarbiyachi nutqga qator old qo’shimchali fe’llarni kiritadi, ayni paytda Nima qllding? Nimani qilib bo’lding? (chizdim-chizib tugatdim, yuvdim – yuvib bo’ldim va h.k.) savollariga javob beruvchi fe’llar; savolga qarab asosi o’zgaradigan fe’llar (Nima qilayapman, Nimani qilib tugataman?: ko’rib tugataman – ko’rib tugatayapman, sakrayman - sakrayapman); kelgusi oddiy va kelgusi murakkab zamonli, -di qo’shimchali va usiz shakldagi fe’llar («Men o’ynamoqchiman» - «Men o’ynayapman», «U qiyintmoqchi», «U qiyintadi»); bahoni (yaxshi-yomon, ifodali, tez, sekin, past, baland); vaqtni (bugun, qishda, yozda va boshqa.); joyni (bu yerda, anavi yerda, shu yerda, o’ngda, chapda, balandda, pastda, anavi tomonga) belgilovchi eng ko’p tarqalgan ravishlar; gapda so’zlarni bog’lash va gaplarni bog’lash uchun foydalaniladigan to’qima bog’lovchilar (va, esa, ammo, biroq); gaplarni bog’lash uchun xizmat qiladigan bo’ysundiruvchi bog’lovchilar (uchun, chunki, agar, qachonki, zero) ustidan birlamchi kuzatishni amalga oshiradi. Hayotining beshinchi-oltinchi yilini boshdan kechirayotgan bolalarda grammatik ko’nikmalarni shakllantirish maishiy muloqot jarayonida va ayni paytda predmetli Mashg’ulotlarda maxsus nutqiy mashqlarni o’tkazishda, suratlar bilan ishlashda ro’y beradi. Mashg’ulotlar uchun taklif etilgan didaktik material zamon kategoriyalari, sonlar, shaxslar, turlar (rodlar), fe’llarni o’zlashtirishga, nutqda tugallangan va tugallanmagan ko’rinishdagi fe’llarni amalda qo’llashga yordam berishi zarur. Bolalarni amalga oshirilayotgan va amalga oshirib bo’lingan harakatlarni farklashga o’rgatish uchun ularga tanish vaziyat bilan bog’liq holda aniq xususiyat baxsh etish lozim. Gap tuzishda «bugun», «hozir», «endi» ravishlarini hozirgi zamon fe’li bilan, «kecha», «anchadan buyon», «yaqinda» ravishlarini o’tgan zamon fe’li bilan bog’lash muhimdir. Maxsus mashqlarda bog’langan qo’shma gap va ergashgan qo’shma gaplardan iborat bo’lgan qo’shma gaplar tuzishga doir ishlar sezilarli ahamiyat kasb etishi darkor. Buning uchun savol-javob shaklidan foydalangan ma’qul. Dastlab bola qo’shma gapning faqat ikkinchi qismini (aslida qo’yilgan savolga javob ham shu) aytadi, keyinchalik esa undan qo’shma gapni butunicha aytishini talab qilish zarur. Ko’pincha bolalar aynan ergash gaplarni qo’llashda xatoga yo’l qo’yadi. Qo’shma gaplarni tuzishga doir Mashg’ulotlar turlicha o’tkazilishi mumkin: suratlar bilan: syujeti bir-biriga yaqin bo’lgan ikki surat tanlab olinadi: uning birida o’rin-ko’rpasini yozayotgan qizcha, ikkinchisida esa – uxlayotgan qizcha tasvirlangan. Download 466.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling