Mavzu: Grammatik nutqni shakllantirish uchun gramatik mashqlar va didaktik o`yinlar o`tkazish. Reja
Download 466.36 Kb.
|
Grammatik nutqni shakllantirish uchun gramatik mashqlar va didaktik o`yinlar o`tkazish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Mavzu: Grammatik nutqni shakllantirish uchun gramatik mashqlar va didaktik o`yinlar o`tkazish. REJA: Kirish Grammatik nutqni shakllantirish uchun gramatik mashqlar va didaktik o`yinlar o`tkazishning dolzarbligi va ahamiyati. Kurs ishining maqsad va vazifalari Asosiy qism Grammatik nutqni shakllantirish uchun mashqlar o`tkazish. Didaktik o`yinlar o`tkazish. Nutqning tovush madaniyati, bola tomonidan nutqning tovush tomonini o’zlashtirish. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Grammatik nutqni shakllantirish uchun gramatik mashqlar va didaktik o`yinlar o`tkazishning dolzarbligi va ahamiyati. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning birinchi bo’g’ini hisoblanib, u maktabda o’qish uchun tayyor, sog’lom bolani tarbiyalashni ko’zda tutadi. Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlashda, unga ona tilimiz haqidagi barcha bilimlarni egallab olish,ona tilimizga bo’lgan mehrni o’stirish, to’g’ri munosabatda bo’lish madaniyatini o`rgatish zarur. Ushbu masalalarga oid bilimlarni bolalar nutqini o’stirish fani o`z ichiga qamrab oladi. Mustaqil taraqqiyot yo`lidan dadil borayotgan, huquqiy demokratik jamiyat qurishga intilayotgan Respublikamizda har bir insonning ozod va erkin, farovon yashashini ta'minlovchi jamiyat barpo etilmoqda, yoshlarning ilm - ma'rifatli bo‘lishiga barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta'lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Ya'ni bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko‘nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat Ko`rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to‘g‘ri ifodalashi o‘zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o‘stirish fanining o‘rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o‘zaro aloqa vositasi bo`lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bo`lib, jamiyat taraqqiyotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar tilda o‘z aksini topadi. Til birliklari nutqni hosil qiladi, ya'ni har bir inson o‘z fikrini boshqalarga til orqali, til birliklari orqali bayon qiladi, boshqalari fikrini til orqali egallaydi, tushunadi. Ya'ni nutq tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar haqidagi fikr muloqazalarni boshqalarga yetkazishdir. Shuning uchun til va nutq inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta'limda nutq o‘stirish metodikasi fanining o`qitilishi, nutq o‘stirish usullarini bilish, har bir yosh guruhda bolalar nutqini o‘stirish vazifalarini to‘g‘ri hal etish imkonini beradi, bolalarni maktabga tayyorlash vazifasining bajarilishini ta'minlaydi. Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, o‘zbek tili qadimiy til sifatida taraqqiy etgan, jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari uchun xizmat qilmoqda. Respublikamiz mustaqilligi o‘zbek tili taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi, tilimiz mustaqillikning mohiyatini ifodalash, ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tili ta'limini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o‘stirish ularga ona tilini amaliy o`rganish demakdir. Nutq o‘stirish metodikasi pedagogik fan sifatida 1920 yillargacha pedagogika fani tarkibida taraqqiy etdi, so‘ng mustaqil fan sifatida shakllandi. Bolalar nutqini o‘stirish fanini o`qitishdan maqsad: Мaktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini rivojlantirish, lug’at boyligini o’stirish, grammatik jixatdan to’g’ri nutqni shakllantirish va bolalarning bir-birlari bilan hamda boshqa shaxslar bilan nutqiy muloqatga o’rgatish metod va usullari haqida bilim berish Kutilayotgan natijalar- turli yosh bosqichlarida bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish xususiyatlarini ko’ra olish va tushunish qobiliyatini shakllantirish; -bolaning yoshini va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda nutqiga ta’sir ko’rsatishning eng samarali yo’llarini to’g’ri tanlashni o’rganish; -bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirishning aniq metodlari va usullari haqidagi bilimlar o’zlashtirilishini hamda ularning nutq muloqatlari paytida qo’llay olishini ta’minlash. Download 466.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling