Mavzu: Grammatik nutqni shakllantirish uchun gramatik mashqlar va didaktik o`yinlar o`tkazish. Reja


Nutqning tovush madaniyati, bola tomonidan nutqning tovush tomonini o’zlashtirish


Download 466.36 Kb.
bet5/7
Sana07.03.2023
Hajmi466.36 Kb.
#1244756
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Grammatik nutqni shakllantirish uchun gramatik mashqlar va didaktik o`yinlar o`tkazish

Nutqning tovush madaniyati, bola tomonidan nutqning tovush tomonini o’zlashtirish.

Nutq madaniyati – bu to’g’ri so’zlay olish, ya’ni nutqiy muloqot shartlari va fikr bildirishdan ko’zlangan maqsadni hisobga olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan intonatsiya, leksik zahira, grammatik shakllardan) foydalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir.
Bola so’zlashni o’rganmoqda. Lekin buning uchun u avval ushbu tilga xos bo’lgan barcha fonemalarni aytishni; tovushlarni va so’zda muayyan pozitsiyada turgan tovushlar birikmasini an’anaga muvofiq holda, ya’ni orfoepiya qoidalari bo’yicha talaffuz qilishni; intonatsiyani yaratuvchi prosodemalarni modellashtirishni o’zlashtirib olishi lozim. Bolalarga ona tilida nutqni o’rgatish tajribasidan ma’lumki, alohida tovushlar artikulyatsiyasini o’zlashtirish bola uchun eng qiyint vazifa hisoblanadi.
O.I.Soloveva nutqning tovush madaniyati tarbiyalashga doir ishlarning asosiy yo’nalishlarini belgilar ekan, «pedagog oldida bolalarga so’zlardagi tovushlarni sof, toza talaffuz qilish, so’zlarni rus tilining orfoepiya qoidalariga muvofiq holda to’g’ri talaffuz qilish, aniq talaffuz etishni (yaxshi diktsiya) o’rgatish, ularda ifodali nutqni tarbiyalash vazifalari turganligini» ta’kidlaydi.
Ba’zan tarbiyachining bolalarda to’g’ri nutqni shakllantirish borasidagi faoliyati tovush talaffuzi kamchiliklarini bartaraf etuvchi logoped mehnati bilan taqqoslanadi. Biroq nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash faqatgina tovushlarni to’g’ri talaffuz etish shakllantirishdan iborat emas. Tovushlarni to’g’ri talaffuz etishni shakllantirish nutqdagi tovush madaniyatini tarbiyalashga oid ishlarning bir qismidir. Tarbiyachi bolalarga to’g’ri nutqiy nafas olish, ona tilidagi barcha tovushlarni talaffuz qilish, so’zlarni aniq aytish, tovushdan foydalanishni o’rgatadi, bolalarni shoshmasdan ifodali qilib so’zlashga odatlantiradi.
Ayni paytda nutqdagi tovushni shakllantirish jarayonida tarbiyachi ayrim logopedik usullardan foydalanishi, ya’ni xuddi logoped kabi nutq kamchiliklarining oldini olishga karatilgan ishlar bilan shug’ullanishi mumkin. Tovush artikulyatsiyasini egallash ancha uzoq va murakkab jarayon bo’lib, u ko’pincha besh yil, ba’zan esa yetti yilgacha cho’ziladi: bu boradagi ishlar muvaffaqiyatli olib borilgan taqdirda bola besh yoshdan boshlab sof so’zlay boshlaydi.
Bolalar bog’chasida tarbiyalash dasturi» bola hayotining yettinchi yiliga kelib – ya’ni, bolalarga o’qish va yozish o’rgatish boshlanadigan davrga kelib uning barcha tovushlar artikulyatsiyasini to’liq o’zlashtirishini ta’minlash vazifasini qo’yadi. Bolalarga to’g’ri talaffuzni o’zlashtirish vazifasi agarda ular orfoepik talaffuzli shaxslar ichida o’sayotgan bulsa juda oson hal etilishi (bu holda ularda birinchi kundan boshlab artikulyatsiya bazasi to’g’ri shakllanadi) va ayni paytda u kattalardan shevaga xos yoki xalqona talaffuzdagi so’zlarlarni eshitsa bu jarayon juda qiyint kechishi (aniqrog’i –hech narsani o’zlashtira olmasligi) mumkin.
Til haqidagi fanda turli toifadagi gaplar intonatsiyasi va o’z-o’zidan, prosodemalar, ularning artikulyatsiya organlarini modullashtirishdagi ishtiroki masalasi juda kam o’rganilgan. Tajribalar shundan dalolat bermoqdaki, bolalar barcha prosodemalarni hech bir qiyintchiliksiz o’zlashtirib oladilar, ayniqsa ularga ovoz ohangi modulyatsiyasini o’zlashtirish juda oson kechadi, ko’pchilik bolalar prosodemalarni deyarli mashqsiz o’zlashtirib oladilar. Biroq, o’qituvchilar (ota-onalar, tarbiyachilar, o’qituvchilar) o’zlari ona tili intonatsiyasini a’lo ravishda egallaganlari bois buni paykamaydilar.
Agarda bola ayrim prosodemalarni «mustaqil ravishda» o’zlashtira olmasa, kattalar, odatda nutqdagi bu kamchilikka tezda e’tibor bermaydilar, bu borada bolaga yordam bermaydilar va u shu kamchilik bilan maktabga boradi. U yerda esa intonatsiyadagi nuksonni bartaraf etish nutq tovushlari artikulyatsiyasidagi nuksonlarni bartaraf etishga qaraganda yanada qiyint kechadi.
Bolalar intonatsiyaning ayrim elementlarini (prosodemalar) gapning yaxlit intonatsiyasidan ajratib olishni o’rganadilar va buni alohida emas, balki gapning o’zida bajaradilar. Bolalar gapning o’zini (tugallangan fikrni) intonatsiyasiga qarab tushunishni o’rganadilar. Ular ikki tugallangan intonatsiyani, ya’ni: bayon va so’rok intonatsiyalarini o’zlashtiradilar.
Tugallangan intonatsiyalar bilan bir vaqtida bolalarga mantikiy urg’ular (gapni dolzarb o’qish) ko’rsatiladi va ular yoyik gapning mazmuniy kesimlarida tugallanmagan intonatsiyani bajarishni mashq qiladilar.
Ma’lumki bunday intonatsiyalar oltita (A.N.Gvozdev): sanash intonatsiyasi («I k tsarevne nalivnoe, molodoe, zolotoe pryamo yabloko letit»), karama-karshi ko’yish intonatsiyasi («V tretiy raz zakinul on nevod, - prishel nevod s odnoy rыbkoyu, s neprostoyu rыbkoyu - zolotoyu»), chakirik intonatsiyasi («CHego tebe nadobno, starche?», «Svet moy zerkaltse, skaji, da vsyu pravdu rasskaji..»), ogohlantirish intonatsiyasi yoki ikki nukta intonatsiyasi («Otvechaet zolotaya rыbka: «Ne pechalsya, stupay sebe s bogom!», «Udivilsya starik, ispugalsya: rыbachil tridtsat let i tri goda i ne slыxival, chtob rыba govorila»), kirish intonatsiyasi («Vot prishel on k sinemu moryu (pomutilos sinee more), stal on klikat zolotuyu rыbku…»), alohida ajralish intonatsiyasi («No tsarevna molodaya, tixomolkom rastsvetaya, mejdu tem rosla, rosla, podnyalas – rastsvela, chernobrova, nravu krotkogo takogo»). Yuqorida bayon kilingan o’zbek tilining fonetik va fonologik vositalari ravon nutqda bir vaqtning o’zida qo’llaniladi.
Bolaning ravon nutqi uslubi, uning his-hayajonliligi uning nutq tovushlarini kanday talaffuz etishiga (artikulyatsiyalarni g’ayrat bilan va aniq aytish yoki sekin va tushunarsiz aytish) va mavjud prosodemalardan qaysii birini tanlashiga (past-jarangdor, tezsekin, ovoz tembri bilan ijobiy yoki salbiy hissiyotlarni tasvirlash) bog’liqdir.
L.V.SHerba rus tilida ikkita asosiy talaffuz uslublarining mavjudligiga e’tiborni karatgan. To’liqlik (yoki kitobiy) uslubi omma oldida nutq so’zlashda – ma’ruzalar o’qish, yig’ilishda so’zga chikish, radio va televidenieda diktor bo’lib ishlashda, shuningdek o’quvchi, talabalar uchun va o’zini yaxshi anglashlarini xohlagan hamda tinglovchilarga uni tushunishlarini osonlashtirishga intilayotgan har bir shaxs uchun majburiydir.
To’liq uslubli nutqga aniq talaffuz, o’rtacha sur’at xos bo’lib, ovoz kuchi xona hajmi va ovoz tembriga mos bo’ladi. Nutqda kishining o’z kadrini yaxshi bilishi, ya’ni uni tinglayotganlarga nisbatan hurmat va e’tibori yaqqol ifodalanadi. Noto’liq (yoki so’zlashuv) uslub maishiy muloqotda qo’llaniladi. Bunda so’zlardagi tovushlarni birmuncha past va sust aytish, va tez aytish yoki, aksincha, iboralarni sekin aytish va shivirlash mumkin; so’zlashuv nutqiga ohangiy (his-hayajonli) ishlov berish ko’rinishlari turlicha bo’ladi: barcha his-tuyg’ular so’zlashuv nutqining jaranglashida to’liq aks etadi.
Yetarli darajada madaniy nutqga ega bo’lgan har bir inson har doim ham vaziyatdan kelib chiqqan holda ikkala nutq uslublarini maxsus tayyorgarliksiz ko’llay olishi mumkin. Maxsus tayyorlangan nutq notiklik nutqi (publitsistik chikishlarda) yoki badiiy o’qish (aktyorlik faoliyatida) deb ataladi. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash bir vaqtning o’zida nutqning boshqa qismlarini ham, ya’ni lug’at, bog’lovchi, grammatik jihatdan to’g’ri nutqni rivojlantirgan holda amalga oshiriladi.


Download 466.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling