Mavzu: Gul uchun Koshinli kashpolar kompozitsiyasi
partish tarzda bajarilayotganligini qayg‘urib yozadi. Natijada bun-
Download 110.04 Kb.
|
Bitiruv ishi Gul uchunKoshinlar
partish tarzda bajarilayotganligini qayg‘urib yozadi. Natijada bun- day sifatsiz bajarilgan koshinlar koshinburish taxtasining yodgor- likdagi asl holatidan keskin ajralib qolayotganligini va ko‘p o‘tmay buzihb tushayotganligini tanqid qiladi. Ta’mirchi usta yodgorlik- ning devorlari tiklangach, uning sirtiga tegishli koshin naqshlami oradan kamida 1-2 yil o‘tgach ishlanishining maqsadga muvofiq ekanligini tushuntiradi. Chunki devoriy va gumbaziy g'ishtlar ana shu vaqt ichida sezilmas darajada o‘z og‘irligi tufayli bosilishini, me’morchilikdabuvoqeani “shishtishom” deyilishini, agarg'ishtlar bosilmasdan devorga koshin taxtasi o‘matilsa, devor bilan ko shinburish taxtasi orasida ajralish hosil bo'lib, koshin taxtaning qo‘porilishini va ozgina turtki bo‘lsa, ко‘chib tushishi mumkinli- gini yozadi. Misol tariqasida 1985-yilda Samarqandda, 1987-yilda esa Buxorodagi ayrim yodgorliklarni ta’mirlashda qo‘llanilgan katta hajmdagi koshinlarning qulab tushganligini ko‘rsatadi. Ta’mirchi usta me’moriy obidalar umrining hozirgi vaqtda qisqarish sabablarining asosiylaridan biri ularning yuqori qismi — tomidan tarqaladigan namlik deb biladi. Bu namlikka qarshi ulnming tomlarini yengil va tejamli tarzda zamonaviy uslubda qayta ishlashni taklif etadi va bu uslubni o‘zi Samarqandagi Nodir devonbegi (“Sherdori berun”) madrasasini ta’mirlash jarayoni- da qo‘naydi. Ustaning bu usuli obidalar tomini yopishda, o‘tmishda 0 ‘rta Osiyo me’morlari qoMlaganxataba usuUdan farq qilib, kam xarajat, tez bajarilishi va yaxshi samarasi bilan ajralib turadi. Unga ko'ra hujralarning ravoqlari o‘rtasidan yuqoriga devor ko‘tarib, har bir devorga 70x80 sm kattalikdagi teshiklar qo‘yiladi. Bu teshiklar ravoq va gumbazlar sahniga chiqib xabar olish va havo- ning aylanib turishi uchun mo‘ljallanadi. Devorni hujralar gumbazining yuqori qismidan 40-50 sm balandlikda ishlab, uning ustiga qalinligi 8-10 sm da temirbe- Ion yotqiziladi, beton orasiga har-har joydan diametri 10 sm I rubadan 50 sm uzunlikda kesib tik qo‘yiladi. Ular hujralarga yu- qoridan havo kirishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yana umumiy tomning ikki chetidan shamol kirishi uchun teshik qoldiriladi. Keyin sement qorishmasi yordamida kvadrat g‘isht bilan temir- bclon yopma ustidan farch ishlanadi. Bu usulda qadimiysidan bir nccha bor mablag‘ kam sarflanadi, binoning yuqori qismi har doim quruq va yengil bo‘lganligidan uning umri boqiy bo‘ladi. Samarqanddagi Nodir devonbegi madrasasida amalga oshirilgan ushbu tajriba yaxshi natija bergach, u keng quloch yozib, hozirgi paytda obidalar tomlaridagi namlikni quritish va umrini uzayti- rishda qo‘llanilmoqda. Abdug'affor Haqqulov qadimiy obidalar tomining yuqori qismidagi namlik sabablarini aniqlaydi va unga qarshi kurashish usullarini taklif qiladi. Shuningdek, u Samar qanddagi Tillaqori masjidining shiftiga ta’mirlab ishlangan “tilla naqshlar” ning to‘kilish sabablarini ham aniqlaydi va ularni to‘kilmasligi uchun qanday ishlash zarurligini ham yuqorida es- latilgan “Ta’mir san’ati” kitobida ko‘rsatib beradi. Ta’mirchi usta poydevori sayoz ishlangan binolarga qanday qilib qo‘shimcha poydevor ishlash va ularni mustahkamlash usullarini, devorlari va peshtoqlari bir tomonga oqqan va qiyshaygan obidalarda ularni buzmasdan qanday qilib asl holiga qaytarish usullarini ham ko‘rsatib bergan va o‘zi shu uslublami ilk bor Nodir Devonbegi madrasasining devorlari, peshtoqlari va poydevorlarini ta’mirlashda qo‘llagan. Koshinpaz usta o‘zining “Ta’mir san’ati” kitobida koshin loyi uchun qaysi tuproqni va qanday qilib tanlashni, tanlangan tup- roqni qanday suvda va qay uslubda yuvish zarurligini, yuvilgan luproqdan esa qanday qilib yaxshi loy tayyorlash mumkinligini, loyni koshinlar uchun qay tartibda kesish, kesilgan koshinlar loyini pechga qanday terish va pishirish zarurligini, pishgan ter- rakotalarga bo‘yoq surib, qaytadan pechda pishirish usullarini balafsil tushuntirib bergan. Ma’lumki, binolarga sayqal berishda qadimdan Download 110.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling