Mavzu: Gul uchun Koshinli kashpolar kompozitsiyasi


Download 110.04 Kb.
bet5/6
Sana05.05.2023
Hajmi110.04 Kb.
#1427475
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bitiruv ishi Gul uchunKoshinlar

koshinburish
— koshin taxtasidan keng foydalanilgan. Zukko ta’mirchi usta 
Abdug'afTor Haqqulov koshin andozasini, taxtasini tayyorlash,
9 5

koshin kcsishdek murakkab san'atni mukammal bilardi. Bunda 


и o’zida biryo'la uch vazifani — loyihachi, naqqosh va xattot 
va/ifalarini mujassamlashtirgan edi. Nafosat olamining yarati- 
lishida koshinburish me’morchilik san’atining ko‘zgusi desak 
mubolag'a bo‘lmaydi. Abdug‘affor Haqqulov ana shu san’atning 
otaxoni edi. Otaxon usta koshinpazlik va koshinburishlikda “an- 
gob” ning hikmatini ochib berib, uni o‘z davri uchun qay- 
tadan kashf etgan.
“Koshinlar sirtining mavj urib jilolanishi bu angob hikma- 
tidir”, - deb yozadi A.Haqqulov. Angob tarkibi asosan koshin- 
larga surtiladigan oq rangdan farq qilmaydi. Faqat u oq rangga 
nisbatan suyuq tayyorlanadi. Angobning suyuq tayyorlashdan 
maqsad kovaksimon terrakotaga surtilganda terrakotaning kovak- 
lariga o‘mashib, mag‘ziga singib ketishidir.
Angobning xususiyati yumshoq bo‘lganligi sababli uning 
ustidan surtilgan bo‘yoq tezda angobni o‘ziga qabul qilib, 
uyg‘unlasha boshlaydi. Angobning eng yaxshi xususiyatlaridan 
yana biri shundaki, uning rangi oq bo‘lganligi sababli, uning 
ustidan surtilgan har qanday bo‘yoq, ayniqsa, binafsha (loju- 
vard), ko‘k, zaynabi (nosi) kabi bo‘yoqlar nihoyatda nafis- 
shaffof bo'ladi. Shuningdek, u terrakota bilan sir-bo‘yoqlaming 
birikishida “tanakor” vazifasini bajaradi. Masalan, temirchi- 
lar ikkita temirni biriktirish uchun ularni birdek qizdirib yuzi- 
ga tannor sepadilar-da, keyin biriktiradilar, Angob bilan bo‘yoq 
ham shunday uyg‘unlikdan keyin hech qachon bir-biridan 
ajralib ko'chmaydi. Mabodo biror turtki sabab bo‘lgan taqdirda 
ham bo‘yoq terrakota bilan birga ko‘chib tushadi. Angobning 
eng yaxshi afzalliklarining yana biri shuki, surtilgan koshin 
tayyor bo‘lgunga qadar xumdonda uch marta pishiriladi, ya’ni 
oldin terrakota tayyorlab, unga angob surtilgandan keyin yana 
pechda pishirilib olinadi va nihoyat asosiy (sir) bo‘yoqni surtib 
yana pishiriladi.
Natijada koshin nihoyatda chiniqib pishadi. Shunday qilib, 
angob koshinlar nafosatini yuzaga keltiribgina qolmay, ularning 
sifatini yuksak darajada shakllantirishda, umri boqiyligida asosiy 
o'rinni egallaydi. Angob surtib tayyoriangan koshinlar va koshin-
9 6

burishlar har qanday sovuqqa va namlikka chidamli bo‘lib, o‘z 


xususiyatini yo‘qotmaydi.
Me’morchilikda va hayotda qo'llaniladigan barcha turdagi so- 
poldan tayyorlangan mayolikalar va buyumlarning terrakotasiga 
oldin angob surtib, keyin xohlagan bo‘yoq surtilsa, u albatta 
yuqoridagi samarani beradi.
Ta’mirchi usta ganch qorishmasining mustahkamligini oshi- 
rish va uni asrlar davomida saqlab qolish uchun 100 kg ganchga 
40-50 g shiresh yelimini qo‘yishni taklif qiladi. “Ganch va shiresh 
sharbatining qorishmasi qotgach, ganchning kovaklarini, ichki 
va tashqi atrofmi shiresh o‘z sharbati bilan yelimlab oladi. Shiresh 
tabiiy o'simlikdan tayyorlanib, qadimda undan yelim o‘rnida foy- 
dalanigan. Bunday qorishmada tayyorlangan ganch qorishmasi 
suvga tashlab qo‘yilsa ham, uzoq muddat o‘ziga suv olmaydi. 
M a’lumki, ganch suvni o‘ziga olmasa, hech qachon kuchsiz- 
lanmaydi.
“Ganchning yaxshi xususiyatlaridan biri uning elastikligidir. 
Buni yaxshi tushungan qadimgi me’morlar binolardan boshlab 
gumbazigacha ganchdan foydalanganlar. Ganch va g‘isht bilan 
tiklangan obidalar umri uzoq bo‘ladi, har qanday sharoitda hamda 
dahshatli zilzilalarda ham ko‘p zarar ko‘rmaydi. Chunki ganch 
mo'rt emas, sinmaydi, u egiluvchanlik xususiyatiga ko‘ra katta 
zarbada ham sezilar-sezilmas darajada o‘z-o‘zidan amortizatsiya 
beradi”,-deb tushuntiradi ta’mirchi me’mor.
Abdug‘affor Haqqulov Samarqandda o‘zining ta’mirchi 
me’morlar maktabini yaratib, unda murabbiylik qildi, shogird- 
lariga bilim berib, nafaqat Respublikaga, balki butun Markaziy 
Osiyoga ko‘plab ta’mirchi ustalar tayyorlab berdi. U Samar­
qanddagi N odir Devonbegi madrasasini boshdan oyoq 
ta’mirlashni o‘z tashabbusi bilan otalig‘iga olib, vayronaga ay- 
langan bu obidani xalqimiz uchun o‘z aslidek qilib qaytadan 
yaratdi. Ana shu murakkab ish jarayonida ta’mirchilik san’ati va 
muhandislik sohasida bir qator ixtirolar qildi. 0 ‘zining ish tajri- 
balarini umumlashtirib memorlar maktabi uchun ikkita nodir 
kitob — 

Download 110.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling