Mavzu: Gulning tuzilishi va Turlari. Changlanish xillari gulning tuzilishi va uning qismlari


shamol yordamida changlanadigan o‘simliklar


Download 23.69 Kb.
bet3/3
Sana13.12.2022
Hajmi23.69 Kb.
#1000691
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Gulning tuzilishi va Turlari. Changlanish xillari gulning

shamol yordamida changlanadigan o‘simliklar deyiladi (bug‘doy, arpa, sholi, suli, tol, terak, yong‘oq va boshqalar). Shamol yordamida changlanadigan ko‘pgina o‘simliklar avval gullab, keyin barg chiqaradi.
Bug‘doy shamol yordamida changlanadigan o‘simlikdir. U ikki jinsli o‘simlik. Uning gullari murakkab boshoqda o‘rnashgan bo‘lib, changchilari boshoqdan tashqarida osilib turadi.
Shamol esgan vaqtda tebrangan changchi gullardagi changdonlar bir-biriga urilib yoriladi va ulardan chang sochiladi. Shamol yordamida bu changlar boshoqdan urug‘chi gulning tumshuqchasiga o‘tadi. Bordi-yu, shamol esmay chang boshoqdagi hamma tumshuqchalarga tushmay qolsa, u holda siyrak donli boshoq hosil bo‘ladi va hosildorlik pasayib ketadi.

Gullarning o‘z-o‘zidan changlanishi. Agar bir tup o‘simlik changchisidagi chang shu guldagi urug‘chining tumshuqchasiga tushsa bunday changlanish o‘z-o‘zidan changlanish deyiladi. Bunday changlanish changdondagi chang va urug‘chilar bir vaqtda yetilgandagina sodir bo‘ladi. O‘z-o‘zidan changlanadigan o‘simliklarda, odatda, urug‘chi changchiga nisbatan qisqaroq bo‘ladi.

Sun’iy changlanish. Agar o‘simlikning guli chetdan va o‘z-o‘zidan changlanmasdan odamlar tomonidan changlantiriladigan bo‘lsa, uni sun’iy changlanish deyiladi. Sun’iy changlatishda yetilgan boshqa yoki shu o‘simlikning changi olinib, shu yoki boshqa o‘simlikning yetilgan guli tumshuqchasiga o‘tkaziladi. Makkajo‘xori gullari ko‘pincha sun’iy yo‘1 bilan qo‘shimcha changlantiriladi. Buning uchun makkajo‘xori changi maxsus idishlarga yig‘ib olinadi, so‘ngra gullarning tumshuqchasiga sepiladi.
Sun’iy changlatish usulidan hosildorlikni oshirishda va asosan, yangi navlarni yaratishda foydalaniladi.
Download 23.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling