Mavzu: h va X harflar imlosi tinish belgilarini to'g'ri qo'llash
fors-tojik tilidan, yumshoq “h” qatnashgan tovushlar arab
Download 46.32 Kb.
|
1 2
Bog'liqImlo qoidalari bilan tanishish bosh harflar imlosi Tutuq belgisi bilan bog\'liq imlo belgisi
fors-tojik tilidan, yumshoq “h” qatnashgan tovushlar arab tilidan kirib kelgan. Shunday ekan, ular o’rtasidagi farqni adashtirganlar ustidan kulish mantiqan to’g’ri bo’lmas?! Quyida harflarni ajratish metodikasi va uni xotirada saqlab qolish usullari haqida ma’lumot beramiz.
Birinchidan, rus tilidan kirgan so‘zlarda hech qachon “h” tovushi uchramaydi. Masalan: texnika, ximiya… Ikkinchidan, so‘z o‘rtasida kelgan “h” undoshi qatnashgan so‘zni talaffuz qilishda “h” undoshi “y”lashadi. Masalan, Rahim — Rayim, Shohista — Shoyista, Shohimardon — Shoyimardon, Zohid — Zoyid, Sohib — Soyib, Shohida — Shoyida... Bunda e’tibor berish kerak bo‘lgan holat: “h” dan keyin “i” unlisi kelgan bo‘lishi kerak. Chunki i unlisidan boshqa tovush kelganda “h” “y”lashmaydi. Masalan: Burhon, Qahhor, zahar, baham, Is’hoq va boshqalar. Uchinchidan, “i” unli tovushidan keyin doim “x” harfi keladi: ixtilof, ixtiyor, ixlos, ixtiro, ixtisos, ixcham, omixta, pix, mix, six... Bunda sharti: x undoshi yopiq bo‘g‘inning oxirida kelishi kerak. Bo‘g‘inning boshlanishida kelsa, “h”lashadi. Masalan, ji-hat, imti-hon, ni-hoyat, ji-hoz, isti-hola, ni-hol va hokazo. To‘rtinchidan, “e” unli tovushidan keyin hamisha “h” harfi keladi: meh-mon, deh-qon, be-hi, eh-tirom, isteh-zo, isteh-kom, mehr, meh-rob, meh-ribon, sehr, cheh-ra, eh-son, eh-tiyoj, eh-timol, eh-tiros, eh-tiyot, eh-rom, Beh-zod... Beshinchidan, “x” tovushi bilan boshlangan aksar so‘zlardan x tovushi olib tashlansa, so‘z ma’nosi tubdan o‘zgaradi. H bilan boshlangan so‘zlarda esa ma’no o‘zgarmaydi. Xayol — ayol, xona — ona, xazon — azon, xamir — amir, xanda — anda, xasta — asta, xato — ato, xil — il, xol — ol, xola — ola, xon — on, xor — or, xos — os, xotin — otin, xoch — och... Oltinchidan, yana shunday shakldosh so‘zlarni ko‘rish mumkinki, har ikkalasi ham, deyarli, bir xil yozilgani bilan ma’nolari turlicha bo‘ladi. Bunda shu so‘z qatnashgan gap ma’nosiga e’tibor beriladi. Masalan, hil (hil-hil pishmoq) — xil (biron narsaning turi), hol (holat, vaziyat) — xol (yuzdagi xol ma’nosida), shoh (podshoh) — shox (daraxtning shoxi) so‘zlarini misol qilish mumkin. Bu so‘zlarni bilimni mustahkamlash darslari yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘yin tarzida o‘rgatib, yozdirib qo‘yish orqali o‘quvchida ma’nolariga qarab turib tovushlarni ajrata olish ko‘nikmasi rivojlantiriladi. Shunday so‘zlarni oson yodlashlari uchun o‘quvchilarga bu harflar qatnashgan maqol, topishmoq va tez aytishlarni berish foydadan xoli bo‘lmaydi. “Ha-, hi-, ho-” ta’limiy o‘yinida o‘quvchilar uch guruhga bo‘linib, ularga xa-, xo-, xi- bo‘g‘inlari bilan boshlanuvchi so‘zlarni topib yozish vazifa qilib beriladi. “Sinkveyn” usulida biror so‘z aytiladi. Unga tegishli 5 ta ma’lumot keltiriladi. Misol uchun: hashorat so‘zi. 1. Nima? Hashorat. (Ot so‘z turkumiga kiradi). 2. Qanday hashorat? Zararkunanda, foydali. 3. Nima qiladi? Uchadi, o‘rmalaydi, sudraladi… 4. Hashoratlarning ba’zilari tabiat uchun juda foydali. 5. O‘rgimchak, ari, chumoli, qo‘ng‘iz, shilliqqurt. Ta’limiy diktant uchun ertak yozdiriladi. Bunda ikki bola: Xayrullo va Hakimjon haqida hikoya qilinadi. Xayrulloning uyida ham, fe’lida ham faqat x undoshi qatnashadigan narsa va xislatlar mavjud bo‘ladi. Hakimjonning hayotida esa faqat h undoshi qatnashgan so‘zlarni ko‘rish mumkin. Misol uchun: IKKI DO‘ST Hakimjon bilan Xayrullo juda yaqin do‘st. Lekin hech ham bir-biriga o‘xshamaydi. Hakimjon juda hazilkash, mehribon, halol yigit. Uning otasi hunarmand, onasi esa hamshira. Hakimjon kelajakda hisobchi bo‘lmoqchi. Bu kasbda hushyorlik talab qilinishini u yaxshi biladi. Xayrullo esa ozgina xayolparast. Uning otasi xirurg, onasi esa ximiya fanidan dars beradi. Ko‘pincha maktabdan qaytishda xiyobon oralab ketib, dam oluvchilarga xalal beradi. U bunday xunuk odatini tashlasa, onasi juda xursand bo‘lishini aytdi. Topshiriq: h harfining tagiga bir chiziq, x harfiga esa ikki chiziq chizing. Yuqorida berilgan uslub va metodlarni dars jarayoni va darsdan tashqari to‘garaklarda muntazam qo‘llash o‘quvchilardagi bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarning rivojlanishiga yordam beradi. Та ’limiy: h va x tovushlarining talaffuzini taqqoslash va farqlash, shu tovushli so‘zlarning to‘g‘ri yozish ko’nikmasini о’stirish, tartibsiz berilgan gaplani rasmlarga qarab tartiblash orqali bayon yozishga amaliy tayyorlash. Tarbiyaviy: o‘quvchilarni kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish. . Dars turi: yangi bilim, ko’nikma va malakalani shakllantiruvchi dars. . Dars metodi: suhbat, analiz, sintez, tushuntirish, ta’limiy o‘yinlar. Dars jihozi: tarqatmali topshiriqlar, rasmlar, slaydlar. Darsning borishi: Tashkiliy qism. Yangi mavzu bayoni. H va x tovushlarining to‘g‘ri talaffuzi ustida ishlash. Doskaga h va x harfli so‘zlarni 2 ustun shaklida yozib, ulaming talaffuzi va so‘z ma’nosini farqlash hamda taqqoslash orqali tushuntiriladi. shox shoh xol hol xil-xil hil-hil So‘zlar izohi: shox – daraxtning shoxi xil-xil – turli xil xol – odamning tanasidagi shoh – podsho hil-hil – yumshoq dog‘ hol – holat, ahvol O‘quvchilarga shu so‘zlar ishtirok etgan gap tuzish topshirig‘i beriladi. Tuzilgan gaplardagi bor undoshlarning talaffuzi va so‘z ma’nolarini farqlashlari tahlil qilinib xulosa qilinadi. Bu harfning biri o‘rnida ikkinchisini ishlatib bo’lmasligi tushuntiriladi. Dam olish daqiqasi Hoy mening barmoqlarim, Men senga jon beraman. Agar chiroyli yozsang, Senga rahmat aytaman. Mavzuni mustahkamlash. Darslik bilan ishlash. Topishmoqlarni o‘qib javoblarini toping. Qo shaloq tovoq, Bir qop un, Ichi to‘la yog‘. Ichida ustun. (Yong’oq) (Jiyda) Tartibsiz berilgan gaplarni rasm asosida tartiblash. O‘quvchilar rasmlarni ko‘rib, gaplarni o‘qiydilar. Birinchi rasmda nima tasvirlangan? (Xurshidning avtobusda oyna oldida o‘tirgani.) 2-rasmdachi? (Avtobusga bir ayolning chiqayotgani.) Xurshid nima qildi? (Xurshid o‘rnidan turib ayolga joy berdi.) Ayol nima dedi? Mashqning keyingi topshirig‘i o‘qitiladi. O‘quvchilar gaplarni o‘qib, avval birinchi rasmga oid ikkinchi gapni, keyin ikkinchi rasmga oid gaplarni aniqlaydilar. Matn nechta qismdan tuzilgan ekan? (Matn ikki qismdan tuzilgan.) Bir gap bilan javob bering: Xurshid nima qildi? O‘quvchilar oxirgi savolga javob beradilar. Matn mazmuniga mos sarlavhalar toptiriladi: «Aqlli bola», «Xurshid – odobli bola», «Ayol rahmat aytdi». O‘qituvchi sarlavhalardan birini tanlab qo‘yib, avval birinchi qismga oid gapni xat boshidan boshlab, keyin ikkinchi qismga oid gaplarni xatboshidan boshlab matnni yozishni tushuntiradi. O‘quvchilar matnni mustaqil yozadilar. Bu mashq multimediali ilovadan foydalanib bajartiriladi. Rasmlarga qarang. Topshiriqdan so‘ng 47-mashqdagi 1 -rasm hamda biroz vaqtdan keyin 2-rasm namoyish etiladi va ekranda turadi. Gaplarni o‘qing. Rasmlar ostida quyidagi matn beriladi: Avtobusga bir ayol chiqdi. Xurshid avtobusda oyna oldida o‘tirgan edi. Xurshid darrov o‘midan turdi va ayolga joy berdi. Bolajonlar, rasmlarga qarab, gaplarni tegishli joylarga qo’ying. Bir gap bilan javob bering: – Xurshid nima qildi? Topshiriq berilgach, o‘quvchi 1-rasm ostiga 2-gapni, 2-rasm ostiga esa 1-3-gaplarni joylashtirsa to‘g‘ri bajargan bo‘ladi, aksi bo‘lsa “O‘ylab ko‘ring” degan ovoz eshitiladi. mashq uchun multimediali ilova. 48-mashqdagi so’zlar beriladi. So‘zlani ostiga 2 ta bir xil geometrik shakl ichiga x va h harflari yozilgan bo‘ladi. O‘quvchilar shu harflardan foydalanib, nuqtalar o‘rniga mosini qo’yadilar. Tushirib qoldirilgan x va h harflarining mosini nuqtalar o‘rniga qo‘ying. Me.nat, .alol, ta.ta, .avo, .ushyor, .osil. Keyingi tugmasi bosilgach, о quvchilar nuqtalar о rniga mazmuniga mos so‘zlarni qo‘yishlari kerak. Salqin …, halol…. mo 7…. taxta …, hushyor… Nuqtalar o‘miga qo‘yish uchun so‘zlar: mehnat, havo, ко ‘prik, hosil, о ‘quvchi. Salqin havo, halol mehnat, mo‘l hosil, taxta kо‘prik, hushyor о ‘quvchi. “O‘rnini top” ta’limiy o‘yinidan foydalanib x va h harfli so‘zlami to‘g‘ri yozish ko‘nikmasi mustahkamlanadi. O‘qituvchi magnitli doskaga so’zlar yozilgan ko‘rgazmani iladi, o‘quvchilar so‘zlarni ko‘rgazmaning tegishli joyiga husnixat asosida marker bilan yozishlari talab etiladi. Topshiriq bajarilgach, o‘quvchilami mavzuni qay darajada o‘zlashtirganliklarini aniqlash bilan birga husnixat malakalari nazorat qilinadi. Download 46.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling