Mavzu: Hamshiralik ishi va salomatlik. Reja. Hamshiralik ishi faniga kirish


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana23.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1392401
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu

Bemorlarni qabul qilish va gospitalizatsiyadan bosh tortish daftarini qabulxona bo‘limida 
navbatchi hamshiralar tutadi, undan bemorlar to‘g‘risida ma’lumotlar berish uchun foydalaniladi, 
chunki bu hujjatda pasport ma’lumotlarigina emas, balki qaysi davolash muassasasi, qanday 
tashxis bilan yuborilgani, uning qaysi bo‘limga va palataga yotqizilgani, agar chiqarilgan bo‘lsa, 
nima sababdan, qachon, qayerga chiqarilgani, o‘lgan bo‘lsa o‘limi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
bo‘ladi. Bemor o‘lgan bo‘lsa, uning o‘lganligi haqidagi hujjatni FHDYo uchun murdani yorgan 
shifokor to‘ldiradi va qabulxona bo‘limiga beradi. O‘lganlik to‘g‘risida ma’lumotlar maxsus 
daftarda qayd qilinadi (ularni xatosiz va tushunarli qilib to‘ldirish kerak, chunki tuzatilgan va 
siyoh to‘kilib ketgan ma’lumotlar FHDYo da qabul qilinmaydi). 
1. 
Bemorning kasalxonaga kelganligi va ketganligi to‘g‘risidagi daftarni har bir bo‘limda katta 
hamshira olib boradi, unga pasport ma’lumot- laridan tashqari, bemorning kelgan va ketayotgan 
vaqtidagi sog‘lig‘i, bo‘limda yotgan kunlari, kasallik varaqasining tartib raqami va uning necha 
kunga berilganligi yozib qo‘yiladi. 
Bundan tashqari bo‘limning katta hamshirasi dori-darmonlar, zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi 
moddalarni sarflash daftarini tutadi, dorixonadan dorilar yozdirib oladi. 
Katta hamshira tibbiy asboblar uchun moddiy mas’ul xodim, u inventarlar daftarini tutadi, 
xo‘jalik hamshirasi ich kiyim va choyshab- lar uchun moddiy mas’ul bo‘lib, ularning hisobini olib 
boradi. Navbatchi hamshiralar va palata hamshiralari davolash ko‘rsatmalari daftarini tutadilar, 
porsionniklar belgilaydilar, bir smenada sarf bo‘lgan narkotik moddalarning hisobini olib 
boradilar, davo vositalarini soatlik grafik bo‘yicha qabul qiladigan bemorlarga xususiy chizmalar 
chizadilar. 
Bo‘limning navbatchi hamshirasi bemorlarning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotni tuzadi: kun 
boshida qancha bemor borligi, qancha bemor kelgani, qanchasi ketgani (uyiga jo‘natilgani, boshqa 
kasalxona va bo‘lim- larga o‘tkazilgani, o‘lgani) va keyingi kungacha qancha bemor qolganini 
yozib boradi. 
2. 
Kasalxonaga tushgan bemorni qayd etish kartasini tibbiyot hamshirasi kasallik tarixidagi 
ma’lumotlar asosida to‘ldiradi va uni bemor kasalxonadan chiqarilgandan so‘ng statistika 
bo‘limiga jo‘natadi. 
3. 
Statsionarda turli ma’lumotnoma va yo‘llanmalar yozib beriladi. 
4. 
Hozirgi yangi joriy etilishi mumkin bo‘lgan hamshiralik kasallik tarixnomasi ham tibbiyot 
hamshirasi to‘ldirishi zarur hujjatlar qatoriga kiradi (u haqda darslikning oldingi qismida 
ma’lumot berilgan). 
Bulardan tashqari statsionarda bemorda o‘tkaziladigan turli davolash- diagnostika 
amaliyotlarini qayd qilib borish uchun, bo‘lim turidan kelib chiqqan holda, turli jurnallar ham 
yuritiladi. 



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling