Mavzu: Hamshiralik ishi va salomatlik. Reja. Hamshiralik ishi faniga kirish


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana23.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1392401
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu

Hamshiralik ishi va salomatlik. 
Insonlarning kundalik hayot faoliyati salomatlik bilan chambarchas bog‘liq. Salomatlik — 
atrof muhit bilan shaxs hayotining bog‘liqligi shu muhitga insonning moslashuvi natijasidir. 
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti salomatlikka quyidagicha ta’rif beradi. «Salomatlik — kasallik 
yoki jismoniy nuqsonning yo‘qligi emas, balki insonning jismoniy, ruhiy, ijtimoiy jihatdan 
osoyishtalik holatidir». 
Kundalik hayot faoliyati sog‘lom hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan va har kuni takrorlanib 
bajariladigan hatti-harakatlar bo‘lib, o‘z ichiga insonning jismoniy, ruhiy, ijtimoiy, madaniy 
faoliyatini qamrab oladi. Kundalik hayot faoliyati Xendersonning «Hamshiralik ishi asosi nimani 
tashkil qiladi?» qo‘lyozmasida yozilganidek, bu insonlarning ovqatlanishi, fiziologik chiqaruvi, 
kiyinib yechinishi, tozalikka rioya qilishi, jismoniy faoliyati, dam olishi, uyqu, seks, ko‘ngilochar 
tadbirlarda qatnashishi, bilim olishi va mehnat qilishidan iborat. Ushbu ehtiyojlarning qondirilishi 
inson salomatligida muhim rol o‘ynaydi. 
Kundalik hayot faoliyatida insonlar o‘z-o‘zini parvarish qilishi, o‘z salomatligi uchun 
qayg‘urishi, kasalliklarning oldini olishi zarur. O‘z- o‘zini parvarish qilish inson tomonidan 
mustaqil bajariladigan hatti- harakatlardir. Agar inson o‘z-o‘zini parvarish qila olmasa, ya’ni 
jismoniy, ruhiy va ijtimiy yordamga muhtoj bo‘lsa, tibbiyot hamshiralari yoki oila a’zolari unga 
yaqindan yordam beradi. Hamshiralik parvarishi hayot uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarni 
baholashdan boshlanadi. Hamshira. bemor bilan muloqat qilib, uning muammolari haqidagi 
ma’lumotlarni yig‘adi. Ma’lumot yig‘ishda hamshira barcha axloqiy normalarga rioya qilishi 
zarur. 
Salomatlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar 
Aholi salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi yoki xavf tug‘diruvchi ornillar xilma-xil bo‘lib, bir 


vaqtning o‘zida ta’sir ko‘rsatadi. 
Salomatlikka ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: 
1. 
Tashqi muhit omillari. Inson o‘z atrofini o‘rab olgan tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatda 
bo‘ladi. Suv, havo, o‘simliklar, hayvonot dunyosi, oziq-ovqat mahsulotlari, yashash joyi, kiyim-
kechagi, shovqin, tebranish, radiatsion nurlanish, turli dori vositalari, biologik profilaktik 
preparatlar, zamonaviy havo laynerlari, qishloq xo‘jalik zararkunan- dalariga qarshi ishlatiladigan 
xilma-xil zaharli kimyoviy moddalar va boshqalar insonni o‘rab olgan muhit hisoblanadi, sanab 
o‘tilgan omillar esa insonning jismoniy va ruhiy salomatligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yashash 
sharoitidagi ijtimoiy muammolar ham inson salomatligiga ta’sir qilishi mumkin. 
Atrof-muhitning ifloslanishi tufayli biosferada ko‘payib borayotgan niutagen (onkogen, 
teratogen) omillar ta’siri irsiy kasalliklarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. 
2. 
Salomatlikka salbiy ta’sir etuvchi omillardan biri noto‘g‘ri va tartibsiz ovqatlanish bolib, 
a’zolar normal faoliyatining buzilishi va kasalliklar kelib chiqishida muhim o‘rin egallaydi. 
Organizm yetarli darajada oziq moddalar bilan ta’minlanmasligi natijasida uning hi- moya 
xususiyatlari pasayib, kasallik paydo bo‘lishi uchun zamin yaratiladi, tez charchash, ish 
qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Bolalarning yetarlicha ovqatlanmasligi ulaming o‘sish va 
jismoniy rivojlanishini kechiktiradi. 
3. 
Gipodinamiya (yunoncha hipo — kam, past va dinamic — kuch) mushaklarning yetarli 
darajada ishlamasligi, qisqarish kuchining kamayib ketishi bo‘lib, odatda doimo o‘tirib ishlash, 
kam harakatlilik, umuman mushaklarga tushadigan og‘irlikning kamayib qolishi tufayli kelib 
chiqadigan gipokineziya, ya’ni odam harakat faolligining kamayib ketishi demakdir. Odam uzoq 
kasal bo‘lib yotganida ham unda gipodinamiya kuzatiladi. 
Jismoniy faollik kamayib qolar ekan avvaliga quvvat sarfi kamayib, so‘ng to‘qimalarning qon, 
kislorod va oziq moddalar bilan ta’min- lanishi yomonlashadi. Yurak mushak tolalarining 
tuzilishida o‘zgarishlar paydo bo‘lib, a’zolardagi idora etuvchi tuzilma holati, jumladan garmonal 
va nerv sistemasining ishi buziladi. Gipodinamiyada mushak- lardan markaziy nerv sistemasiga 
borib turadigan signallar kamayib qoladi, bu esa bosh miya faoliyatiga yomon ta’sir qiladi, chunki 
markaziy nerv sistemasi tonusini saqlab turishda, qon aylanishi bilan moddalar almashinuvining 
idora etilishida mushaklar faoliyati muhim ahamiyatga ega. 
Harakat faolligi keskin susayganda suyaklar tuzilishi ham o‘zgaradi. Mushaklar atrofiyaga 
uchrashi munosabati bilan organizmni yog‘ bosadi, moddalar almashinuvi izdan chiqib, markaziy 
nerv sistemasining holati o‘zgaradi, odam tez toliqadi (astenizatsiya sindromi). Yurak tomir 
sistemasining faoliyati o‘zgaradi, yurak qisqarishlarining kuchi kamayadi, qon tomirlar holati 
yomonlashadi; bunda avvaliga odam tez yurganida salga hansirab qolishi, yuragining tez-tez 
urishi, jismoniy ish vaqtida yurak sohasi og‘rishi kuzatiladi. Keyinchalik esa ateroskleroz
gipertoniya kasalligi kelib chiqishi mumkin. 
Kam harakat qilish, ko‘p o‘tirish natijasida muskullar erta quvvatsiz- lanib, bo‘shashib qoladi, 
kishining qaddi bukilib, fiziologik qarish jarayoni tezlashadi. 
4. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling