Mavzu Хаrаjаt vа uning klаssifikаtsiyasi
Maxsulotga yoki davrga olib boriluvchi xarajatlar
Download 229.32 Kb. Pdf ko'rish
|
Мавзу 2 Харажатларнинг туркумланиши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqariladigan va boshqarib bo`lmaydigan xarajatlar
Maxsulotga yoki davrga olib boriluvchi xarajatlar
Maxsulotlarga olib boriluvchi xarajatlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: – asosiy materiallar - ishlab chiqarish ishchilarining ish xaqi - egri xarajatlar ( amortizatsiya , sug`urta ,egri ish xaqi ) Davrga olib boriluvchi xarajatlar – sotish xarajatlari – ma’muriyat xarajatlari – boshqa operatsion xarajatlar Alternativ va qaytarib bo`lmaydigan xarajatlar Alternetiv xarajatlar – tanlash imkoniyati bor bo`lgan paytda, qaror qabul qilish jarayonida, qilinadigan xarajatlar. Qaytarib bo`lmaydigan xarajatlar – Bu oldingi qaror natijalari bo`lib, endi alternetiv variant chiqqani bilan unga ta’sir qilishning iloji yo`q bo`lgan xarajatlar xisoblanadi. Misol. Kompaniya maxsus brom ishlab chiqarish uchun shartnoma tuzish imko-niyatiga ega. Uni tayyorlash uchun stanok X da 100 soat mobaynida ish olib bori-lishi lozim. Ammo stanok X «A» maxsulot ishlab chiqarish bilan to`liq band. Shuning uchun yangi maxsulot maxsulot ishlab chiqarish «A» maxsulot miqdorini kamaytirish xisobiga amalga oshirish mumkin. Bu esa korxonaga 2000 ming so`m lik daromadni yo`qotish demakdir. Shartnoma yana 1000 ming so`m miqdorida qo`shimcha o`zgaruvchan xarajatlarni qilishni ko`zda tutadi. Agar korxona kontraktni qabul qilsa 2000 ming so`m miqdorida zarar ko`ra-di. Bu summa alternativ xarajat deb tan olinadi va kontrakt shartnomlarini ko`rib chiqishda xisobga olinishi lozim. Shunga ko`ra kontrakt tuzishdan olinadigan daromad eng kamida 3000 ming so`m (2000 + 1000) lik zararni qop-lash imkonini bersagina tuzish mumkin. Boshqariladigan va boshqarib bo`lmaydigan xarajatlar Boshqariladigan xarajatlar deganda – masuliyat ko`lami shu xarajatlar bilan bog`liq menedjer tomonidan boshqariladigan xarajatlarga aytiladi. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: - asosiy materiallar - ishlab chiqarish ishchilarining ish xaqi - yordamchi ishchilarning ish xaqi - ish to‘xtab qolish vaqti uchun to`langan xaq - yokilgi xarajatlari - yordamchi materiallar - devonxona tovarlari vxk Boshqarib bo‘lmaydigan xarajatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: - asosiy vositalarning eskirish xarajatlari - sugurta xarajatlari - meyor darajasidagi yo`qotishlar vxk Download 229.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling