Mavzu: Haroratni òzgarshi sababli òlchash asbobda kelib chiqadigan xatolikni aniqlash Reja


Download 1.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/25
Sana28.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1013211
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bevosita - o‘1chovlar o‘lchaniladigan kattalikni o‘1chov asboblarining 
o‘1cham1ari yoki ko‘rsatmalari (tarozi, xajm o‘lchash schyotchiklari va bosh) bilan 
bevosita taqqoslashga asoslangan. Masalan: uzunlikni-metr bilan va bosimni — 
manometr bilan o‘1chash usullari bevosita usul deyiladi. Bevosita o‘lchovlarning 
quyidagi asosiy usullari mavjud: bevosita aniqlash usullari, kompensatsion (nol) va 
differensial (farqlash) usuli. 
Bevosita aniqlash usuli bilan o‘1chani1adigan kattalikning miqdori to‘g‘ridan-
to‘g‘ri asbobning chiqish kattaligiga aylanadi va asbob bevosita o‘lchani1adigan 
kattalikning miqdorini ko‘rsatadi. 
Kompensatsion (no1) usuli deb noma'lum o‘1chani1adigan kattalikni 


34 
ma'1um kattalik bilan solishtirishga aytiladi. O‘lchaniladigan kattalikning miqdori 
tenglashtiriladigan (ma'1um) kattalik qiymatiga teng muvozanatda bo‘1adi. Bunday 
asboblar qatoriga potensiometrlar, kuchli kompensatsiyali asboblar va mayinli 
tarozilar kiradi. 
Differensial (farqlash) usuli shundan iboratki, asbob yordamida o‘1chanadigan va 
qandaydir bir ma'1um kattalik o‘rtasidagi farq aniqlanadi. Undan so‘ng o‘lchanadigan 
kattalik ma'lum kattalik qiymati va olingan farqni algebraik ko‘paytirish yo‘li bilan 
aniqlanadi. 
Bilvosita — bunday usul bilan noma'lum kattalik Q bevosita emas, balki 
o‘zi funksional bog‘1anish bilan bog‘langan boshqa bir yoki bir necha kattaliklami 
(A,V,S, .......) to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash yo‘1i bilan aniqlanadi. Bunda 
o‘lchanadigan kattalik quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi 
Q=f(A,B,C,. ..) 
Masalan: bakdagi suyuqlik miqdori sathga ko‘ra 
O‘lchov asboblari deb o‘1chanadigan kattalikni o‘lchov birligi bilan bevosita 
yoki bilvosita taqqoslash uchun xizmat qiladigan qurilmaga aytiladi. 
O‘lchov asboblarining asosiy elementlari - sezgir element yordamida 
bevosita o‘1chovni amalga oshiradigan o‘lchov mexanizmi va hisoblagich 
qurilmadan (o‘zi yozadigan va umumiy yig‘indisini ko‘rsatadigan) iborat. 
SHkaladagi belgilar graduirovka deb ataladi, miqdoriy belgilar esa shkalaning 
raqamlanishi deb ataladi. O‘lchov birliklarida ifodalangan shkalaning eng kichik 
bo‘linmasi — shkala bo‘1inish bahosi (qiymati) deb ataladi. SHkalaning 
boshlang‘ich va oxirgi belgisini asbobning quyi va yuqori o‘1chov chegarasi yoki 
shkala diapazoni belgilaydi. 
Bir korpusga ega asbob ko‘pincha mahalliy asbob bo‘1adi, bir necha korpusdan 
iborat asbob esa — ko‘rsatgichni masofadan uzatadigan hisoblanadi. Ko‘rsatgichni 
masofadan uzatadigan o‘lchov qurilmasi birlamchi va ikkilamchi asbobdan iborat. 
Birlamchi asbobda komplektning qabul qilib oluvchi qismi o‘lchov punktida 
o‘rnati1adigan sezgir elementdan iborat. Ikkilamchi asbob birlamchi asbobdan 
qabul qilib hisoblagich qurilmaning tegishli bo‘limiga o‘tkazgan signalni qayta 
o‘zgartirib, o‘1chanadigan kattalikning ko‘rsatgichini beradi. 
Masofadan o‘lchashda birlamchi asboblar birlamchi o‘zgartirgich (datchiklar) 
bilan ta'min1anadi1ar, bu datchiklar o‘lchanadigan kattalikni proporsional ravishda 
pnevmatik yoki elektr signaliga aylantirib beradilar. 

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling