Mavzu: Haroratni òzgarshi sababli òlchash asbobda kelib chiqadigan xatolikni aniqlash Reja
Download 1.09 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘lchov asboblarining asosiy elementlari
Bevosita - o‘1chovlar o‘lchaniladigan kattalikni o‘1chov asboblarining
o‘1cham1ari yoki ko‘rsatmalari (tarozi, xajm o‘lchash schyotchiklari va bosh) bilan bevosita taqqoslashga asoslangan. Masalan: uzunlikni-metr bilan va bosimni — manometr bilan o‘1chash usullari bevosita usul deyiladi. Bevosita o‘lchovlarning quyidagi asosiy usullari mavjud: bevosita aniqlash usullari, kompensatsion (nol) va differensial (farqlash) usuli. Bevosita aniqlash usuli bilan o‘1chani1adigan kattalikning miqdori to‘g‘ridan- to‘g‘ri asbobning chiqish kattaligiga aylanadi va asbob bevosita o‘lchani1adigan kattalikning miqdorini ko‘rsatadi. Kompensatsion (no1) usuli deb noma'lum o‘1chani1adigan kattalikni 34 ma'1um kattalik bilan solishtirishga aytiladi. O‘lchaniladigan kattalikning miqdori tenglashtiriladigan (ma'1um) kattalik qiymatiga teng muvozanatda bo‘1adi. Bunday asboblar qatoriga potensiometrlar, kuchli kompensatsiyali asboblar va mayinli tarozilar kiradi. Differensial (farqlash) usuli shundan iboratki, asbob yordamida o‘1chanadigan va qandaydir bir ma'1um kattalik o‘rtasidagi farq aniqlanadi. Undan so‘ng o‘lchanadigan kattalik ma'lum kattalik qiymati va olingan farqni algebraik ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Bilvosita — bunday usul bilan noma'lum kattalik Q bevosita emas, balki o‘zi funksional bog‘1anish bilan bog‘langan boshqa bir yoki bir necha kattaliklami (A,V,S, .......) to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash yo‘1i bilan aniqlanadi. Bunda o‘lchanadigan kattalik quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi Q=f(A,B,C,. ..) Masalan: bakdagi suyuqlik miqdori sathga ko‘ra O‘lchov asboblari deb o‘1chanadigan kattalikni o‘lchov birligi bilan bevosita yoki bilvosita taqqoslash uchun xizmat qiladigan qurilmaga aytiladi. O‘lchov asboblarining asosiy elementlari - sezgir element yordamida bevosita o‘1chovni amalga oshiradigan o‘lchov mexanizmi va hisoblagich qurilmadan (o‘zi yozadigan va umumiy yig‘indisini ko‘rsatadigan) iborat. SHkaladagi belgilar graduirovka deb ataladi, miqdoriy belgilar esa shkalaning raqamlanishi deb ataladi. O‘lchov birliklarida ifodalangan shkalaning eng kichik bo‘linmasi — shkala bo‘1inish bahosi (qiymati) deb ataladi. SHkalaning boshlang‘ich va oxirgi belgisini asbobning quyi va yuqori o‘1chov chegarasi yoki shkala diapazoni belgilaydi. Bir korpusga ega asbob ko‘pincha mahalliy asbob bo‘1adi, bir necha korpusdan iborat asbob esa — ko‘rsatgichni masofadan uzatadigan hisoblanadi. Ko‘rsatgichni masofadan uzatadigan o‘lchov qurilmasi birlamchi va ikkilamchi asbobdan iborat. Birlamchi asbobda komplektning qabul qilib oluvchi qismi o‘lchov punktida o‘rnati1adigan sezgir elementdan iborat. Ikkilamchi asbob birlamchi asbobdan qabul qilib hisoblagich qurilmaning tegishli bo‘limiga o‘tkazgan signalni qayta o‘zgartirib, o‘1chanadigan kattalikning ko‘rsatgichini beradi. Masofadan o‘lchashda birlamchi asboblar birlamchi o‘zgartirgich (datchiklar) bilan ta'min1anadi1ar, bu datchiklar o‘lchanadigan kattalikni proporsional ravishda pnevmatik yoki elektr signaliga aylantirib beradilar. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling