Mavzu: Haroratni òzgarshi sababli òlchash asbobda kelib chiqadigan xatolikni aniqlash Reja
Download 1.09 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Nisbiy xatolik
Absolyut (mutlaq) xatolik. Bu xatolik kattalik qanday birliklarda
ifodalanayotgan bo‘lsa, shu birlikda tavsiflanadi. Masalan, 0,2 V; 1,5 ym va h.k. Mutlaq xatolik quyidagicha aniqlanadi: B —— A - A t A - A ; bunda, Ax - o‘1chash natijasi; Ach - kattalikning chinakam qiymati; Aj - kattalikning haqiqiy qiymati. Absolyut xatolikni teskari ishora bilan olingani tuzatma (- popravka) deb ataladi. Odatda, o‘1chash asboblarining xatoligi keltirilgan xatolik bilan belgilanadi. Absolyut xatolikni asbob ko‘rsatishining eng maksimal qiymatiga nisbatini protsentlarda olinganiga keltirilgan xatolik deb ataladi. Q —— A - 100% ; ... . 2. Nisbiy xatolik - absolyut xatolikni haqiqiy qiymatga nisbatini bildiradi va foiz {%) 32 larda ifodalanadi: = [(Ax - Ao )/Ao]∙100 =( /Ao)‘J 00%. II. O‘lchash sharoiti tartiblariga ko‘ra xatoliklar quyidagilarga bo‘1inadi: 1. Statik xatoliklar - vaqt mobaynida kattalikning o‘zgarishiga bog‘1iq bo‘lmagan xatoliklar. O‘lchash vositalarining statik xatoligi shu vosita bilan o‘zgarmas kattalikni o‘1chashda hosil bo‘1adi. Agar o‘1chash vositasining pasportida statik sharoitlardagi o‘lchashning chegaraviy xatoliklari ko‘rsati1gan bo‘1sa, u holda bu ma’1umot1ar dinamik sharoitlardagi aniqlikni tavsiflashga nisbatan tadbiq etila olmaydi. 2. Dinamik xatoliklar - o‘lchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan xatoliklar sanaladi. Dinamik xatoliklarning vujudga kelishi o‘lchash vositalarining o‘lchash zanjiridagi tarkibiy elementlarning inersiyasi tufayli deb izohlanadi. Bunda o‘1chash zanjiridagi o‘zgarish1ar oniy tarzda emas, balki muayyan vaqt davomida amalga oshirilishi asosiy sabab bo‘ladi. III. Kelib chiqishi sababi (sharoitiga) qarab: • asosiy; • qo‘shimcha xatoliklarga bo‘1inadi. Normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan asboblarda hosil bo‘1adigan xatolik asosiy xatolik deyiladi. Normal sharoit deganda xarorat 20 o S + 5 °S havo namligi 65 % + 15 %, atmosfera bosimi (750 +30) mm.sim.ust., ta’min1ash kuchlanishi nominalidan +2 % o‘zgarishi mumkin va boshqalar. Agar asbob shu sharoitdan farqli bo‘1gan tashqi sharoitda ishlatilsa, hosil bo‘ladigan xatolik qo‘shimcha xatolik deyiladi. IV. Mohiyati, tavsiflari, o‘zgarish xarakteriga qarab va bartaraf etish imkoniyatlariga ko‘ra: 1. Muntazam xatoliklar; 2. Tasodifıy xatoliklar; 3. Qo‘pol xatoliklar yoki yanglishuv xatoliklarga bo‘linadi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling