Mavzu: Hashorotlarning ichki tuzilishi. Hashorotlarning postembrional rivojlanishi,turlari. Hashorotlarning koʻpayishi va rivojlanish bosqichlari


Download 56.85 Kb.
bet7/9
Sana17.06.2023
Hajmi56.85 Kb.
#1545347
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
hashoratlar

Ayrim hasharotlar (asosan, ikki qanotlilar) lichinka davrida ham ko‘payish xususiyatiga ega. Bu hodisa pedagenez deyiladi. Masalan, Miastor pashshalarining lichinkalari birin-ketin pedagenez yo’li bilan lichinkalarning bir necha yangi naslini hosil qiladi. Keyingi nasi lichinkalari rivojlanib, erkak va urg‘ochi hasharotlarga aylanadi. Urugiangan tuxumlardan yana pedagenetik lichinkalar rivojlanadi. Ba’zi hasharotlar, masalan, yaydoqchilaming ko‘payishida poliembrioniya hodisasini kuzatish mumkin. Bu hodisa tuxum hujayrasini maydalanish davrida bir qancha mustaqil rivojlanish xususiyatiga ega boigan guruhlarga ajralishi va har bir guruhdan alohida lichinkalar rivojlanib chiqishidan iborat. Shu usul bilan bitta tuxumdan 100 tagacha, ba’zan undan ham ko‘proq embrion hosil boiishi mumkin. Poliembrioniyaning biologik mohiyati parazit individlari sonini keskin oshirishdan iborat. Hasharotlaming rivojlanishi embrional va postembrional davrlarga ajratiladi.

Embrional rivojlanish.

Embrional rivojlanish. Ко‘pchilik hasharotlamnng tuxumi sariq moddaga juda boy, sentroletsiral tipda tuzilgan. Bunday tuxumda, sariq moddasi ko‘p bo‘lib hujayra yadrosi atrofida to‘plangan. Sentroletsital tipdagi tuxumlarda yadro bir necha marta maydalangandan so‘ng sitoplazma sirtiga ko‘chadi. Maydalanish davom etishi natijasida sitoplazma sirtida bir qavat hujayralardan iborat blastoderma hosil bo‘ladi. Blastodermada bo‘lajak embrionning qorin tomoniga mos keladigan qismi qalin tortib sariqlikka botib kirgan murtak chizig 'ini hosil qiladi. Keyinroq murtak chizig‘I hujayralari tez bo‘linishi va uning o ‘rta qismi sariqlikka botib kirishi bilan mezoderma varaqlari bo‘linib ketishi tufayli qator selomik xaltalar paydo bo‘ladi. Sariq moddadan yoki murtak chizig‘ining oldingi va keyingi qismlaridagi alohida hujayralar hisobidan endoderma hosil boiadi. Blastoderma esa ektodermaga aylanadi.

Murtak varaqlari hosil boiishining dastlabki davrlaridayoq murtak qobigining shakllanishi hamma hasharotlar uchun xos boigan xususiyatdir. Bu jarayon odatda quyidagicha sodir boiadi. Dastlab murtak chizig‘I bilan sariqlik chegarasida pushtacha paydo boiadi; keyinroq shu joyda ikki qavat burmalar hosil boiadi. Burmalar asta-sekin o ‘sib murtak chizig‘ini qoplab olishi natijasida ikki qavatli murtak qobigi shakllanadi. Tashqi qobiq seroz, ichkisi amnion deb ataladi. Amnion bilan murtak oralig‘ida suyuqlik toidirilgan amnion bo ‘shlig ‘i paydo boiadi. Shunday qilib, bu davrda murtakni tashqi muhitdin tuxum qobigi - xorion, ikki qavatli murtak qobigi va amnion bo‘shlig‘i ajratib turadi. Shundan keyin murtak chizig‘i oldingi tomondan boshlab bo‘g ‘imlarga ajrala boshlaydi. Bosh bo‘limi va undagi ko‘z hamda mo‘ylov boiaklariga xos bo’lgan qismlar keyinroq yo‘qolib ketadigan interkalyar (oraliq) bo‘g ‘in, uchta ко‘krak va oxirgi navbatda 11 ta qorin bo‘g ‘imlari hosil boiishi bilan embrion shakllanadi. Ichakning oldingi va o ‘rta qismi ikkita ektoderma burmalari hisobidan hosil boiadi.


rug'lantirish - ning hosil bo'lishiga olib keladigan erkak va ayol jinsiy hujayralarining birlashishi jarayoni zigota, shu bilan birga, xromosomalarning diploid to'plami tiklanadi. Embrion zigotadan rivojlanadi.
Urug'lantirishning ikki turi mavjud: tashqi va ichki. Tashqi urug'lantirish paytida urg'ochi tuxum (ikra) chiqaradi va erkak ularni sperma bilan sug'oradi. Bu urug'lantirish usuli suvda yashovchilar (baliqlar, amfibiyalar) uchun xosdir. Ichki urug'lantirish bilan gametalarning birlashishi ayol jinsiy tizimida sodir bo'ladi, bu quruqlikda va ba'zi suvda yashovchilarda (sut emizuvchilar, sudraluvchilar, hasharotlar, qurtlarda) qayd etiladi. Urug'langan tuxum onaning tanasida, sutemizuvchilarda yoki tashqi muhitda rivojlanishi mumkin. Keyin tuxumlar maxsus qobiq yoki qobiq bilan qoplangan va ayol ularni eng xavfsiz joyga (hasharotlarda, qushlarda, sudraluvchilarda, mollyuskalarda) qo'yadi.
Urug'lantirishning biologik ahamiyati shundaki, gametalar birlashganda, yuqorida aytib o'tilganidek, xromosomalarning diploid to'plami tiklanadi va yangi organizm ikki ota-onaning irsiy ma'lumotlari va belgilarini olib yuradi. Bu organizmlarning turli xil xususiyatlarini oshiradi, ularning hayotiyligini va moslashish xususiyatlarini oshiradi.
Ontogenez - bu organizmning individual rivojlanishi. U ikki davrga bo'linadi - embrion va postembrional.

Download 56.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling