Mavzu; havoda qotadigan bog’lovchi moddalar reja


Download 13.5 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2024
Hajmi13.5 Kb.
#1818144
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu; havoda qotadigan bog’lovchi moddalar reja-hozir.org

Ohak boʻlak va kukun holida ishlab chiqariladi. Kimyoviy tarkibiga qarab, havoda qotuvchi va gidravlik xillarga boʻlinadi. Havoda qotuvchi Ohak, asosan, kalsiy va magniy oksidlaridan iborat. Gidravlik Ohak tarkibida, bundan tashqari, ancha miqdorda kremniy, alyuminiy va temir oksid boʻladi. Havoda qotuvchi Ohak qurilish qorish-malari va betonning quruq havoda qotishini, gidravlik Ohak havoda ham, suvda ham qotishini taʼminlaydi. Ohak qurilishda, metallurgiyada, kimyo sa-noatida, qand, qogʻoz, shisha buyumlar, oyna ishlab chiqarishda, shuningdek, suvni tozalash va boshqa maqsadlarda keng qoʻllanadi.

No

Ko'rsatkichlarining nomi

Sifati

1

Kaltsiy karbonat tarkibi, %, kam emas


95

2

Kaltsiy oksidi tarkibi, %


53,4

3

Kaltsiy oksidi tarkibi, %


0,72

4

Kislotadagi erimaydigan moddalarning massa ulushi,


0,42



So'ndirilmagan ohak jarayoni, 94% kaltsiy karbonat va boshqa qoldiqlarning (qum, alyuminiy, temir oksidi) bir necha foizini tashkil etadigan aralashmasidir. Ohak turli o'lchamdagi buyumlar ko'rinishida taqdim etilgan bo'lib, bloklar va qog'oz ishlab chiqarish, hamda metall va tuproqni tozalash uchun universal mahsulotdir.

Gips (yun. gypsos—boʻr,ohak) 1)tabiiy gips—mineral; suvli kalsiy sulfat tuzi CaSO4•2H2O; tarkibida sof holda CaO (32,56%). SO3 (46,51%), H2O (20,93%) boʻladi. Monoklin sistemada kristallanadi. Kristallari plastinkasimon, ustunsimon, ninasimon va tolasimon koʻrinishda boʻladi. Koʻpincha, tutash donador, tolasimon massalar, turli kristallik guruhlar tarzida uchraydi. Toza gips rangsiz va shaffof; tarkibida qoʻshilmalar boʻlgani kulrang, sargʻish, qoʻngʻir va boshqa rangda boʻladi. Mineralogik shkala boʻyicha qattialigi 1,5—2; zichligi 2300 km/m3. 20° da suvda eruvchanligi 2,05g/l. 170° atrofida qizdirilganda yarimgidrat CaSO4 0,5 H2O (alebastr) ga, undan yuqori temperaturada esa CaSO4 ga aylanadi. Gips suvi quriy boshlagan koʻl va dengiz havzalarida sulfat tuzlarining choʻkishidan paydo boʻladi. Gips zaxiralari esa asosan gidrotermal jarayonlar hamda angidridning gidratlashishi natijasida hosil boʻladi. Gips qatlamlari Oʻzbekistonning Fargʻona (Quvasoy), Buxoro (Kogon) va Surxondaryo viloyatlarida topilgan; 2) Qurilish gipsi— CaSO4•5H2O — havoda tez birikadigan va tez qotadigan bogʻlovchi modda; tabiiy gipsni 140—190° temperaturada pishirib olinadi. Qovushoq materiallar tayyorlashda, gips-beton, gips-beton buyumlar, koshinkor toshlar, boʻyoqlar ishlab chiqarishda, tibbiyotda (bogʻlov materiallari tayyorlashda), haykaltaroshlikda, suvoqchilik ishlarida ishlatiladi.


Download 13.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling