Mavzu: hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari


Download 3.69 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi3.69 Kb.
#1647762
Bog'liq
MAVZU 1

MAVZU:HAYOTIY FAOLIYAT XAVFSIZLIGINING NAZARIY ASOSLARI


Reja:
1. Hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari va vazifalari.
2. Hayotiy faoliyat xavfsizligi nazariyasining asosiy tushuncha va ta‘riflari.
3.Hayotiy faoliyat xavfsizligini ta‘minlash yo’llari, asoslari, usullari, choralari va boshqarish vositalari.
Inson mehnati va bu mehnat jarayonida uning xavfsizligini ta‘minlash har bir jamiyatning ustivor yo’nalishlaridan biri bo’lmog’i lozim. Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan qabo’l qilingan "Inson xuquqlari Umumjaxon deklaratsiyasida" hayot, erkinlik, mehnat va shaxsiy daxlsizlik masalalariga alohida e‘tibor qaratilgan.

Hayotiy faoliyat xavfsizligi - mehnat xavfsizligi va qonunchiligini chuqur o’rganish, bilish tashviqot qilish va odamlarni xavf-xatardan himoya qilish masalalari asosida tarbiyalashdir.


Sabab va oqibatlar. Yashirin xavflarning amalga oshishiga olib keladigan sharoit - sabab deb ataladi.
Sabablar jarohatlar, yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi (epidemiya), atrof-muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Xavf, sabab, oqibat uchligi - bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga oshiruvchi mantiqiy jarayondir. Masalan: zahar (xavf)- dori tayyorlovchining xatosi (sabab)- zaharlanish (kungilsiz oqibatlar).
Mo’tloq xavfsiz bo’lgan ish (faoliyat) bo’lishi mumkin emas. Demak, faoliyat qanday bo’lmasin, unda yashirin xavf bo’ladi. Bu aksioma hayotiy faoliyat xavfsizligida metodologik ahamiyatga ega.
Tizimlash tamoyili hodisalarini o’zaro bog’liq ravishda bir to’plam tariqasida o’rganadi. Tizim beradigan maqsad yoki natija tizim yaratuvchi element deb aytiladi.
Masalan, yong’in - yonuvchi modda, oksidlovchi, kislorod, yondiruvchi. Bu yerda yong’in tizim, yonuvchi modda - oksidlovchi, yondiruvchi - uning elementlari. Agar birorta elementni shulardan chiqarib tashlasak, tizim bo’ziladi. Tizimda bor sifat uning elementlarida bo’lmaydi.Bu tizimning muhim xususiyati bo’lib xavfsizlik masalalari tahlil asosida joylashgan. Kungilsiz voqealarni paydo bo’lish sabablarini aniqlash ularni kamaytirishga qaratilgan tadbirlar xavfsizlik tizimining asosiy maqsadidir.
Download 3.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling