Mavzu: Hayvon psixologiyasining rivojlanishi Reja
Hayvonlarning intellektual harakatlari
Download 24.32 Kb.
|
Hayvon psixologiyasining rivojlanishi
Hayvonlarning intellektual harakatlari
Ayrim narsalar o`rtasidagi murakkab munosabatlarning aks ettirilishi intellektual harakatlarning asosini tashqil qiladi. YUksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o`rtasidagi munosabatlarni paykay (baholay) oladilar va mazkur vaziyatga qarab, uning natijasini oldindan ko`ra oladilar. Bunday harakatni aqliy (intellektual) harakat tipi deyish mumkin. Olimlar yuksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar orasida primatlarni (odamsimon maymunlarni) alohida o`ringa qo`yadilar. Ularning faoliyatining aktivligi, buning ustiga ularda ko`zning yuksak darajada taraqqiy qilganligi ularning idrok doiralarini beqiyos ravishda kengaytiradi, tajriba boyliklarini nihoyatda oshirib yuboradi, ko`nikmalarning tarkib topishi hamda harakat shakllarining vujudga kelishi uchun boshqa hayvonlardagiga qaraganda baquvvat asosni yuzaga keltiradi. Maymunlar intellekti (aqli) ularning murakkab masalalarni echa olishlari bilan ajralib qolmay, balki ular faoliyatining yo`nalishi bilan ham xarakterlanadi. Maymunlar qo`llariga tushib qolgan narsalarni soatlar davomida mayda bo`laklarga ajratadilar, odamlarni har xil usullar bilan o`z qafaslari oldiga jalb qiladilar, erda sudralib ketayotgan hashoratni kuzatib tura oladilar. Maymunlar xulq-atvoridagi bunday xususiyatlarning kelib chiqishiga ularning yashash usuli sabab bo`lgan. Boshqa hayvonlarga nisbatan maymunlarda harakatlarning taraqqiyot darajasi qo`l tipidagi oldingi oyoqlarning mavjudligi bilan ham bog`liqdir. "Qo`l"ning mavjudligi tufayli maymunlar tevarak-atrofdagi narsalar bilan juda murakkab munosabatlarga kirishish imkoniyatiga egadir.
Download 24.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling