Mavzu: Hayvonot dunyosidag ievolyutsion o’zgarishlar


Hayvonlarning solishtirma o‘lchami


Download 0.77 Mb.
bet2/6
Sana01.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1241063
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hayvonot dunyosi Toshov Aziz

Hayvonlarning solishtirma o‘lchami
1-gigant kalmar; 2 —ko‘k kit; 3 — akula: 4 — kapcha ilon; 5 — afrika fili;
6-jirafa; 7 — taroqli timsoh: 8 — burgut; 9 — afrika tuyaqushi.
Hayvonlarning ahamiyati. Hayvonlar tabiatda va inson faoliyatida katta ahamiyatga ega. Ko’pchilik hayvonlar yashil o'simliklar bilan oziqlanadi. Ular o‘txo‘r hayvonlar deyiladi. Boshqa hayvonlarni yeydigan hayvonlar yirtqich; odam, boshqa hayvon va o'simlik to’ qimalarida yashaydigan hayvonlar esa parazit hisoblanadi. O'txo'r hayvonlar o‘simliklar va ularning qoldiqlarini maydalab, chirishini tezlashtiradi. Ular taoliyati tufayli o‘simlik uchun zarur bo‘Igan mineral moddalar to'planadi; tuproq unumdorligi oshadi. Hayvonlar orasida hayvonlar murdasi va chiqidilari hamda organik (qoldiqlar va mik- rooiganizmlarni suvdan filtrlab oziqlanadigan turlari ko‘p uchraydi. Bunday hayvonlar tabiiy sanitarlar deyiladi. Ular yer yuzini va suv havzalarini ifloslanishdan saqlaydi.Uy hayvonlari faqat gosht va sut beribgina qolmasdan., sanoal uchun mo‘yna, ipak va boshqa mahsulotlar ham beradi. Arilar, kapalaklar o‘simliklarni changlatib, hosildorlikni oshirishga yordam beradi. Hasharotxo‘r va yirtqich hayvonlar , qushlar ko‘rshapalaklar, baqalar va boshqalar,, o‘rmon va qishloq xo’jalik zararkunandalarni qirib, foyda keltiradi.
Hayvonlarni muholaza qilish. Odamlar qadimdan yovvoyi hayvonlarni ovlashgan; ularning go‘shti, terisi va boshqa mahsulotlaridan foydalanishgan; hayvonlarni qo‘lga o‘rgatishgan; ulardan uy qo’riqchisi va ishchi kuchi sifatida foydalanishgan. Keyinchalik aholi sonining ortib borishi, ov qurollarining tobora takomillashuvi hayvonlar uchun zarur bo‘lgan tabiiy sharoitning buzilishi ta'sirida Yevropa turi (qoramollar nasl boshi), tarpan (otlar nasl boshi). Stellerov sigiri dengiz hayvoni) yo‘q bo‘lib ketdi; Prjevalskiy oti, zubr, bizon, jayron, hongul kabi hayvonlar uchun qirilib ketish xavfi tug‘ildi. Bu hol hayvonlar va ular yashaydigan muhitni muhofaza qilishni talab etadi.
Respublikamiz hududida soni kamayib borayotgan va qirilib ketayotgan hayvonlarni muhofaza qilish va asrab qolish maqsadida bir qancha qo riqxonalar, milliy boglar va pitomniklar tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobining so‘nggi 2003-yilgi nashriga noyob va soni kamayib borayotgan hayvonlarning 184 turi kiritilgan.
Hayvonlarni o‘rganishni yunon olimi Arastu boshlab bergan: golland olimi Anton Levenguk bir hujayrali hajvonlarni kashf etgan: shved olimi Rarl Linney hayvonlarni sistemaga solib o'rganishni taklif etgan. Yer yuzida hayvonlarning 2 mln ga yaqin turi tarqalgan. Suv, quruqlik, havo, tuproq hayvonlar uchun asosiy yashash muhiti hisoblanadi. Hayvonlar oziqlanish usuli tabiatdagi va odam hayotidagi ahamiyatiga binoan o‘txo’r, yirtqich, parazit, zararkunanda va foydali hayvon larga ajratiladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling