Yuksak ko 'p hujayralilarning kelib chiqishi. Hayvonot dunyosining
bundan keyingi taraqqiyoti uch qavatli hayvonlarning paydo bo‘lishi hilan bog'liq Dastlabki uch qavatli hayvonlar hozirgi sodda tuzilgan kiprikli chuvalchanglarga o'xshash bo‘lgan. Evolutsiya davomida hujayralar tobora ixtisoslasha borishi natijasida to‘qimalar kelib chiqqan Muskul to‘qimasi paydo bo’lishi harakatlanishning murakkablashuviga, nerv to'qimasi sezgi organlari va reflekslarning rivojlanishiga olib kelgan.
Xordalilarning kelib chiqishi. Xordalilar orasida eng sodda tuzilgar lansetnik ayirish va qon aylanish sistemasining tuzilishi, bosh miyasi va yuragining bo’lmasligi, muskullarining bo‘g‘im bo‘Jib joylashganligi bilan halqali chuvalchanglarga o‘xshab ketadi. Bu o‘xshashlik ularning qarindosh ekanligini ko‘rsatadi. Lansetnikka o'xshash tuban xordalilar eng qadimgi tuban tuzilgan halqali chuvalchanglardan kelib chiqqan. Xordalilar tarixiy taraqqiyot davomida halqali chuvalchanglarga nisbatan bir qancha progressiv belgilarga ega bo’Igan. Chunonchi, ularda ichki skelet paydo bo‘lgan; nerv sistemasi naysimon. muskullari, qon aylanish va nerv sistemasi ancha mukammal tuzilgan Evolutsiya jarayonida tuban xordalilar xordasi umurtqa pog'onasiga aylangan: qon aylanish sistemasida yurak paydo bo'lgan. Ana shu yo’ I bilan lansetnikka o‘xshash tuban xordalilardan baliqlar kelib chiqqan.
Xulosa
Hayvonlar tasodifan birdaniga paydo bolib qolgan emas, balki uzoq vaqt davomida asta-sekin paydo bo’gan. Hayvonot dunyosining uzoq tarixiy davr davomida o’zgarib, uning turlari sonining ortib borishi evolyutsiya deyiladi.
Evolutsiyaning paleontologik dalillari ko‘p ming yillar davomida odamlar barcha hayvonlarning birdaniga to‘satdan yaratilganligi va ulaming 0‘zgarmasligi to‘g‘risida tasavvurga ega bolishgan. Faqat XIX asrga kelib, qadimgi hayvonlarning toshga aylangan suyaklari va toshdagi izlari topila boshlagandan so‘ng qadimgi davrda Yer yuzida hozirgi turlarga o‘xshamagan hayvonlar yashaganligi ma’lum bo’ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- To’xtayev, Hamidov. “Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish” O’quv qo’llanma. Toshkent-1994 yil
- Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi. D. Sharipova,
D. Xodiyeva, M. Shirinov Toshkent-2020 yil
2. Bahromov A.D. Tabiatshunoslik Sharq- 2011 yil
3. M. Nuriddinova “Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi” Toshkent O’qituvchi-2005 yil
4. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |