Mavzu: Hayvonot dunyosidag ievolyutsion o’zgarishlar


Download 0.77 Mb.
bet1/6
Sana01.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1241063
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hayvonot dunyosi Toshov Aziz

Denov DTPI 10-MI 2-bosqich sirtqi bo’lim talabasi TOSHOV AZIZning Ekologiya va atrof muhit muhofazasi fanidan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish” mavzusida tayyorlagan


SLAYDI

Mavzu: Hayvonot dunyosini muhofaza qilish Reja: 1. Zoologiya hayvonlarni o’rganadigan soha 2. Hayvonlarni muhofaza qilish 3. Yer yuzida hayvonot dunyosining evolyutsiyasi 4. Hayvonot dunyosi evolutsiyasining asosiy bosqichlari


1. Zoologiya hayvonlarni o’rganadigan soha
Zoologiva (zoon hayvon. logos fan) hayvonlaming tuzilishi. hayot kechirishi, ko‘payishi va rivojlanishini o‘rganadigan fan. Hayvonlarning xilma-xilligi va tarqalishi tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati, kelib chiqishini o‘rganish zoologiyaning vazifasiga kiradi. Zoologiya bir qancha fanlardan tarkib topgan. UIardan bir guruhi hayvonlaming tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishini, boshqalari ularning alohida guruhlarini o‘rganadi. Masalan. anatomiya hayvonlaming tuzilishini, entomologiya hasharotlami tekshiradi.
Zoologiya — eng qadimiy fan. Zoologiyaga oid eng qadimgi asarlarni miloddan
VI asr oldin buyuk yunon olimi Arastu yozgan. Uning asarlarida 500 ga yaqin hayvon turiga tavsif berilgan. XVI—XVII asrlarda yashagan golland olimi Anton Levenguk mikroskopda ko'rinadigan hayvonlani kashf etgan. Shved olimi Karl Linney XVIII asrda havvonlarnii tur, urug’ turkum va sinflarga ajratib o‘rganishni taklif etgan.
Ingliz olimi Ch. Darvin XIX asr o‘rtalarida hayvonlami o‘rganish orqali o'zining olamshumul evolutsion ta’limotini yaratdi. XIX asrda hay­vonlarning embrional rivojlanishi va qazilma qoldiqlarini o'rganish natijasida bir qancha kashfiyotlar qilindi. Hozirgi davrda zoologiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar tibbiyot, qishloq xo'jaligi, chor- vachilik va xalq xo‘jaligining boshqa sohalari bilan bogiiq.
Zoologiyaning rivojlanishiga o‘zbekistonlik olimlar ham katta hissa qo‘shishgan. D.N. Kashkarov birinchilar qatorida hayvonlar ekologiyasini o‘rganishni boshlab berdi. L.M. Isayev va P.F. Borovskiy olib borgan tadqiqotlar O’rta Osiyoda rishta, bezgak paraziti va leyshmaniya kabi xavlli parazit hayvonlaming tugatilishi uchun asos bo‘ldi. T.Z. Zohidov, O.P. Bogdanov va boshqa olimlar umurtqali hayvonlarni; A.M. Muhammadiyev, V.V. Yaxontov, A.T. Toiaganov, J.A. Azimov, M.A. Sultonov, S.N. Alimuhamedov umurtqasiz hayvonlarni o‘rganishgan.
Hayvonlarning xilma-xilligi va yashash muhiti. Yer yuzida hayvon- larning 2 min ga yaqin turi tarqalgan. Quruqlik, havo, tuproq, suv havzalari hayvonlar uchun asosiy yashash muhiti hisoblanadi. Parazit hayvonlar uchun esa odam, hayvon va o‘simlik organizmi yashash muhiti bo‘ladi. Hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi xususiyat lari muayyan muhitga moslashgan. Masalan: suv hayvonlarining gavdasi suyri shaklda, oyoqlari eshkakka aylangan. Quruqlikda yashovchi hayvonlarning tanasi yapaloq, oyoqlari yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Yashash muhiti tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi namlik, harorat, yoruglik va boshqalar ekologik omillar deyiladi. Hayvonlarning gav-da o’lchami har xil boladi (1-rasm). Ular qatorida og‘irligi 150 tonna- ga yetadigan gigant kitlardan tortib faqat mikroskopda ko‘rinadigan, uzunligi millimetrning o‘ndan bir, hatto yuzdan bir ulushiga teng keladisan turlari ham bor.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling