Mavzu: Hayvonot dunyosidag ievolyutsion o’zgarishlar
-Yer yuzida hayvonot dunyosining evolutsiyasi
Download 0.77 Mb.
|
Hayvonot dunyosi Toshov Aziz
2-Yer yuzida hayvonot dunyosining evolutsiyasi
Yer yuzida 2 mln ga yaqin hayvonlar yashaydi. Ular orasida ko‘k kit yoki filga o'xshash juda yirik va murakkab tuzilganlari hilan bir qatorda mikroskopik kattalikdagi sodda tuzilgan turlari bor. Hayvonlar tasodifan birdaniga paydo bolib qolgan emas, balki uzoq vaqt davomida asta-sekin paydo bo’gan. Hayvonot dunyosining uzoq tarixiy davr davomida o’zgarib, uning turlari sonining ortib borishi evolyutsiya deyiladi. Evolutsiyaning paleontologik dalillari ko‘p ming yillar davomida odamlar barcha hayvonlarning birdaniga to‘satdan yaratilganligi va ulaming 0‘zgarmasligi to‘g‘risida tasavvurga ega bolishgan. Faqat XIX asrga kelib, qadimgi hayvonlarning toshga aylangan suyaklari va toshdagi izlari topila boshlagandan so‘ng qadimgi davrda Yer yuzida hozirgi turlarga o‘xshamagan hayvonlar yashaganligi ma’lum boldi. Qadimgi hayvonlar qoldig‘ini o‘rganuvchi paleontologiya (yunoncha paleo» - «qadimgi») fani Yer yuzida hayvonlar tobora o‘zgarib, murakkablashib borganligi, qadimda hozirgiga nisbatan birmuncha sodda tuzilgan organizmlar yashaganligi to‘g‘risida juda ko‘p dalillarga ega. Hozirgi hayvonlar bilan qadimgi hayvonlarning qarindosh ekanligiga "oraliq formalar» deb ataladigan hayvonlarning qazilma qoldiqlarining topilishi ham dalil bo‘ladi. Oraliq formalar tuban va yuksak tuzilgan hayvonlarning belgilariga ega bo‘ladi. Masalan, yirtqich tishli kaltakesaklar sudralib yuruvchilar bilan sutemizuvchilar, archeopterisa esa sudralib yuruvchilar bilan qushlar o’rtasidagi oraliq formalar hisoblanadi. Faleontologiya dalillar yordamida evolutsion o‘zgarishlar sababini ham tushuntirib berishi mumkin. Otlar evolutsiyasi bunga misol bo"la oladi. Hozirgi otlar bundan 60—70 mln yil oldin yashagan, yirikligi tulkidek keladigan besh barmoqli yirtqich hayvonlardan kelib chiqqan. Iqlimning quruqlashuvi, o'rmonlarning qisqarib, cho’lIarning kengayishi ta’sirida ular yangi sharoitga moslashib borgan: tanasi yiriklash-gan, barmoqlari soni kamaygan. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling