Mavzu: Hayvonot dunyosidag ievolyutsion o’zgarishlar


Evolyutsiyaning solishtirma anatomik dalillari


Download 0.77 Mb.
bet4/6
Sana01.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1241063
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hayvonot dunyosi Toshov Aziz

Evolyutsiyaning solishtirma anatomik dalillari .
Hayvonlaming o'zaro qarindoshhgini ular tuzilishini taqqoslash orqali ham aniqlash mumkin. Masalan, qushlar oyoqlaridagi tangachalarning shakli va luzilishi kaltakesaklarnikiga, suvda ham quruqlikda yashovchilar itbalig‘ining tuzilishi baliqlarga o’xshaydi. Quruqlikda yashovchi barcha umurtqali hayvonIar skeleti va ichki tuzilishida juda ko‘p o‘xshashliklar mavjud.
Solishtirma anatomik tekshirishlar natijasida hozirgi tuban va yuksak tuzilgan hayvonlar orasida ham «oraliq formalar» mavjud ekanligi aniqlandi. Masalan, panjaqanotli baliqlarni baliqlar bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilar o‘rtasidagi oraliq formalar deyish mumkin. O'rdak burun tuxum qo‘yishi va kloakasining bo‘lishi bilan sudralib yuruvchilarga, bolasini sut bilan boqishi va junining bo‘lishi bilan sutemizuvchilarga o‘xshaydi.
Hayvonlar o‘rtasidagi qarindoshlikka ayrim hayvonlarda saqlanib qolgan, hayvonlar «tirik qazil- malar» deyiladi.
Umurtqali hayvonlar, masalan, kit, delfin, yerqazar, ko‘rshapalak, timsoh, qushlar oldingi oyog‘i suyaklarini odam qo‘li suyaklari bi­lan solishtirib ko‘rilganida, vazifasidan qat’iy nazar, ular tuzilishining o;zaro o‘xshashligini ko‘rsatish mumkin Bu hol umurtqalilar oldingi oyoqlari yo‘qolib ketgan.
Evolutsiyaning embriologik dalillari. Hayvonlarning embriologik rivojlanishini o‘rganadigan embriologiya (yunoncha «embrio» - «murtak») fani dalillari ham ularning olzaro qarindoshgini isbotlay- di. Chunki hamma hayvonlarning rivojlanishi bitta tuxum hujayradan
boshlanadi. Har xil sistematik guruhlarga mansub hayvonlar embrional rivojlanishining dastlabki davrlari o’xshash bo‘ladi.
Masalan. xordalilar tipiga mansub suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar embrioni rivojlanishining dastlabki davrlarida baliqlar singari halqum devorida jabra yoriqlari bo'ladi. Embrión, ya’ni murtakning tuzilishi rivojla- nish davomida tobora mukammallashib boradi; uning sodda tuzilgan organizmlar uchun xos bo’lgan organlari yo'qola borib, o'z guruhiga xos bo'lgan organlar paydo bo'la boradi. Masalan, itbaliq dastlab baliqqa juda o‘xshash bo'ladi (jabrasi, dum suzgichi, yon chizigi. ikki kamerali yuragi, qon aylanish sistemasining bitta doiradan iboratligi). Shunday qilib, hayvonlar individual rivojlanishi davomida o‘z turining kelib chiqishidagi asosiy davrlarini takrorlaydi. Hayvo not dunyosining uzoq tarixiy davr davomida o'zgarib, xilma-xilligining ortib borishi evolutsiya deyiladi. Hayvonlar evolutsiyasiga '‘paleontologiya, solishtirma anatomiya, embriologiya va boshqa fanlar ma'lumotlari dalil bo'ladi. Paleontologiya fani qadimgi davrlarda yer yuzida hozirgiga o'xshamagan, birmuncha sodda tuzilgan hayvonlar yashaganligini aniqladi. Solishtirma anatomiya hayvonlarning turli sistematik guruhlari tuzilishidagi o'xshashliklarga asoslanib ular o'rtasida qarindoshlik borligini ko'rsatadi. Embriologiya hamma hayvonlarning rivojlanishi bitta hujayradan boshlanishidan va bar- cha xordalilarning embnonal rivojlanishi o'rtasida umumiylik borligidan dalolat beradi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling