Mavzu: Hindiston ijtimoiy taraqiyoti Reja: 1


Download 133 Kb.
bet1/6
Sana23.11.2023
Hajmi133 Kb.
#1795386
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hindiston ijtimoiy taraqiyoti


Mavzu:Hindiston ijtimoiy taraqiyoti
Reja:


1. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Shimoliy Hindiston
2.Aleksandr Makedonskiyning Hindistonga bostirib kirishi.
3. Bindusara. Ashoka hukumronligi davri.
4. Tashqi siyosat. Xo‘jalik. Dehqonchilik. Chorvachilik. Hunarmandchilik. Savdo. Hindistonning ellinistik madaniyati. Hindiston kushanlar davlati tarkibida.
5.Kanishka. Guptlar davlati shakllanishi.


Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Shimoliy Hindiston
Miloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalarida shimoliy Hindistonda temirchilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo, shaharlarning rivojlanishi, pul muomalasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot belgilaridan hisoblangan. Qo‘shni xalqlar bilan savdo-sotiq va madaniy aloqalarning kengayishi ijobiy o‘zgarishlar keltirib chiqargan. O‘rganilayotgan davrda dunyodagi uch yirik dindan biri – buddizmning rivoji madaniyati bilan chambarchas bog‘liq edi.
Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda dastlabki yirik davlatlar tashkil topadi va ular o‘rtasida ustunlikka ega bo‘lish uchun kurash kuchayadi. Manbalar ko‘plab urushlar, xalqlar va qabilalar, monarxiya va respublika o‘zaro to‘qnashuvlari, sulolalar o‘rtasidagi nizolar haqida ma’lumot beradi.Ilk buddizm asarlariga ko‘ra, Budda hayoti davrida Shimoliy Hindistonda 16 ta maxajanapad – «buyuk davlat» mavjud bo‘lib, ular: Anga, Magadxa, Kashi, Koshala, Vaji, Mala, Chedi, Vamsa, Kuru, Panchali, Magxa, Shurasena, Ashmaka, Avanti, Gandxara, Kambodja davlatlaridir. Ba’zi ma’lumotlar mazkur ro‘yxat miloddan avvalgi VI asr o‘rtalarida emas, balki undan ham oldingi davrga to‘g‘ri kelishini ta’kidlaydi. Bu ro‘yxatda shimoliy Hindistondagi qudratli va yirik davlatlar nomi zikr qilingan.
Qadimgi Hind olimi Paninining ta’kdlashicha, asli bu raqam juda katta, ya’ni 30 tadan ko‘proq. Janapat ya’ni davlatlar Puranlarda esa 175 ta davlat nomi ko‘rsatilgan.Ba’zi Janapatlar asta – sekin o‘z hududini kengaytirib borgan, ba’zilari esa yirik davlatlar tarkibiga kirgan. Manbalarda ularning hammasi ham mustaqil davlat deb aytilmaydi. Magadxa davlati shimoliy Hindiston siyosiy xaritasida markaziy mavqe egallagan. «Atxarvaveda»da bu nom ilk marta uchrab, ammo ba’zi keyingi davr qadimgi hind manbalari, chunonchi, “Braxman”, “Araniyaka”, epik doston, puran, shastri va boshqa xujjatlarda bu nom qayt etilgan.
Miloddan avvalgi I minginchi yillar o‘rtalarida to‘rt asr mobaynida davom etgan qadimgi Hindiston tarixining yangi davri – Magadxa, mauriylar hukmronligi boshlandi. Mauriylar davrida Hindiston tarixida ilk bor yaxlit va yagona davlat vujudga keldi, madaniyat yuksaldi, yozuv keng tarqaldi. Bu paytda buddizm barqarorlashib, quloch yoydi, vishnuizm va shivaizm dinlari yuzaga keldi. Magadxa-mauriylar davrini o‘rganishda epigrafik manbalar (mauriy shohi Ashoka farmonlari va yozma asarlar, masalan shoh Chandragupta saroyidagi salavkiylar elchisi Megasfenning xotiralari) katta ahamiyat kasb etadi. Chandragupta maslahatchisi Kautiliya qalamiga oid «Ardxashastra» siyosiy asari ham mauriylar sulolasi davri va undan oldingi paytga mansub.
Miloddan avvalgi VI-V asrlarda qadimgi Magadxa hozirgi janubiy Bixar hududida muhim jo‘g‘rofiy, strategik va savdo mavqeini egallagan. Daryolar kemalar qatnovi uchun qulay, suvidan esa sug‘orish ishlarida foydalanar edilar. Bu davlat Hindistonning ko‘p o‘lkalari bilan savdo ishlarini yo‘lga qo‘ygan hamda qazilma boyliklari, ayniqsa metall ko‘pligi bilan ajralib turar edi. Qadimgi Rijagrixa (hozirgi Rajgir) ba’zida Giribaj (tog‘li qal’a) nomi bilan atalib, uning atrofi tepaliklar bilan o‘ralgan. U yerdan asosiy savdo yo‘llari, jumladan Taksila, mamlakatning g‘arbiy qirg‘oqlari orqali o‘tgan. Hind arxeologlarining qazishmalari bu shaharning o‘sha davrdagi ko‘rinishini ochib beradi. Shahar mustahkam qo‘rg‘ondan iborat bo‘lib, u shaharlik hukmdorlarning manzili vazifasini o‘tagan. Miloddan avvalgi 493 yillari Xarena sulolasi asoschisi Bimbisara qo‘shni Angu davlatini bo‘ysundirib, o‘z mamlakati Magadxa mavqeini kuchaytirdi va qo‘shni mamlakatlarni istilo qilish siyosatini boshladi. Ma’lumotlarga qaraganda, u, Koshala, Vayshala, Madra kabi davlatlar bilan aloqalarni yaxshilab, Ujayan va Taksila shohi hamda boshqa hukmdorlar bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatgan.
Bimbisaraning o‘g‘li Ajatashatru davrida (miloddan avvalgi 493-46Iyy.) Magadxaning siyosiy yutuqlari nikoh – qarindoshlik rishtalari bilan mustahkamlandi. U Koshala ustidan g‘alaba qozondi. Buddaviy va jaynlar matnlaridan ma’lum bo‘lishicha, shimol davlatlari bilan kurash uzoq davom etgan. Kurashlarning asosiy sababi Gang daryosi portining mavjudligi daryo ustidan nazorat qilish imkonini berar edi. Ajatashatru lichchxavlarning bosqinidan saqlanish maqsadida Pataligamu qal’asini qurdirdi1.
Bu urushlarda Magadxa hukmdorlarining yutuqlari davlat chegaralarini kengaytirish imkonini berdi. Shishunaga sulolasiga asos solingan davrda Magadxa davlatiga ko‘plab, shu jumladan, uzoq muddat qarshilik ko‘rsatgan Avanti davlati ham qo‘shib olindi. Shu bilan birga, ushbu sulola davrida Magadxa davlati o‘z hukmdorligini G‘arbiy Hindistonga ham yoydi. Udayin (miloddan avalgi 46I–445 yy.) magadxa tarixida ilk marotaba poytaxtni Rajagrixadan Pataliputraga ko‘chirib, bu shahar tez orada shimoliy Hindistonning yirik markaziga aylandi. Poytaxtning Pataliputraga ko‘chishi Magadxa va uning istilochilik siyosati kuchayganidan dalolat beradi.
Yangi sulola shohi Shishunaga davrida Magadxa tomonidan G‘arbiy Hindistonning qudratli davlati Avantining kuchi sindirildi. So‘ng Magadxa taxtiga Nandalar sulolasi chiqib, davlat yirik imperiyaga aylandi. Bimbisara asos solgan Xaryanka sulolasi miloddan avalgi 437-411, Shishunaga sulolasi miloddan avalgi 413-345 yillarda hukmronlik qilgan bo‘lsa, Nandalar sulolasi miloddan avalgi 345-317-314 yillarda o‘tirdi.
Gang vohasidan farqli o‘laroq Shimoliy G‘arbiy Hindistonda ana shu davrga kelibqabila va xalqlarni etnik, til va madaniy jihatdan o‘z atrofida birlashtirgan yirik davlat bo‘lmagan. Nisbatan kuchli davlatlardan Kambodja va Gandxara mavjud edi. Shimoliy-G‘arbiy Hindistonning ayrim viloyatlari miloddan avvalgi VI asrda Ahmoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan. Ahmoniylar shohi DoroI (miloddan avalgi 522-486 yy.) yozuvlarida Gandxara bilan Hindu uning satrapiyalari( viloyatlari) sifatida qayd qilingan. Ular tarkibiga Hind daryosining quyi va o‘rta oqimi va qo‘shni hududlar kirgan bo‘lishi mumkin. Miloddan avalgi VI asrning ikkinchi yarmi davomida shoh KirII Eronda kuchli davlat barpo qilgan. Ahmoniylarning ushbu buyuk davlati g‘arbda O‘rta Yer dengizidan sharqda to Hindistonga qadar cho‘zilgan edi.
Antik davr mualliflarining ma’lumotlariga ko‘ra, Kir G‘arbiy Hindiston viloyatlarini bosib olgan. Yunon muallifi Pliniyning so‘ziga qaraganda, u Kanishani vayron qilib, Hind daryosi va Kofeyen (Qobul) orasidagi viloyatlarni ham bo‘ysundirgan.
Yunon tarixchisi Arianning «Indika» asarida Hind daryosi g‘arbida yashovchi hind qabilalari ham «Eronga qaram bo‘lgan va boj to‘lagan» deyiladi. Ksenofontning «Kironediye» asarida Kir Baqtriya va hindlar hududinini ham bosib olganligi aytiladi. Chamasi fors shohi Gandxaraning bir qismini ham egallagan. Bu o‘lkalarda Ahmoniylar Eronining madaniy va siyosiy ta’siri sezilarli bo‘lgan. Oriylar tili Ahmoniylarning rasmiy ishlarida qo‘llanib, bu hududda keyingi davrlarda ham istifoda etilgan.
Yunon tarixchisi Gerodot guvohlik berishicha, Gandxara Eron imperiyasining yettinchi satrapiyasiga kirgan. Hind vodiysi esa yigirmanchi satrapiyani tashkil qilgan. U Ahmoniylar davlatida eng ko‘p daromad keltiradigan viloyat hisoblangan. Gerodot Eronga har yili boj sifatida 360 talant (taxminan 9 tonna qum aralash yuvilmagan oltin) to‘langanini qayd etadi. Mahalliy qo‘shinlardan tashkil topgan Kserks qo‘shini Iskandarning Hindistonga yurishidan avval ham mashhur bo‘lgan. Viloyatning asosiy savdo markazi Pushkaravati hozirgi Charasa o‘rnida joylashgan. Hind-yunon davriga oid tanganing bir tomonida hind tuyasi, ikkinchi tomonida esa qo‘lida nilufar tutgan ona ma’buda Ambi tasvirlangan. Takshashila (Taksila)da topilgan tangalarni o‘rganish natijasida olimlar Magatxa miloddan avvalgi V asrning oxiridan boshlab Uttarapatxa, ya’ni «Markaziy mamlakat»ga olib boriladigan savdo-sotiq yo‘lini to‘liq nazorat qilganligini aniqladilar2.
Hindistonning Ahmoniylar qo‘li ostiga o‘tgan yerlari juda oz bo‘lishiga qaramay, bu viloyatlar Ahmoniylar davlatining madaniy va siyosiy ta’siridan chetda qolmadi. Mauriylar davriga oid Taksiladan topilgan yozuvlar hamda Qandahordagi Yunon-oromiy va hind-oromiy yozuvlari oromiy tili Ahmoniylar sulolasi inqirozidan keyin ham ishlatilib kelganidan dalolat beradi.
Ko‘pgina tadqiqotchilar fikricha, Ahmoniylarning davlat ishlari yuritish tajribasi ta’sirini Ashokaning farmonlarida hamda Ashoka va Eron shohi Doroning farmonlari o‘zaro o‘xshashligida ko‘rish mumkin.
Ahmoniylar davlat tuzumining ba’zi elementlari Mauriylar imperiyasi davlat tuzumiga o‘xshab ketadi. Shu yerda yashab o‘tgan, Hind tilshunos olimi Panini ijodi aynan shu zaminda kamol topgan.
Ahmoniylar davrida hind mollari yuqori sifati hamda xaridorgirligi bilan ajralib turgan. Suza shahrida shoh saroyi qurilishida Gandxara viloyatidan keltirilgan maxsus yog‘och turlari va fil suyagi ishlatilgan. Miloddan avalgi VI asr oxiri va V asr boshalarida hindlar bilan o‘zaro savdo aloqalari o‘rnatilgan. Hujjat matnlariga qaraganda, mazkur shaharlar bilan bo‘ladigan savdo-sotiq rivojlangan. Ba’zi hollarda savdo karvonlari 180 tadan ortiq kishini tashkil etgan.

Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling