Mavzu: hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi


Elektromexanik mashinalar davri


Download 311.78 Kb.
bet4/5
Sana03.02.2023
Hajmi311.78 Kb.
#1154512
1   2   3   4   5
Bog'liq
Murodaliyeva Oyxon mustaqil ish

Elektromexanik mashinalar davri. Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo‘l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalga oshiruvchi hisoblash mashinalarining ishlab chiqilishi elektromexanik hisoblash mashinalar davrini boshlab berdi. 1831 yilda amerikalik J.Genri elektromexanik rele ixtiro qildi. 1918 yilda bir-biridan bexabar holda rus olimi M.A.Bonch-Bruyevich va ingliz olimlari V.Ikklz va F.Jordan trigger deb atalgan elektron rele ixtiro etishdi.
1930-yilda Vannevar Bush elektromexanik releda yig‘ilgan hisob­lash mashinasini yasadi. 1941 yilda nemis muhandisi Konrad Suze elektromexanik releda yig’ilgan Z3 nomli hisoblash mashinasini yasadi. Uning mashinasi quyidagi imkoniyatlari bilan ajralib turardi: dastur asosida boshqariladi, ikkilik sanoq sistemasida ifodalangan qo’zg’aluvchan nuqtali sonlar ustida amallar bajaradi, mantiqiy sxemaga asoslangan. 1944 yilda Govard Eyken “Mark-1” nomli elektromexanik releli, dastur asosida ishlaydigan mashina yasadi.
Elektromexanik mashinalar elektromexanik rele asosida yasalgani uchun yetarlicha ishonchli emas edi. Ingliz olimi Jon Fleming 1904 yilda diodni (grek. di – ikki, hodos – yo’l) ixtiro etdi. Amerikalik muhandis Li de Fores 1907 yilda triod – elektron vakuumli lampani kashf etdi. Hisoblash texnikasining keyingi rivojiga diod va triodning kashf etilishi katta ta’sir ko’rsatdi.

Elektron hisoblash mashinalari davri. 1946 yilda birinchi bo‘lib AQSHning Pensilvaniya universitetida Jon Mouchli va Jon Ekkert 70 tonnaga yaqin og‘irlikdagi, 300 kvadrat metrli joyni egallagan, qariyb 18 mingta elektron lampali ulkan elektron hisoblash mashinasi «ENIAC»ni (Electronic Numerical Integrator And Calculator) qurishdi. U sekundiga 300 ta ko’paytirish va 5000 ta qo’shish amalini bajara olardi. Uning tezligi elektromexanik releli mashinalarga nisbatan 1000 marta katta edi. Shu bilan “ENIAC” elektron hisoblash mashinalari davrini boshlab berdi.
Hisoblash texnikasining rivojiga vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmiy “Aljabr va al muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”“Hind hisobi haqida kitob” va “Qo‘shish va ayirish haqida kitob” asarlari orqali (IX asr) katta hissa qo’shganligini e’tirof etmaslik mumkin emas. Muhammad al-Xorazmiy o’z asarlarida hindlarning sanoq sistemasini tartibga solgan va mukammallashtirgan, arifmetik amallarni bajarish tartib qoidalarini ishlab chiqqan hamda algoritm nazariyasiga turtki bergan va algebra faniga asos solgan. Al-Xorazmiy asarlari oradan 300 yil o’tgach Yevropaga tarqaldi va shundan keyin pozitsiyali sanoq sistemasi butun dunyoga yoyildi. Ma’lumki, zamonaviy kompyuterlarda pozitsiyali sanoq sistemalari qo’llaniladi.
Vaqtni hisoblash, yer maydonlarining sathini aniqlash, savdosotiq hisoblari va boshqa yumushlar bilan bogʻliq masalalar qadimdan maʼlum. Hisoblashlarni mexanizatsiyalashtiruvchi dastlabki sodda qurilmalar — abak, xitoy choʻti va oddiy hisoblash masalalarini yechish qoidalari miloddan avvalgi vujudga kelgan. Neper shkalasi, logarifmik lineyka, B.Paskalning (Fransiya) arifmetik mashinalariga oʻxshash hisoblash qurilmalari 17-asrdayoqmaʼlum edi. 18— 19-asrlardagi sanoat inqilobi Hisoblash texnikasi rivojlanishiga turtki boʻldi. 1833-yilda ingliz olimi Ch.Bebbij arifmetik va xotira qurilmali dasturli boshqariladigan katta arifmometr — "analitik mashina" loyihasini ishlab chiqdi, lekin uning loyihasi 100 yil dan keyingina muhanlislar diqqatini oʻziga jalb qildi. 1944-yil AK,Sh da elektromagnit releda ishlaydigan "MARK-1" dasturli boshqariladigan raqamli hisoblash mashinasi (RHM) qurildi. 20-asr 40-yillarida dasturli boshqariladigan elektron RHMning yaratilishi Hisoblash texnikasi taraqqiyotida keskin burilish yasadi. Keyinchalik RHMning texnik parametrlari takomillashti-rilib borildi, ularning ishlash tezligi va xotira hajmi bir necha marta orttirildi. 1950-yilda Ukraina Fanlar akademiyasi akademik S.A.Lebedev rahbarligida birinchi elektron RHM "MESM" (kichik elektron hisoblash mashinasi) qurildi. 1953-yilda S.A.Lebedev rahbarligida Aniq mexanika va hisoblash texnikasi intida "BESM" (tez ishlaydigan elektron hisoblash mashinasi) yaratildi. Elektron texnikasining rivojlanishi Hisoblash texnikasi ning tez takomilla-shishiga sabab boʻldi. Dastlabki EHM lari lampali boʻlgan, keyinchalik ular yarimoʻtkazgichlardan tayyorlana boshladi. Bunday EHMlarning bir necha avlodi yaratildi. Hozir asosan kompyuterlar ishlatiladi (qarang Kiber-netika).
Axborotlarni qayta ishlash tizimlarida, kemalar, samolyotlar, kosmik obʼyektlar va boshqalarning koordinatlarini tez va aniq belgilashda, kutubxonalardagi jarayonlarni va bibliografik ishlarni mexanizatsiyalashda, bank, omonat kassalar va boshqa moliya muassasalarining ishlarni markazlashtirishda Hisoblash texnikasidan keng foydalaniladi.


Download 311.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling