Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi


O`tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifani tekshirish. (15 daqiqa)


Download 116.37 Kb.
bet26/53
Sana28.03.2023
Hajmi116.37 Kb.
#1302356
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
Bog'liq
8 sinf

2. O`tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifani tekshirish. (15 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (5 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
I. 1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Qanday tashqi xotira turlari bor? Tashqi xotiraning qanday turlari bilan ishlash nur bilan bog`liq? Tashqi xotiraning qanday turi eng kam energiya sarflaydi? Optik disklarga ma’lumotlar qanday yoziladi? Flash-xotira ustida bajariladigan amallarni sanab bering?
III. Operatsion sistemalarning rivojlanishi foydalanuvchining turli talablari asosida xotiradan kam joy egallaydigan, kompyuter ichki resurslarini optimal boshqaradigan va bir vaqtda bir necha xil dasturlarning ishlashini ta'minlay oladigan sistemalarning ishlab chiqilishiga olib keldi. 1990- yilda ishlab chiqarilgan WINDOWS 3.0 dasturi birinchi ommaviy grafik qobiq-dasturga aylandi. WINDOWS 3.0 dasturlar sistemasining asosiy afzalligi bir vaqtda bir nechta dasturlar bilan ishlash imkoniyatidir. WINDOWS 3.0 ning to'la jadval holatida ishlashi foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini yengillashtirdi. Lekin u MS DOS operatsion sistemasi boshqaruvida ishga tushirilishi sababli mustaqil operatsion sistema emas, balki grafik muhit sifatida tan olindi. Keyinchalik, 1992- yilda WINDOWS 3.1 ishlab chiqarilib, unda WINDOWS 3.0 da yo'l qo'yilgan xatolar bartaraf etildi. 1993- yilda bir necha kompyuterlarni lokal tarmoq orqali bog'lab ishlatish imkoniyatini beruvchi WINDOWS 3.11 dasturlar sistemasi ishlab chiqildi.
1995- yilning sentabr oyida IBM PC kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan WINDOWS 95 birinchi grafik operatsion sistema bo'ldi. Umuman, WINDOWS foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar berishi sababli uni grafik qobiq-dastur emas, grafik muhit deyish qabul qilingan.
"WINDOW" inglizcha so'z bo'lib, o'zbek tiliga "oyna", "lavha", "darcha" deb, "WINDOWS" so'zi esa "oynalar", "lavhalar", "darchalar" deb tarjima qilinadi. Mazkur sistemaning boshqalardan farqli tomoni shundaki, uning yordamida bir vaqtda ham matnli, ham grafikli, ham hisob-kitobli, ham turli boshqaruv dasturlarini ishlatish imkoniyati mavjud. Foydalanuvchi uchun barcha qulayliklarga ega bo'lgan bunday operatsion sistemaning yaratilishi jadallik bilan texnik qurilmalarning rivojlanishiga va shaxsiy kompyuterlarning keng omma tomonidan qo'llanilishiga olib keldi. WINDOWS dasturining o'zi qisqa vaqt ichida bir necha variantda ishlab chiqarildi. 1998- yilning yozida yaratilgan WINDOWS-98 yuqori darajadagi ishonchliligi, bezagining yaxshilanganligi, o'z-o'zini "tuzatish" va rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. Kompyuterlarning jadallik bilan rivojlanishi va operatsion sistemalarga qo'yilayotgan talabning ortib borishi 1999-yil oxiriga kelib WINDOWS-2000 operatsion sistemasining ishlab chiqarilishiga olib keldi. U kompyuter resurslaridan yana-da to'laroq foydalanish imkonini berdi.
Windows operatsion sistemasining eng muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat:

Download 116.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling