Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi


Mavzu: Kompyuterning tashqi xotirasi bilan ishlash


Download 116.37 Kb.
bet23/53
Sana28.03.2023
Hajmi116.37 Kb.
#1302356
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53
Bog'liq
8 sinf

Mavzu: Kompyuterning tashqi xotirasi bilan ishlash.
Maqsad: Ta'limiy: o`quvchilarga egiluvchan magnit disk, qattiq disk, optik disklar, flash-xotira haqida bilim berish.
Tarbiyaviy: o`quvchilarni yangi bilimlar egallashga va uning ahamiyatini tahlil qilishga yo`naltirish.
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning kompyuterlardan foydalanish bo`yicha bilim va tasavvurlarini kengaytirish va kerakli ma’lumotlar bilan ishlash madaniyatini shakllantirish.
O'tish usuli: Tushuntirish, suhbat, ko'rsatmalilik.
Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar. Slayd.
Darsning rejasi;
1. Tashkiliy qism. (3 daqiqa)
2. O`tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifani tekshirish. (15 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (5 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
I. 1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Fayl deganda nimani tushunasiz? Faylning nomi haqida toiiq ma'lumot bering. Fayl kengaytmasining qanday turlarini bilasiz? Fayl sistemasi haqida so'zlab bering. Katalog nima? Katalog osti-chi? Bosh katalog va joriy kataloglarning farqi nimada? Katalogda nechta katalog osti va fayllar joylashishi mumkin? Windows operatsion sistemasida katalogning grafik ko'rinishi qanday?
III. Kompyuterning tashqi xotirasi haqida awalroq ma'lumot bergan edik. Ular magnit tasma, egiluvchan magnit disk — disket, optik disk — CD va DVD, flash-xotiralar edi. Bu xotiralar qanday tashkil etilishi va ular bilan ishlashni ushbu mavzuda ko'rib chiqamiz.
Disket yuzasi temir ikki oksidli (Fe203) maxsus magnit qatlam bilan qoplangan. Magnit tasmada ham, magnit diskda ham axborot qattiq magnit disk kabi usulda yoziladi. Ya'ni, disket formatlanganda konsentrik aylanalar ko'rinishidagi yo'llarga ajratiladi hamda yo'llar sektorlarga bo'linadi. Axborot disk sektorlarining yo'llari bo'ylab yoziladi.
Disketlarda ham fayl sistemasi ish yuritadi va shuning uchun har bir sektorda identifikatsiya qilish uchun joy ajratiladi (adres maydoni), qolgan joylariga esa ma'lumotlar yoziladi. Ma'lumot yozish uchun ishlatiladigan qurilma, ya'ni diskyurituvchi ikkita dvigatel bilan ta'minlangan. Ularning biri himoya g'ilofi ichidagi plastinkani markaz atrofida, ikkinchisi esa o'qish/yozish kallagini disk yuzasi radiusi bo'ylab harakatlantiradi. Himoya g'ilofida yozishdan himoyalashning maxsus darchasi mavjud. Ishlash vaqtida bu darcha ochiq bo'lsa undagi axborotni faqat o'qish mumkin bo'lib, u diskdagi axborotni o'chirish va o'zgartirishdan saqlaydi.Flash-xotira va flash-disk kompyuterga ulanganda masalalar panelining o'ng qismida piktogrammasi aks etadi. Ishlash jarayonida flash-xotira va flash-disk energiyani kompyuterdan olgani uchun kompyuterdan uzishdan awal xavfsiz o'chirilishi kerak. Vinchester ham disket kabi tashqi xotira sifatida qaralishi mumkin. Vinchester xotirasidan unumli foydalanish maqsadida uni bir-biriga bog'liq bo'lmagan turli hajmdagi bir necha bo'laklarga ("mantiqiy" disklarga) ajratish mumkin. Bu bo'laklar C, D, E va h.k. nomlar bilan belgilanadi. Vinchesterni bo'laklarga ajratish maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Bu dasturlar ichida keng qo'llaniladigani FDISK hisoblanadi. FDISK dasturi yordamida vinchester istalgancha bo'laklarga bo'linib, har bir bo'lak alohida formatlanadi. Formatlash jarayonida vinchesterdagi axborotlar o'chib ketadi.
Kompakt diskdagi ma'lumotlarni o'qish uchun CD ROM qurilmasi bo'lishi yetarli, lekin ma'lumot yozish uchun kompyuterga CD Writer qurilmasi o'rnatilgan bo'lishi kerak. Kompakt diskka ma'lumot yozishni Windows XP operatsion tizimi vositalari yordamida amalga oshirish mumkin. Lekin diskka yozish, nusxa ko'chirish, o'chirish va yangilash masalalarini mukammal darajada bajarish uchun maxsus dasturlardan, masalan, Ahead Nero Burning ROM dasturidan foydalanish tavsiya etiladi.
Shaxsiy kompyuterda DVD larni ochish uchun unga DVD ROM qurilmasi o'rnatilgan bo'lishi kerak. DVD ROM qurilmasi nafaqat DVD, balki CD larni ham ochish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda DVD larni o'qishning maksimal tezligi 16 karrani tashkil etadi, ya'ni 1380 Kbit/sek • 16 =22080 Kbit/sek, CD larni o'qishning maksimal tezligi esa 52 karrani tashkil etadi, ya'ni 150 Kbit/sek • 52=7800 Kbit/sek. DVD larga ma'lumot yozish uchun kompyuterga DVD Writer qurilmasi o'rnatilgan bo'lishi kerak.
IV. Qanday tashqi xotira turlari bor?
Tashqi xotiraning qanday turlari bilan ishlash nur bilan bog`liq?
Tashqi xotiraning qanday turi eng kam energiya sarflaydi?
Optik disklarga ma’lumotlar qanday yoziladi?
Flash-xotira ustida bajariladigan amallarni sanab bering?
V. Savollarga javob yozish, qisqa test tuzib kelish
O'quv-tarbiya ishlar bo'yicha rahbar o'rinbosari. (imzo)


14-DARS
Sinf: 8 V
Sana: ______2018yil

Download 116.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling