Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi


Mavzu: Nazorat ishi. Maqsad


Download 116.37 Kb.
bet53/53
Sana28.03.2023
Hajmi116.37 Kb.
#1302356
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
8 sinf

Mavzu: Nazorat ishi.
Maqsad:
Ta'limiy: O`quvchilarga elektron jadvalda nazorat ishi o`tkazish.
Tarbiyaviy: O'quvchilarni texnika xavfsizligi va sanitariya – gigyena taolablariga rioya qilishni o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: elektron jadval haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
O'tish usuli: Tushuntirish, suhbat, ko'rsatmalilik.
Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar.
Darsning rejasi;
1. Tashkiliy qism. (3 daqiqa)
2. O`tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifani tekshirish. (15 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (5 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)


Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2.Davomatni aniqlash.
3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: texnika xavfsizligi va sanitariya – gigiyena talablari haqida suhbat.
III. Yangi mavzu bayoni: Elektron jadvalga oid bilimlarni mustahkamlash maqsadida nazorat ishi o`tkaziladi. Har bir o`quvchiga mashqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. Harbi mashqni bajarish uchun vaqt beriladi.

  1. Al=-5; 0; 7 da ECЛИ(A1<0;"Manfiy"; "Musbat")) formula natijasini aniqlang va javobini izohlang. Natijada xatolik bormi?

  2. Al=-5; 0; 7 da ECЛИ(A1<0;"Manfiy"; ECJIH(A1=0; "Nolga teng"; "Musbat")) formula natijasini aniqlang va javobini izohlang.

  3. Agar Al=5, C1=3*A1, B1=A1*A1-4*C1 bo'isa, ECЛИ(A1>B1; "Al"; "Bl")) formula qanday natija beradi?

  4. Excelda kitob oching. Uni maktabingiz nomi bilan saqlang. Kitobdagi varaqlarni familiya, ism va sharifingiz bilan nomlang. Excel kitobiga 3 ta varaq qo’shing. Varaqlarni 1 dan 6 gacha nomlang.

  5. Excelda A5, A6, A7 katakchalarning fonini mos ravishda qizil, sariq va ko‘k rang bilan bo‘yang. Katakchalarning chegara chiziqlarini turli rang va qalinlikda o‘tkazing

  6. Excelda A5 katakchaga familiyangizni sariq, A6 katakchaga ismingizni yashil rangda kiriting. Excelda A1 katakchaga joriy yilni kiriting va u orqali A7 katakchada yoshingizni hisoblang.

  7. Excelda 5 ta sinfdoshingizni familiyasi va ismini, mos ravishda, E va F ustunlariga kiritib, fizika fanidan olgan baholarining o‘rtachasini hisoblash jadvalini tuzing.

  8. И(3>5, 15/2-4>3), ИЛИ(99-27*3=5; 78/2-39>=-1) funksiyalar natijasini aniqlang.

  9. ЗАМЕНИТЬ(“Yasha”; 5; 1; “na”) va ЛЕВСИМВ (“Vatanparvar”; 5) funksiyalari natijasini bitta matnga birlashtib uzunligini aniqlang. ЗАМЕНИТЬ(“Maqsud ”; 5; 1; “a”), ПРАВСИМВ(“Barkamol”; 5) va ЛЕВСИМВ(“ topishmoq”; 7) funksiyalari natijasini bitta matnga birlashtiring.

  10. Quyonning tezligi A m/s, baliqni tezligi B km/soat. Ularni tezliklarini taqqoslab A7 katakchada “Quyonni tezligi katta” yoki “Baliqni tezligi katta” yozuvini aks ettiring.

  11. A1 va B2 katakchadagi sonlardan kattasini 3-belgisini C3 katakchada aniqlang.

  12. A1 katakchadagi butun sonni B1 katakchadagi natural songa bo’lganda butun qismini A2 katakchada, qoldig’ini B2 katakchada aniqlang. A1:A6 va B2:B5 katakchalardagi sonlardan kichigini 3-raqamini D1 katakchada aniqlang.

  13. A1 va B2 katakchadagi sonlardan kichigini birinchi raqamini D2 katakchada aniqlang.

  14. C1:D6 katakchalarga sonlar kiritib ulardan eng kattasini 1- va 2- raqamlari ko’paytmasini A2 katakchada aniqlang.

  15. A1:A3 kataklarchadagi sonlarni o’rta arifmetigini va B3:B5 katakchalardagi sonlarni o’rta geometrigiga ko’paytmasini C3 katakchada aniqlang.

  16. A1:A5 katakchalardagi sonlarni o’rta arifmetigi va B3:B5 katakchalardagi sonlarni o’rta arifmetigini kattasini C3 katakchada aniqlang.

  17. A1:A15 katakchalardagi har xil ishorali sonlarga teskari ishorali sonlarni D2:D16 ustunda aniqlang.

  18. A1 katakchadagi sonni toq yoki juftligi javobini B1 katakchada aniqlang.

  19. A2 katakchadagi son 7 ga karrali yoki karrali emasligi javobini B1 katakchada aniqlang.

  20. A1 katakchadagi matnda “a” harfi bor yoki yo’qligini B1 katakchada aniqlang.

  21. Informatika fanidan olgan ballaringizni o’rtachasini B2 katakchada aniqlang.

  22. x ning [-5;5] oraliqdagi butun qiymatlarida y= – x–23 funksiyasining qiymatlarini va nuqtali grafigini hosil qiling.

  23. O’zingiz va 2 ta sinfdoshingizni informatika fanidan shu chorakda olgan ballaringizni o’rtachasini taqqoslash diagrammasini hosil qiling.

  24. Tomoni 8 ga teng bo‘lgan teng tomonli uchburchak, kvadrat va parallelogrammni perimetrini taqqoslash diagrammasini hosil qiling.

  25. O’zbekiston avtomobillarining tezlik ko‘rsatkichi va quvvatini taqqoslovchi diagramma hosil qiling va formatlang.

  26. y = 7x+21 funksiyaning grafigini [-3; 3] oraliqda 0,5 qadam bilan hosil qiling va tahrirlang.

  27. A1 katakchadan A10 katakchagacha har xil uzunlikdagi so‘zlar kiritib, B ustunda ularning uzunligini hisoblang va taqqoslash diagrammasini hosil qiling.



IV. Dars yakuni. Topshiriqni bajargan o`quvchilarni baholash.
V.Uyga vazifa: o`tilgan mavzularni takrorlash.
Maktab rahbarining o`quv – tarbiya ishlari bo`yicha o`rinbosari ________________________________
Download 116.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling