Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi


Download 116.37 Kb.
bet47/53
Sana28.03.2023
Hajmi116.37 Kb.
#1302356
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53
Bog'liq
8 sinf

III Uyga vazifa: o`tilgan mavzularni takrorlash.
Maktab rahbarining o'quv-tarbiya ishlar bo'yicha o'rinbosari __________(imzo)
Sinf: _______
Sana: __________ 201 yil
Mavzu: Ma’lumotlarni tartiblash.
Maqsad: Ta'limiy: O`quvchilarga excel dasturida ma’lumotlarni tartiblash haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: O'quvchilarni texnika xavfsizligi va sanitariya – gigyena taolablariga rioya qilishni o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: Excel elektron jadvali haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
O'tish usuli: Tushuntirish, suhbat, ko'rsatmalilik.
Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar.
Darsning rejasi;
1. Tashkiliy qism. (3 daqiqa)
2. O`tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifani tekshirish. (15 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (5 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2.Davomatni aniqlash.
3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Gistogramma orqali qanday ma'lumotlarni taqqoslash qulay? Grafik orqali qanday ma'lumotlar aks ettiriladi? Qanday masala yechimlari doiraviy diagramma yordamida ko'rsatiladi? Tahrirlashda diagrammaning qanday xususiyatlari o'zgartiriladi? Diagramma o'lchamlari qanday o'zgartiriladi?
III. Yangi mavzu bayoni: Excel dasturida tayyoriangan ro'yxatli jadval ham ma'lumotlar ombori sifatida qaralishi mumkin. Odatda, Excel jadvalida izlash, tartiblash yoki ma'Iumotlami qayta ishlash kabi amallar bajarish jarayonida ro'yxat avtomatik tarzda ma'lumotlar ombori deb olinadi. Bunda:
• Ro'yxat ustunlari ma'lumotlar omborining maydonlariga aylanadi.
• Ustunlar sarlavhalari ma'lumotlar ombori maydonlari nomiga aylanadi.
• Ro'yxatning har bir satri ma'lumotlar ombo­rining yozuviga aylanadi. Aytilganlarni «Gullar» ro'yxati misolida ko'rish mumkin:
Ish jarayonida jadvaldagi satrlarni, ya'ni yozuvlarni biror shartga asosan (nisbiy) tartiblash lozim bo'ladi. Excel dasturida tartiblash qanday bajarilishini «GulIar» ro'yxati nomi bo'yicha alifbo harflarining o'sish yoki kamayish yo'nalishida tartiblash masalasida ko'rib chiqamiz:
1) A2 : D6 katakchalar bloki belgilanadi.
Agar faqat gullar nomi yozilgan A2 : A6 blokni belgilab, tartiblash amalga oshirilsa, gullar nomining o'rni o'zgaradi, lekin boshqa xususiyatlari o'rni o'zgarmaydi. U holda bir gulga boshqa gul xususiyati to'g'ri keladi.
2) Uskunalar panelidan (o'sish yo'nalishida) yoki (kamayish yo'nalishida) tartiblash piktogrammasi tanlanadi.
Tartiblashning yana bir usuli tartiblash ko'rib chiqiladi. Quyidagi 1- mashq. Talabalarning familiyasi, tug'ilgan yili, og'irligi va bo'yi aks ettirilgan jadvalini hosil qiling va tartiblang.

  1. jadval hosil qilinadi;

  2. jadvaldan A2 : D7 katak­chalar bloki belgilanadi;

  3. Menyular satridan Ma'lumotlar menyusining Сортировка bo'limi tanlanadi;

  4. natijada Diapazonni tartiblash tanlov oynasi ekranda aks etadi. Ixtiyorimizga uchta xususiyat bo'yicha o'sish yoki kamayish yo'nalishida tartiblash imkoni tavsiya etiladi;

  5. birinchi xususiyat sifatida «Familiyasi» ustuni tanlanadi;

  6. jadvalda bir xil familiyali talabalar bor bo'lgani uchun tartiblashni boshqa biror ustun, masalan, ikkinchi «Tug'ilgan yili» xususiyati bo'yicha davom ettiramiz.

Bir xil familiyali va tug'ilgan yili bir xil bo'lgan talabalarni ham tartiblash lozim bo'lsa, uchinchi yoki to'rtinchi ustun bo'yicha tartiblash mumkin.
1) uchinchi «Og'irligi» ustun xususiyati bo'yicha tartiblanadi;
Agar ro'yxatdagi nomlar katta va kichik harflardan boshlangan bo’lsa, tartiblashda bunday yozishlarni hisobga olish uchun Diapazonni tartiblash tanlov oynasining Parametrlar bo'limida Registrlarni hisobga olish orqali amalga oshiriladi.
Jadvalga e'tibor bergan bo'lsangiz, tanlash shartlariga asosan:
a) barcha familiyalar alifbo bo'yicha o'sish yo'nalishida tartib­langan;
b) «Kenjayev» familiyali talabalar avval tug'ilgan yilining kamayish yo'nalishida, so'ngra og'irligining o'sish yo'nalishida tartiblangan;
d) «Sa'diyeva» familiyali talabalar tug'ilgan yilining kamayish yo'na­lishida tartiblangan.
IV. Ma 'lumotlar ombori, maydon va yozuv tushunchalarini misollar bilan yoritib bering.
Exceldagi sarlavha, ustun va satr ma 'lumotlar ombori bilan qanday bog'lanadi?
Tartiblash deganda nima tushuniladi?
Tartiblash jarayonida ro'yxatdagi satrlar kamayadimi? Tartib-lashning nechta usuli bor?
Alifbo bo 'yicha necha xil usulda tartiblanadi?
Bir nechta ustunli ro'yxatni bitta ustunini belgilab tartiblansa, qanday anglashilmovchilik yuzaga keladi?

Download 116.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling