Mavzu: Takrorlash darsi.
Maqsad: Ta'limiy: O`quvchilar excel dasturida diagramma va grafiklarni tahrirlash bo`yicha nazorat ishini o`tkazish.
Tarbiyaviy: O'quvchilarni texnika xavfsizligi va sanitariya – gigyena taolablariga rioya qilishni o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: Excel elektron jadvali haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
O'tish usuli: Tushuntirish, suhbat, ko'rsatmalilik.
Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar.
Darsning rejasi;
1. Tashkiliy qism. (3 daqiqa)
2. O`tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifani tekshirish. (15 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (5 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2.Davomatni aniqlash.
3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Yangi mavzu bayoni: Berilgan mashqlarni bajaring.
1. Tomoni 8 ga teng bo'lgan teng tomonli uchburchak, kvadrat va parallelogramm perimetrlarini taqqoslash diagrammasini hosil qiling.
O'zbekiston avtomobillarining tezlik ko'rsatkichi va quvvalim taqqoslovchi diagramma hosil qiling va formatlang.
y = 7x+21 funksiyaning grafigini [-3; 3] oraliqda 0,5 qadam bilan hosil qiling va tahrirlang.
Iqtisod fanidan olgan ma'lumotlaringiz asosida 5 xil mahsulol sotishdagi umumiy qiymatga nisbatan daromadni aks ettiruvchi diagramma hosil qiling. Tayyor diagrammaning ko'rkam va mazmunli bo'lishi uchun tahrirlang va formatlang.
Awalgi masalalardagi diagramma nomi, afsonasi va qiymatlar yozuviga o'zgartirish kiriting.
Respublikamizda yetishtirilgan qishloq xo'jalik mahsulotlarini (paxta, bug'doy) viloyatlar kesimidagi ulushini ko'rsatuvchi diagramma hosil qiling.
Al katakchadan A10 katakchagacha har xil uzunlikdagi so'zlar kiritib, B ustunda ularning uzunligini hisoblang va taqqoslash diagrammasini hosil qiling.
Suvning kimyoviy tarkibini taqqoslovchi diagramma hosil qiling va formatlang.
O'zingizning o'tgan choraklardagi o'zlashtirishingizni
taqqoslovchi diagramma hosil qiling va formatlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |