Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi
Download 116.37 Kb.
|
8 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvchi
- 4. Mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa) 5. O`quvchilarni baholash . (5 daqiqa) 6. Uyga vazifa. (2 daqiqa) Darsning borishi: I.
- III. Yangi mavzu bayoni
- Format
V. Uyga vazifa: darslikdagi 1-3 mashqlar.
Maktab rahbarining o'quv-tarbiya ishlar bo'yicha o'rinbosari __________(imzo) Sinf: __________ Sana: __________201 yil Mavzu: Diagramma va grafiklarni tahrir qilish. Maqsad: Ta'limiy: O`quvchilarga excel dasturida diagramma va grafiklarni tahrirlash haqida ma’lumot berish. Tarbiyaviy: O'quvchilarni texnika xavfsizligi va sanitariya – gigyena taolablariga rioya qilishni o`rgatish. Rivojlantiruvchi: Excel elektron jadvali haqidagi bilimlarini rivojlantirish. O'tish usuli: Tushuntirish, suhbat, ko'rsatmalilik. Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar. Darsning rejasi; 1. Tashkiliy qism. (3 daqiqa) 2. O`tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifani tekshirish. (15 daqiqa) 3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa) 4. Mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa) 5. O`quvchilarni baholash . (5 daqiqa) 6. Uyga vazifa. (2 daqiqa) Darsning borishi: I. 1. Salomlashish. 2. Davomatni aniqlash. 3. O'quvchilarni darsga tayyorlash. II. 1. Diagramma qanday maqsadda tayyorlanadi? Jadvalning diagrammada aks etgan ma'lumotlarining o'zgarishi diagrammaga ta'sir etadimi? Jadvalning diagrammasi qanday uskuna yordamida hosil qilinadi? OX toifalar o'qida nimalar aks etadi? OY ma 'lumotlar qatorlari o'qida va OZ qiymatlar o'qida nimalar aks etadi? Sarlavhalar bo'limida nimalar aks etadi? Afsona nima uchun kerak? Ma'Iumotlar qiymatlari qayerda aks etadi? Diagramma ustasi yordamida diagramma hosil qilish qadamlarini tushuntirib bering. Diagramma hosil qilish uchun jadvalning kerakli ma'lumotlari qachon belgilanadi? III. Yangi mavzu bayoni: MS Excel dasturi hosil qilingan diagrammalarga o'zgartirish kiritish, ya'ni tahrirlash imkoniyatini ham beradi. Masalan, Format menyusi yordamida diagrammalar, awalgi darsdagi rasmlarda ko'rganingizdek, qiziqarli va ko'rkam holatga keltirildi. Buni awalgi darsdagi misollardan sezgansiz, albatta. Formatlash uchun diagramma yoki grafikning elementi tanlanib, Format menyusiga kiriladi. Bu holda menyu tarkibi tanlangan elementga mos bo'ladi. Hosil qilingan diagramma yoki grafik ustida Format menyusi yordamida quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin: tahrir qihsh (diagramma turi, ma'lumot, ma'lumotlar shrifti, rangi va fonini o'zgartirish); diagramma o'lchamlarini, vertikal va gorizontal o'qlarning formatlarini o'zgartirish; diagramma chegarasi chiziqlarini tanlash; siljitish va chegaralarni surish va boshqalar. Masalan, belgilangan o'qqa mos formatlash oynasi yordamida ko'rinishni, shkala chegaralari va bo'laklash qiymatlari, oraliq chiziqlarni tanlash, shrift turi, foni va rangi, son formatlarini tanlash matn yo'nalishi va boshqa bir qancha o'zgartirishlar kiritish imkonini beradi. Diagram ma va grafiklar elementlarini formatlash va tahrirlash uchun mos kontekst-menyulardan foydalanish ham qulay. Quyidagi diagramma va grafiklar elementlarida ko'pgina kontekst-menyular ko'rinishi ifodalangan. Kontekst-menyular yordamida ochilgan tahrirlash oynalari mos elementlar formatini bekor qilish, o'zgartirish kiritish va boshqa amallar bajarish imkoniyatini beradi. Grafik hosil qilishda OX toifalar o'qida kerakli ko'lamdagi qiymatlar aks etishi uchun awal nuqtali grafik turi tanlanib, tayyor grafikni tahrirlaganda oddiy grafik turini tanlash muhim. Diagrammani formatlash va tahrirlashda diagramma sohasi, o'qlar, ma'lumot yozuvlari va boshqa elementlar formatlash muloqol oynalaridan foydalandik. Jadval va diagrammani hosil qilishni mustaqil bajarib ko'rishni tavsiya etamiz. Download 116.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling