Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi


Download 116.37 Kb.
bet40/53
Sana28.03.2023
Hajmi116.37 Kb.
#1302356
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53
Bog'liq
8 sinf

III. Uyga vazifa: savol-javob.
Maktab rahbarining o'quv-tarbiya ishlar bo'yicha o'rinbosari __________(imzo


Sinf: ______
Sana: __________201 yil
Mavzu: Matematik formulalar bilan ishlash
Maqsad:
Ta’limiy: O`quvchilarda Excelda formulalar va funksiyalarni qo`llash ko`nikmasini hosil qilish hamda o`quvchilarning Excelda ishlash malaksini chuqurlashtirish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarni yangi bilimlar egallashga va uning ahamiyatini tahlil qilishga yo`naltirish.
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning kompyuterlardan foydalanish bo`yicha bilim va tasavvurlarini kengaytirish va kerakli ma’lumotlar bilan ishlash madaniyatini shakllantirish.
Ko`rgazmali qurol: darslik, kompyuter, jadval. MS Excel dasturi.
Darsning rejasi;
1. Tashkiliy qism. (3 daqiqa)
2. O`tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifani tekshirish. (15 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (5 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
I. Salomlashish. Jurnal to`ldirish. Kompyuterlarni ishga tayyorlash. Darsliklarni tekshirish. Davomatni aniqlash.
II. O`tilganlarni mustahkamlash. 1. Katakchalar qanday birlashtiriladi?. 2. Matematik funksiyalar? . 3. Standart va matnlar bilan ishlovchi funksiyalar?
III. Yangi mavzu bayoni:Avvalgi darsda ko'rib chiqilgan funksiyalarni qo'llashni ko'rsatish uchun quyidagi masalalarni hal etamiz.
1- mashq. Reyting masalasini hal etamiz. Sinf jurnalini eslatuvchi jadvai tuziladi.
Quyidagi jadvalda ko'rib turganingizdek, C7 katakchadan K7 katakcha-gacha yoki C7:K7 blokda birinchi, C8:K8 blokda ikkinchi, C9:K9 blokda uchinchi, C10:K10 blokda to'rtinchi o'quvchining fanlardan olgan reyting ballari joylashadi. O'quvchilarning fanlardan olishi mumkim bo'lgan maksimal va olgan umumiy ballari jamlanmasi L ustunga yig'iladi, ya'ni mos ravishda, L6 = C6 + D6 + E6 + F6 + G6 + H6 + 16 + J6 + K6 , L7 = C7 + D7 + E7 + F7 + G7 + H7 + 17 + J7 + K7, ... , L10 = C10+D10+ ... + J10 + K10 ga teng bo'ladi.
Bu yig'indilarni 3 xil usulda hosil qilish mumkin:
1-usul. L6 katakchaga C6 + D6 + E6 + F6 + G6 + H6 + 16 + J6 +K6 ifodani tenglik belgisidan keyin kiritiladi. Keyin L7, L8, L9, L10 katakchalarga nusxalanadi.
2-usul. L6 katakchaga tenglik belgisidan keyin CУMM(C6:K6) kiritiladi. Keyin L7, L8, L9, L10 katakchalarga nusxalanadi.
3-usul. C6:L6 blokini belgilab ∑ piktogrammasi tanlanadi. Keyin L7, L8, L9, L10 katakchalarga nusxalanadi.
Demak, L6 katakchaning nusxasi L7, L8, L9 va L10 katakchalarga nisbiy murojaat bilan joylashadi. Shu kabi M6 = L6*100/$L$6 katakchaning nusxasi M7, M8, M9, M10 katakchalarga mos ravishda, L7*100/$L$6, L8*100/$L$6, L9*100/$L$6, L10*100/$L$6 kabi joylashtiriladi. Bunda $L$6 — absolyut adres bo'lib, umumiy ball joylashgan katakchadir.

Download 116.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling