CУMM(sonl; son2; ...) - son 1, son 2, ... katakchalar (yoki katakchalar bloki)dagi qiymatlarning yig'indisi.
Excel elektron jadvalining ba'zi mantiqiy funksiyalari bilan tanishamiz:
И (mantiqiy ifoda l; mantiqiy ifoda 2; ...) - (VA) funksiyasining qiymati ROST bo'ladi, agar mantiqiy ifodalarning barchasining qiymati ROST boisa, aks holda funksiyaning qiymati YOLG'ON bo'ladi. ИЛИ (mantiqiy ifodal; mantiqiy ifoda 2; ...) — (YOKI) funksiyasining qiymati ROST bo'ladi, agar mantiqiy ifodalarning birortasining qiymati ROST bo'lsa, aks holda funksiyaning qiymati YOLG'ON bo'ladi. ЕСЛИ (mantiqiy ifoda; ifodal; ifoda 2) - (AGAR) funksiyasi qiymati mantiqiy ifoda qiymati ROST bo'lsa, ifodalga, yolg'on bo'lsa, ifoda 2 ga teng bo'ladi.
Excel elektron jadvalining statistik va matn funksiyalariga misol keltiramiz:
Shuni ta'kidlash lozimki, Excel funksiyalarini qo'llash uchun ularning xususiyatlari haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish lozim.
IV. Darsni mustahkamlash: darslikdagi 1-5 mashqlar kompyuterda bajariladi.
V. Uyga vazifa: savol-javob.
Maktab rahbarining o'quv-tarbiya ishlar bo'yicha o'rinbosari __________(imzo)
Sinf: _______
Sana: __________201 yil
Mavzu:MS Excelda matematik amallar va funksiyalar bilan ishlash mavzusini takrorlash.
Maqsad:
Ta’limiy: O`quvchilarga Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo`llash imkoniyatlari haqida ma’lumot berish, ularda standart funksiyalarni qo`llay olish ko`nikmasini hosil qilish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarni yangi bilimlar egallashga va uning ahamiyatini tahlil qilishga yo`naltirish.
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning kompyuterlardan foydalanish bo`yicha bilim va tasavvurlarini kengaytirish va kerakli ma’lumotlar bilan ishlash madaniyatini shakllantirish.
Ko`rgazmali qurol: darslik, kompyuter, jadval. MS Excel dasturi.
Darsning rejasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |