Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi
Download 116.37 Kb.
|
8 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy
- Ko`rgazmali qurol
- 5. O`quvchilarni baholash . (5 daqiqa) 6. Uyga vazifa. (2 daqiqa) Darsning borishi: I.
- III. Yangi mavzu bayoni
V. Uyga vazifa: tarmoqlarni o`rganib kelish.
Maktab rahbarining o'quv-tarbiya ishlar bo'yicha o'rinbosari ______________________ (imzo) Sinf: 8 V Sana: __________201 yil Mavzu: Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari Maqsad: Ta’limiy: O`quvchilarga elektron jadvallar, ularning imkoiyatlari va vazifalari, inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish; Tarbiyaviy: o`quvchilarni yangi bilimlar egallashga va uning ahamiyatini tahlil qilishga yo`naltirish. Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning kompyuterlardan foydalanish bo`yicha bilim va tasavvurlarini kengaytirish va kerakli ma’lumotlar bilan ishlash madaniyatini shakllantirish. Ko`rgazmali qurol: darslik, kompyuter, jadval. MS Excel dasturi. Darsning rejasi; 1. Tashkiliy qism. (3 daqiqa) 2. O`tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifani tekshirish. (15 daqiqa) 3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa) 4. Mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa) 5. O`quvchilarni baholash . (5 daqiqa) 6. Uyga vazifa. (2 daqiqa) Darsning borishi: I. Salomlashish. Jurnal to`ldirish. Kompyuterlarni ishga tayyorlash. Darsliklarni tekshirish. Davomatni aniqlash. II. «Проводniк » dasturi nima uchun xizmat qiladi? 2. «Проводniк » dasturi qanday ishga tushiriladi? 3. «Проводniк » ilovasi mеnyusi bo`limlarini sanab bеring. 4. «Проводniк» ilovasi oynasining tuzilishini aytib bеring. 5. Ob'еktlar nomlari oldida joylashgan «+» va «—» bеlgilari nimani bildiradi? III. Yangi mavzu bayoni: Kompyuter texnologiyasining rivojlanib borishi va insonning ish faoliyatida keng qo'llanilishi ta'sirida ma'lum bir yo'nalishdagi dasturlarga bo'lgan talab yanada ko'paydi. Ma'lumki, dasturlarning yaratilishi va rivojlanishi qo'llaniladigan sohadagi maqsadlardan kelib chiqadi. Masalan, matn muharrirlari va protsessorlari ma'lumotlarni matn ko'rinishida saqlash va qayta ishlash uchun kerak bo'lsa, grafik muharrirlar tasvirlar ustida kerakli amallar bajarish uchun xizmat qiladi. Yuqoridagilarni e'tiborga olib, hisob-kitoblarni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi dasturlarga bo'lgan talab kuchaydi. Odatda bunday dasturlarni elektron jadvallar yoki jadval protsessorlari deb nomlashadi. Elektron jadvallarning asosiy vazifasi ma'lumotlarni jadval ko'rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo'lib, birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir. Birinchi elektron jadval dasturi VisiCalc nomi bilan o'tgan asrning 80-yillari boshida ishlab chiqilgan. Undan keyin kompyuterlarning turlari va vazifasiga qarab, SuperCalc, Multiplan, Framework, Simphony, Works, lC-Buxgalteriya, Master, MS Excel va boshqalar ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilmoqda. Dastlabki naqli (versiyasi) 1994-yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilayotgan Excel dasturi hozirgi kunda eng ommalashgan jadval protsessoridir. Excel dasturini ishga tushirish Microsoft Office paketining MS Word dasturi kabi uch xil usul bilan amalga oshirilishi mumkin. Excel dasturi ishga tushirilgach, ekranda foydalanuvchi interfeysi namoyon bo'ladi: Exceldagi menyular satri Word matn protsessoridagi menyular satridan farqlanadi. Masalan, Word matn protsessorida Таблица (Jadval) menyusi o'rnida Excelda Данные (Ma'lumotlar) menyusi bor; biror nusxa ko'chirilgach, Правка (Tahrirlash) menyusi nusxani Word dasturidagidan farqli har xil xususiyatlari bilan joylashtirish imkonini beradi. Yangi kitob hosil qilish esa quyidagi imkoniyatlardan birini tanlash orqali bajariladi: fayl menyusidagi Создать (Hosil qilish) buyrug'ini tanlash yoki Ctrl + N klavishlarini birgalikda bosish orqali; vositalar panelidagi piktogrammani tanlash yordamida. Excel dasturi asosida tayyorlangan faylning kengaytmasi .xls bo'ladi. Harbir.xls faylda 1 dan 255 tagacha varaq joylashishi mumkin. Excel jadvali (Excel 97 versiyasida) 16384 ta (Excel 2000 versiyasida esa 65536 ta) satr va 256 ustundan iborat. Satrlar 1 dan to 16384 (65536) gacha bo'lgan butun sonlar yordamida tartiblangan. Ustunlar esa lotin alifbosi harflari bilan belgilanadi, ya'ni A, B, ... , Z, AA, AB, ..., Excel elektron jadvalida quyidagi arifmetik amallar va belgilarni qo'llash imkoniyati mavjud: qo'shish - « + », ayirish - « - », ko'paytirish - « * », bo'lish - « / », darajaga ko'tarish - « A », amalni bajarilish tartibini jadallashtirish - « ( ) », sonlarni butun va kasr qismga ajratish — « , ». Download 116.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling