Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi


ma'lumotlarni xotiraga kiritish va chiqarish dasturi (BIOS)


Download 116.37 Kb.
bet21/53
Sana28.03.2023
Hajmi116.37 Kb.
#1302356
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
Bog'liq
8 sinf

ma'lumotlarni xotiraga kiritish va chiqarish dasturi (BIOS): doimiy xotirada joylashgan bo'lib, kompyuter ishga tushirilganda kiritish va chiqarish bilan bog'liq amallarini bajaradi, kerakli qurilmalarni (klaviatura, monitor, tezkor xotira va hokazo) tekshirishdan o'tkazadi hamda operatsion sistemani faollashtiruvchi dasturni chaqiradi;

  • operatsion sistemani faollashtiruvchi dastur (Boot Record) -juda qisqa dastur bo'lib, uning vazifasi tezkor xotiraga ma'lumotlarni kiritish-chiqarish sistemasini kengaytirish moduli va amallar bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan uzilishlarni tahlil qilish modulini yuklashdan iborat;

    Operatsion sistemaning ichki va tashqi buyruqlari. Foydalanuvchi va kompyuter orasidagi muloqot foydalanuvchi tomonidan operatsion sistemaga ketma-ket beriladigan buyruqlar va ko'rsatmalar asosida tashkil etiladi.
    Qobiq-dastur – operatsion sistema boshqaruvida ishga tushiriladigan va foydalanuvchiga shu operatsion sistema bilan ishlashga ko`maklashadigan dasturdir. Eng birinchi ommalashgan qobiq-dasturlardan biri Norton Commander deb nomlanadi. Bu qobiq-dastur amerikalik mashhur dasturchi Piter Norton tomonidan ishlab chiqildi va tez ommalashib ketdi. Hozirgi kunda keng tarqalgan Windows Commander, Total Commander, Far manager kabi qobiq-dasturlar Norton Commander dasturining asosiy ish tamoyillarini o`zida saqlab qolgan.
    Qobiq-dasturlar asosan quyidagi imkoniyatlarni beradi:

    • diskdan kataloglar ro`yhatini ekranga to`liq chiqarish;

    • fayllardan nusxa ko`chirish;

    • fayllarni o`chirish;

    • kataloglar hosil qilish;

    • matnli fayllarni tahrir qilish va boshqalar.

    Windows operatsion sistemasiga foydalanuvchi interfeysi qulay bo`lishi uchun maxsus qobiq-dasturlar joylashtirilgan bo`lib, ulardan biri Mening kompyuterim sistema katalogi, ikkinchisiПроводник(yo`lboshlovchi) deb atalgan.
    IV. 1. Operatsion sistemaning qanday asosiy vazifalarini bilasiz?
    2. Operatsion sistema qanday asosiy qismlardan iborat?
    3. Operatsion sistemaning ichki va tashqi buyruqlari haqida so`zlab bering.
    4. Operatsion sistemaning qobiq-dasturi deganda nima tushunasiz?
    5. Norton Commander dasturining afzalliklari nimada?
    V. Savollarga javob yozish, qisqa test tuzib kelish
    O'quv-tarbiya ishlar bo'yicha rahbar o'rinbosari (imzo)
    12-DARS
    Sinf: 8 V
    Sana: ________2018yil

    Download 116.37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling