Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi


V. Uyga vazifa: mustaqil formatlash


Download 116.37 Kb.
bet50/53
Sana28.03.2023
Hajmi116.37 Kb.
#1302356
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
8 sinf

V. Uyga vazifa: mustaqil formatlash.
Maktab rahbarining o'quv-tarbiya ishlar bo'yicha o'rinbosari __________(imzo)
Sinf: _______
Sana: _________ 201 yil
Mavzu: Elektron jadvalda mantiq elementlarini qo`llash
Maqsad: Ta'limiy: O`quvchilarga elektron jadvalda mantiq elementlarini qo`llash haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: O'quvchilarni texnika xavfsizligi va sanitariya – gigyena taolablariga rioya qilishni o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: elektron jadval haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
O'tish usuli: Tushuntirish, suhbat, ko'rsatmalilik.
Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar.
Darsning rejasi;
1. Tashkiliy qism. (3 daqiqa)
2. O`tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifani tekshirish. (15 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (5 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2.Davomatni aniqlash.
3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Ma 'lumotlarni saralash yoki filtrlash deganda qanday ish tushuniladi? Filtrlash belgisi qanday o`rnatiladi? Filtrlash belgisi nechta nomga birdan o`rnatilishi mumkin? Saralangan ma’lumotlarni boshqa joyga qanday joylashtirish mumkin? Saralangan ma’lumotlarda formula saqlanadimi?
III. Yangi mavzu bayoni: Avvalgi darslarida elektron jadvalning ba'zi funksiyalari va amallari bilan ishlab ko'rdingiz. Quyida yana bir qancha masalalarni ko'rib chiqamizki, ular yordamida elektron jadvallar orqali ko'pgina mantiqiy masalalarni hal etish mumkin.
1-misol. Al va Bl katakchalardagi sonlardan kattasini C1 katakchaga o'tkazing.
Yechish. Bu IKT (ikkitasidan kattasini topish) masalasining xuddi o'zi. Bu masalani hal etish uchun C1 katakchaga elektron jadvalning ECЛИ(shart; ifoda1; ifoda 2) mantiqiy funksiyasini yozamiz va turli xil sonlar uchun tekshirib ko'ramiz.
Ko'rib turganingizdek, formulamiz 21 va 23 sonlaridan 23 kattaligini, 21 va 19 sonlaridan 21 kattaligini, -274 va 0 sonlaridan 0 kattaligini aniqlab berdi. Lekin, 19 va 19 sonlaridan kattasini 19 deb oldi. Nima uchun? Savolga javob shunday: A1>B1 mantiqiy amal tekshiriladi, agar natija ROST bo'lsa, u holda CI katakchaga Al katakchadagi qiymat, aks holda, ya'ni natija YOLG'ON bo'lsa, CI katakchaga A2 katakchadagi qiymat o'tadi. Ma'lumki, a va b sonlar orasida quyidagi munosabatlar o'rinli: a>b yoki a=b yoki aYOLG'ON bo'lishi uchun ">" amalning inkori, ya'ni o'zaro tenglik yoki birinchi son ikkinchisidan kichik bo'lishi kerak.

Download 116.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling