Mavzu: hodisa tushunchasi. Hodisalar ustida amallar


Download 25.23 Kb.
bet3/4
Sana23.12.2022
Hajmi25.23 Kb.
#1047064
1   2   3   4
Bog'liq
2 amaliy mashg\'ulot HODISA TUSHUNCHASI HODISALAR USTIDA AMALLAR

5. Shisha idishni mashinaga yuklashda sinish ehtimoli 0,06 ga, tashish vaqtida sinish ehtimoli 0,05 ga teng. Shisha idishni sinish ehtimoli qancha?
J: 0,11
6. Detallarga ishlov berish tizimining buzilishi natijasida sifatsiz detal chiqish ehtimoli 0,02 ga, stanok buzuqligi tufayli sifatsiz detal chiqish ehtimoli 0,08 ga teng. Sifatsiz detal chiqish ehtimoli qancha?
J: 0,1
7. Og‘zaki imtihon topshirish uchun talaba o‘qituvchi bergan uchta savoldan ikkitasiga javob berishi kerak. Talaba berilishi mumkin bo‘lgan 40 ta savoldan 8 tasiga javob bera olmaydi. Talabaning imtihon topshirish ehtimoli qancha?
J:
8. Yig‘ilgan sxemani tekshirish maqsadida uchta birlik impuls ketma-ket berilgan. Ulardan har birining o‘tish ehtimoli qolgan impulslarning o‘tgan-o‘tmaganligiga bog‘liq emas va mos ravishda ; Yuborilgan impulslardan kamida ikkitasining o‘tish ehtimolligini toping.
J: 0,712
9. Uchta mergan nishonga qarata bittadan o‘q otishdi. Birinchi mer­gan­ning nishonga tekkizish ehtimoli 0,5 ga, ikkinchi va uchinchi merganlarning nishonga tekkizish ehtimollari mos ravishda 0,6 va 0,7 ekanligi ma’lum bo‘lsa, quyidagi hodisalarning ehtimollarini toping.
a) merganlardan faqat bittasi nishonga tekkizdi;
b) merganlardan hech bo‘lmasa biri nishonga tekkizdi;
d) uchala mergan ham nishonga tekkizdi;
e) faqat ikkita mergan nishonga tekkizdi;
f) merganlardan hech bo‘lmasa biri nishonga tekkiza olmadi.
J: a) 0,29 b) 0,94 e) 0,21 d) 0,44 f) 0,79
10. Xaridorga zarur mahsulotning birinchi, ikkinchi va uchinchi do‘konda bo‘lish ehtimolligi mos ravishda 0,7; 0,8; 0,9 ekanligi ma’lum bo‘lsa, quyidagi hodisalarning ehtimollarini toping.
a) zarur mahsulot ko‘pi bilan ikkita do‘konda bor;
b) zarur mahsulot kamida 2 ta do‘konda bor.
J: a) 0,49 b) 0,902
11. Lotereyaning har 10200 ta biletining 100 tasiga turli buyumlar va 30 tasiga esa pul yutuqlari qo‘yilgan. Bir dona lotereya bilet egasining buyum yoki pul yutug‘ini yutib olish ehtimolligini toping.
J: 0,013

Download 25.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling