Mavzu. Hodisalar va ularning ehtimolliklari


Ta’rif. Tajriba natijasida albatta ro’y beradigan hodisaga muqarrar hodisa deyiladi va u orqali belgilanadi. Ta’rif


Download 298.08 Kb.
bet3/13
Sana04.01.2023
Hajmi298.08 Kb.
#1076685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
HODISALAR VA ULARNING EHTIMOLLIKLARI

Ta’rif. Tajriba natijasida albatta ro’y beradigan hodisaga muqarrar hodisa deyiladi va u orqali belgilanadi.
Ta’rif. Umuman ro’y bermaydigan hodisaga mumkin bo’lmagan hodisa deyiladi va u orqali belgilanadi.
1.3-misol. Tajriba nomerlangan kub(o’yin soqqasi)ni tashlashdan iborat bo’lsin. Bu tajriba uchun quyidagi hodisalarni kiritamiz:
{5 raqam tushishi};
{juft raqam tushishi};
{7 raqam tushishi};
{butun raqam tushishi}.
Bu erda va hodisalar tasodifiy, hodisa mumkin bo’lmagan, hodisa esa muqarrar hodisalar bo’ladi.
Ta’rif. Birgalikda bo’lmagan hodisalar deb, bitta tajribada birining ro’y berishi qolganlarining ro’y berishini yo’qqa chiqaradigan hodisalarga aytiladi.
1.6-misol. Detallar solingan qutidan tavakkaliga bitta detal olindi. Bunda standart detal chiqishi nostandart detal chiqishini yo’qqa chiqaradi. “Standart detal chiqdi” va “nostandart detal chiqdi” hodisalari birgalikda emas.
1.7-misol. Tanga tashlandi. Tanganing gerbli tomoni tushishi raqamli tomoni tushishini yo’qqa chiqaradi. “Gerbli tomon tushdi” va “raqamli tomon tushdi” hodisalari birgalikda emas.
Ta’rif. Agar tajriba natijasida bir nechta hodisalardan bittasi va faqat bittasining ro’y berishi muqarrar hodisa bo’lsa, u holda bu hodisalar yagona mumkin bo’lgan hodisalar deyiladi.
1.8-misol. Ikkita pul-buyum lotereyasi sotib olingan. Quyidagi hodisalarning bittasi va faqat bittasi albatta ro’y beradi: “yutuq birinchi biletga chiqdi, ikkinchisiga chiqmadi”, “yutuq birinchi biletga chiqmadi, ikkinchisiga chiqdi”, “yutuq ikkala biletga chiqdi”, “yutuq ikkala biletga ham chiqmadi”. Bular yagona mumkin bo’lgan hodisalar.
1.9-misol. Mergan nishonga qarata o’q uzdi. Quyidagi ikkita hodisadan biri albatta ro’y beradi: o’qning nishonga tegishi, o’qning nishonga tegmasligi. Bular yagona mumkin bo’lgan hodisalar.
Ta’rif. Agar bir nechta hodisalardan hech birini boshqalariga nisbatan ro’y berishi mumkinroq deyishga asos bo’lmasa, ular teng imkoniyatli hodisalar deyiladi.

Download 298.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling