FOROBIY (873-950) Forobiy O’rta Osiyolik qomuschi olim. Uning to’liq ismi — Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug Tarxon Forobiy. U Forob — hozirgi Qozog’iston Chimkent viloyatining Aris shaxri yaqinida tug’ilgan. Dastlabki ma’lumotlarni u o’z ona yurtida, Toshkent (Shosh), Buxoro va Samanqard shaharlarida olgan. Keyinchalik ilm ishtiyoqi o’sha davrning ilmiy markazi — Bog’dodga yetaklagan. Forobiy taxminan 941-yildan boshlab Damashq, (hozirgi Suriya Arab respublikasining poytaxtida yashagan. 949-950-yillari Misrga borgan, so’ngra Damashqga qaytgan va shu yerda vafot etgan. FOROBIYNI ANIQ FANLARGA QO’SHGAN XISSASI - Forobiy o’rta asr fanlarining turli soxalariga doir 160 ga yaqin asar yozgan. Uni ko’proq bilimlarinjng nazariy va falsafiy jihatlari qiziqtirgan. Biz asosan Forobiyni tabiiy — ilmiy fanlar soxasiga va matematikaga qo’shgan xissasiga to’xtalamiz.
- U «Ilmlarni kelib chiqishi va tasnifi» nomli asarida o’rta asrlarda mavjud bo’lgan 30 dan ortiq fanning ta’rifini beradi va ularning tutgan o’rnini gapiradi.
- Bu asari til haqidagi bob bilan boshlanadi. Unda gramatika va ortografiya va poeziya haqida fikr yuritadi.
- Ikkinchi bobida mantiq;
- Uchunchi bobida esa matematika haqida.
Forobiy geometriyaga «Buyumlarning miqdoriy va fazoviy nisbatlarini o’rganuvchi fan» deb tarif beradi va uni yettita qismga ajratadi. Son haqidagi fan — mavjud narsalar (substansiya) ning bir qismini boshqa qismga ko’paytirish, bo’lish va ayirish. Ildizning mavjud qismlarini topish va hokozo haqidagi fan. Ikkinchi qism— geometriya mavjud narsalarning turli qismlari turli shaklda bo’lganidan va ularrni o’lchashda o’rganadigan fan zarur bo’lganidan vujudga kelgan. «Shunday qilib, geometriya o’lchovchi fan, biz u orqali o’lchovni bilamiz, chiziqlar sirtlar va hajmlarni o’zaro taqqoslaymiz».
Do'stlaringiz bilan baham: |