Mavzu: Hozirgi jamiyatda murabbiy tarbiyachilarga qo'yiladigan talab va vazifalar


Download 1.25 Mb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1582171
1   2   3
Bog'liq
Hozirgi jamiyatda murabbiy tarbiyachilarga qo\'yiladigan talab va vazifalar

Pedagogika ta’lim tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarib borishini o‘rgatadi. Tarbiyaning tarkibiy qismlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib beradi. Shu asosda ta’lim tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo‘llarini ko‘rsatib beradi.

  • Pedagogika ta’lim tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarib borishini o‘rgatadi. Tarbiyaning tarkibiy qismlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib beradi. Shu asosda ta’lim tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
  • Shuningdek u maktab, hunar-texnika bilim yurti va maktabdan tashqari tarbiya muassasalari xodimlarini ham nazariy, ilg‘or tajribalar bilan qurollantiradi. Ota-onalarga yoshlarni to‘g‘ri tarbiyalash, o‘qitishdagi mahoratini yanada takomillashtirish yo‘lida amaliy tavsiyalar beradi.

Maktabgacha tarbiya sohasi xodimlarni tayyorlash tizimi

  • Mamlakatda maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish, turli shakldagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarini barpo etish, ularni yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan tarbiyachilar va mutaxassislar bilan ta'minlash, ta'lim va tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.
  • Bugungi kunga kelib maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan soha uchun ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlashga ham katta e'tibor qaratildi. 2018 yili Oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar ixtisosliklar ro‘yxatiga yangi 13.00.08. “Maktabgacha ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining qarori bilan Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzurida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashi tashkil etildi. Ushbu ilmiy kengash 13.00.08. “Maktabgacha ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha mamlakatimiz tarixidagi birinchi tashkil tashkil etilgan ilmiy kengash hisoblanadi.
  • 2019 yil 22 avgust kuni ilmiy kengashning dissertatsiyasi himoyasi bo‘yicha ilk (birinchi) yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tadqiqotchi Nilufar Rejamatovaning “O‘zbek xalq cholg‘ulari vositasida bolalar ijodkorligini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi, Go‘zal Nazirovaning “Maktabgacha ta'lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling