Mavzu: Hujayra biologiyasini o’rganishda qo’llaniladigan usullar. Hujayra tiplari Ko’riladigan masalalar


Download 0.54 Mb.
bet4/13
Sana07.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1340541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
portal.guldu.uz-2-ma`ruza

Prokariot hujayralar

1884 yil Kristian Gram bakteriyalarni bo’yash usulini kashf etdi va u taklif etgan usul mikrobiologiya amaliyotiga prokariotlarning taksonomiyasini muxim belgilaridan biri bo’lib qoldi. Bu usul uch fenilmetan qatoridagi bo’yovchi kristalvislet va gentsianvioletlarning mikrob hujayrasida tutib qolishini yoki tutib qolmasligiga asoslangan. Shisha oynada qotirilgan holdagi bakteriyalar surtmasi sapsar rang bilan bo’yalsa va uni yodni kaliy-yodidga eritmasi bilan qotirilganidan keyin grammusbat bakteriyalar tsitoplazmasida bo’yoqning yod bilan mustahkam birikmasi hosil bo’ladi va bakteriyalar surtmasiga spirt yoki atseton ta’sir ettirilganda ham erib ketmaydi. Grammanfiy bakteriyalarda bo’yoq yod bilan barqaror birikma hosil qilmaydi, bakteriyali surtmaga spirt yoki atseton ta’sir qilinganda to’liq rangsizlanib ketadi.

Hujayra devori

Mikroplazmalar va L-tuzilishli bakteriyalardan tashqari barcha bakteriyalarda hujayra devori doimiy qisim bo’lib hisoblanadi. Hujayra devori biogeteropolimer tuzilishli, tig’iz, tsitoplazmani zich o’rab unga belgilangan ma’lum shaklni beradi. Ancha yuqori darajadagi taranglikka ega bo’lganligi tufayli 2.106 PA gacha hujayraning ichki bosimiga bardosh bera oladi.

Prokariotlar hujayra devorining polimer tarkibi eukariotlardan keskin farqlanadi. Hujayra devorining ximiyaviy tarkibidagi asosiy modda peptidoglyukanlar sinfiga mansub murein xisoblanadi.

Bakteriyalar hujayrasining devoridagi murein tarkibi va boshqa qo’shimcha ximiyaviy birikmalarning o’ziga xos hususiyatlariga ko’ra bakteriyalar grammusbat va grammanfiy guruhlarga bo’linadi.

Prokariotlar hujayrasi devorining ximiyaviy tarkibi


Hujayra devorining

Grammusbat prokariotlar

Grammanfiy prokariotlar

qismlari


hujayra devorining ichki qavati

hujayrv devorining tashqi qavati

Murein
Tayxo kristallari
Polisaxaridlar
Oqsillar
Lipidlar
Lipopolisaxaridlar
Lipoproteidlar

+
+
+
+
+
-
-

-
-
-
-
-
-
+

-
-
+
+
+
+
+

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling