Sitoplazmatik membrana hujayra devorining shundoqqina tagiga joylashib protoplastni o’rab turadi. U hujayraning doimiy qismlariga kiradi va barcha prokariotlarning hujayrasida bo’ladi. Sitoplazmatik membrana hujayra umumiy og’irligining 8-15% miqdorini tashkil qiladi. Sitoplpzmatik membrana ximiyaviy tarkibiga ko’ra, murakkab tuzilishli oqsil-lipid majmuasidan iborat, undagi lipid miqdoari 15-30% ni, oqsil esa 50-70% ni tashkil qiladi. Ulardan tashqari 2-5% miqdorda uglevodlar va RNK ham uchraydi. Uglevod asosan glikolipid va glikoproteid holida bo’ladi. Turli sistematik guruhlarga mansub bakteriyalardagi har xil shaklli xaltasimon burmalarni mezosoma deb ataladi. Turli sistematik guruhlarga mansub bakteriyalardagi har xil shaklli xaltasimon burmalarni mezosoma deb ataladi. Bakteriyalarning mezosomalari o’zlarining shakli, o’lchamlari va hujayrada joylashishiga ko’ra turlicha bo’ladi. Mezosomani eng oddiy tuzilganlari vezikula, ya’ni pufakcha, ancha murakkablari lammelyar, ya’ni yapaloq, tubulyar ya’ni naysimon ko’rinishlarga ega. Murakkab tuzilishga ega bo’lgan mezosomalar grammusbat bakteriyalarning tsitoplpzmatik membranalarida ko’proq uchraydi. Grammanfiy bakteriyalarning ko’pchiligida mezosomalar ancha oddiy tuzilgan, faqat azotfiksatorlar, nitrobakteriyalar va metan gazini oksidlovchilaridagina murakkab tuzilishli mezosomalar bo’ladi holos. xromotofor Fosofsintezlovchi bakteriyalarning tsitoplazmasida membranali hosilalar ham bo’lib, ularni xromotoforlar deyiladi. Xromotoforlarda yorug’lik energiyasini o’ziga yutadigan va fosofosintezni amalga oshiradigan pigmentlardan bakterioxlorofillar va karotinoidlar, elektron tashishda ishtirok etadigan fermentlardan ubixinonlar va tsitoxromlar, hamda, fosforlanish sistemasining qismlari joylashgan. Xromotoforlar fotosintezlovchi bakteriyalarning hujayralarida tsitoplazmatik membrana bilan aloqada bo’lgan naychalar, pufakchalar, yassi qo’shaloqlangan to’garak-gardish ko’rinishlaridagi murakkab sistemalar xam hosil bo’ladi. Fotosintezlovchi bakteriyalar qorong’ilikda geterotrof oziqlanishga o’tishi bilan xromotoforlar yo’qolib ketadi va yorug’likda yana paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |