Mavzu: Hujayra biologiyasini o’rganishda qo’llaniladigan usullar. Hujayra tiplari Ko’riladigan masalalar
Prokariotlar hujayrasining ximiyaviy tarkibi va tuzilishi
Download 0.54 Mb.
|
portal.guldu.uz-2-ma`ruza
Prokariotlar hujayrasining ximiyaviy tarkibi va tuzilishiHar bir hujayraning, shu jumladan prokaritolar hujayrasining ximiyaviy tarkibida oqsillar, lipidlar, uglevodlar, ikki hal nuklein kislotalar (DNK, RNK) ,anorganik moddalar va suv bo’ladi.Suv. Mikroorganizmlar hujayrasining tarkibidagi ximiyaviy moddalar ichida eng ko’pi suv xisoblanib, hujayra massasining 75-85% miqdorini tashkil qiladi. Hujayradagi suvning miqdori mikroorganizmning turi, o’sish sharoitlari va hujayraning fiziologik holatiga boqliq. Hujayra tarkibidagi suv erkin, polimerlar bilan birikib va bir qismi ion holida bo’ladi. Suv hujayrada katta ahamiyatga ega bo’lgan fiziologik jarayonlarda; hujayradagi ko’plab ximiyaviy moddalarni eritishda va moddalarning almashinavida ishtirok etadi.Ximiyaviy elementlar va anorganik moddalar. Tirik organizmlarning barchasiga xarakterli bo’lgan elementlarga uglerod, azot, kislorod, vodorod kiradi. Prokariotlar hujayrasining tarkibidi yuqoridagilardan tashqari fosfor, kaliy, natriy, oltingugurt, magniy, kaltsiy, xlor va temir ham kiradi. Bu elementlar hujayra tarkibida boshqalarga nisbatan olganda biroz ko’proq bo’ladi. Hujayrada uchraydigan yuqoridagilardan qolganlarini mikroelementlar deyilib, ular hujayrada juda oz miqdorda bo’ladi. Ular qatoriga marganets, rux, molibden, bor, xrom, kobolt va boshqalar kiradi. Ximiyaviy elementlarning birortasini hujayradagi miqdori shu mikroorganizmning sistematikadagi o’rni, o’sish sharoitlari kabi bir qator omillarga bog’liq.Ximiyaviy elementlar va anorganik moddalar. Tirik organizmlarning barchasiga xarakterli bo’lgan elementlarga uglerod, azot, kislorod, vodorod kiradi. Prokariotlar hujayrasining tarkibidi yuqoridagilardan tashqari fosfor, kaliy, natriy, oltingugurt, magniy, kaltsiy, xlor va temir ham kiradi. Bu elementlar hujayra tarkibida boshqalarga nisbatan olganda biroz ko’proq bo’ladi. Hujayrada uchraydigan yuqoridagilardan qolganlarini mikroelementlar deyilib, ular hujayrada juda oz miqdorda bo’ladi. Ular qatoriga marganets, rux, molibden, bor, xrom, kobolt va boshqalar kiradi. Ximiyaviy elementlarning birortasini hujayradagi miqdori shu mikroorganizmning sistematikadagi o’rni, o’sish sharoitlari kabi bir qator omillarga bog’liq.Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling