Viruslar Sitologiyaning ob’ektlari qatoriga kiritishag asos yo’q, chunki ular o’rtasida umumiylik yo’q. Ularda hujayra hayot faoliyatini biokimyoviy asosini tashkil qiluvchi fermentlar bo’lmaydi. Shu sababli o’zlarining modda almashinuviga ega emas. Viruslarning o’sishi va ko’payishi hujayralarning fermentativ sistemasi faoliyati hisobiga amalga oshadi. Viruslar ham hujayralar kabi ikki asosiy kompanentdan – nuklein kislotalar va oqsillardan tashkil topgan. Lekin shunga qaramay ularni materiya uyushmasining hujayraviy shakli deb bo'lmaydi. O'simlik hujayrasining shakli va o'lchamlari judayam turli tuman va o'simlikning qaysi qismida bajaradigan vazifasiga bog'liq, tig'iz joylashgan hujayralar o'zaro tiqilishib joylashganligidan ko'p hollarda ko'p qirrali bo'ladi. Odatda ko'p qirralisi 4-6 burchakdan iborat 14 qirrali. shuning uchun kesmalarda 4-6 qirrali ko'rinadi. Alohida o'sayotgan hujayralar yumaloq, lappaksimon, yulduz, g'o'la shakllarga ega bo'lishi mumkin. Uzunligi va eni ko'p farqlanmaydiganlarni parenxima hujayralar deb atalib voyaga yetganida odatda tirik bo'ladi. Bargda va ho'l mevalarda ko'p hollarda parenxima hujayralari ko'p. O'simlik tanasidagi hujayralar ko'pincha ma'lum yo'nalishda siqilganiligidan ancha cho'zilgan bo'ladi. Ularni prozenxima hujayralar deyiladi. Ikki uchi cho'ziq, bunday hujayralar yog'ochlik uchun hos bo'lib voyaga etganida o'lik holda bo'ladi. O'simliklardagi voyaga yetgan hujayralar huyvondagilardan farqlanib deyarli hamma vaqt doimiy o'zgarmas shaklga ega bo'ladi, bu ularning qattiq po'sti bilan izohlanadi. O'simlik tanasidagi hujayralar ko'pincha ma'lum yo'nalishda siqilganiligidan ancha cho'zilgan bo'ladi. Ularni prozenxima hujayralar deyiladi. Ikki uchi cho'ziq, bunday hujayralar yog'ochlik uchun hos bo'lib voyaga etganida o'lik holda bo'ladi. O'simliklardagi voyaga yetgan hujayralar huyvondagilardan farqlanib deyarli hamma vaqt doimiy o'zgarmas shaklga ega bo'ladi, bu ularning qattiq po'sti bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |