Mavzu: Hujayra biologiyasini o’rganishda qo’llaniladigan usullar. Hujayra tiplari Ko’riladigan masalalar


Download 0.54 Mb.
bet8/13
Sana07.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1340541
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
portal.guldu.uz-2-ma`ruza

Fimbriyalar

Bakteriya hujayralarini mikroskop ostida ko’rganda xivchinlari bilan birga ulardan ancha kalta o’simtalar ko’rinib, so’rg’ichlar yoki fimbriyalar deb atalgan. Ularning uzunligi 0,3-0,4 mkm, ko’ndalang kesmasi esa 5,0-10 nm atrofida keladi. Fimbriyalar tsitoplazmatik membrananing hosilasi bo’lib, tsilindr shaklida to’ppa-to’g’ri ko’rinishdadir.

Fimbriyalarning morfologiyasi, bajaradigan vazifasiga ko’ra bir necha guruhlarga bo’linadi. Birinchi guruh fimbriyalari hujayrani biror narsaga biriktirib turish yoki ma’lum shakldagi to’plamlarni hosil qilishda o’zaro tutashish vositasi sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari oziq muhitidagi molekulasi yirik molekulalarni hujayra tsitoplazmasiga kiritishda ishtirok etsa ham kerak, deb hisoblaniladi.

Ikkinchi tipdagi fimbriyalar-jinsiy fimbriyadar, yoki G’-pilidir. Ularning molekuldyar og’irligi 11800dan iborat bo’lgan oqsillardan tuzilgan, uzunligi 1,1 mkm, ko’ndalang kesimining o’lchami 8,5-9,5 nm atrofida keladi. Bunday G’-pili fimbriyalar donor hujayralarda 1-2 tadan, anaerob sharoitlarda esa 5 tagacha bo’ladi.

Endospora va uni hosil bo’lishi

Sporalar bakteriya hujayrasining tsitoplazmasida hosil bo’lganligi uchun endosporalar ham deb yuritiladi. Ular yumaloq, yoki biroz cho’ziq ko’rinishlarda yuzaga keladi. Sporalarni hosil qilish tayoqchasimon tuzilishli bakteriyalardan Bacillus, Clostridium turkumlariga mansub. Spora hosil qiluvchi kokkilar ham (Sporosarcinia turkumida) ma’lum. Bakteriyalarda sporalarning yuzaga kelishini, hujayraning hayotiy faoliyati davrida ro’y beradigan va odatda, atrof muhitning noqulay sharoitlariga javob reaktsiyasi deb qaraladi. Sporalar ular o’sayotgan oziq muhitdagi moddalar kamayganda, uni namligi yoki kislotalik muhiti o’zgarganda, idishdagi bakteriya eskirganda kabi holatlarda hujayrada doimo hosil bo’ladi. Bu esa bakteriyalarda sporani hosil bo’lishi, ularni ko’payishi uchun emas, balki organizmni tur sifatida saqlab qolishi uchun xizmat qiladi.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling