Mavzu: hujjatlar bilan ichlash
Hozirgi vaqtda diktofon-kompyuterli texnologiyalar
Download 247.5 Kb.
|
2 HUJJATLAR BILAN ISHLASH
Hozirgi vaqtda diktofon-kompyuterli texnologiyalar tug’risida gapirganda nutqni avtomatik anglash imkoniyatlarini ko’zda tutmaslik kerak. Anglash muammosi hali dunyoning xech bir tili uchun to’lik echilmagan. Faqatgina ba’zi bir umidvor qiladigan ijobiy natijalar bor, demak, muammoni to’lik echishga hali vaqt bor. Xozirgi vaqtda quyidagi anglovchi tijorat dasturlari sotilmoqda:
• oldindan aniklangan jumlalar to’plamidan tipik jumlalarni; • «o’rtacha odam» gapini 80-90 foiz aniqlash, bu jiddiy avtomatik tizimlar uchun ochig’i etarli emas . Shunga qaramasdan, nutqli xabarlarni avtomatlashtirilgan hujjatlashtirish diktofon-kompyuterli tizimlari jadal rivojlanmoqda. Xususan, «Aytib turishning zamonaviy texnologiyalari» seminaridagi (1997 yil, mart) ko’rgazmada bir nechta nutqli xabarlarni tezkor hujjatlashtirish tizimlari namoyish etildi. Sankt-Peterburg (Rossiya) nutqli texnologiyalar markazi ishlab chiqqan maxsuloti e’tiborga loyiqdir, unda: — «Allegro» nutkli chiqishlarni tezkor xujjatlashtirish avtomatlashtirilgan tizimi; — «Nezabudka» telefon so’zlashuvlarni qayd kiluvchi kompyuter sistemasi; — tibbiy muassasalar uchun ish yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi «Cezar - MED» namoyish etildi. « A l l e g r o STC L132» sistemasi banklar, firmalar, sug’urta va sud organlari, kengashlar, konferenciya, s’ezd va simpoziumlar ishiga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan. «Allegro» sistemasi verballi xodisalarni stenograflashdan to’liq voz kechgan holda ularni tezkor hujjatlashtirishni bajarish imkonini beradi. Hujjat matni xodisa tugagandan keyin bir necha minut ichida shakllantiriladi. Sistema tarkibiga: diktofonlar yoki mikrofonlar, shaxsiy kompyuter (tovushli server), bosish kurilmasi (printer), muxarrir ovoz operatori va yozuv mashinasi operatorlarining ish joylari kiradi. Tovushli server analog tovushli signallarni kompyuterga kiritish-chiqarishni, ularni raqamlash, qattiq diskka yozish va saqlashni, tovushli lavxalarni muxarrir-tovush operatori va mashinada yozuvchi operatorlar ish joylari buyicha taqsimlanishini ta’minlaydi. Muxarrir - ovoz operatori tovush yozish jarayonida, fonogrammalar qayta ishlanishini nazorat qiladi, natijaviy hujjatlar yaratish tartibini boshqaradi. Yozuv mashinasi operatorlari tovushli serverlardan fonogramma lavxalarini oladi, ularni eshitib matnlarni teradi. Matn terish qulay bo’lishi uchun fonogrammalarni eshitishning ko’p sonli rejimlari ko’zda tutilgan, xususan: — raqamli diktofonlar oamma servisli rejimlar, shu jumladan, «to’xtash — orkaga kaytish — laozada kayta o’rash» rejim) bilan ta’minlangan; — tovush mayinligini buzmasdan, eshitib ko’rish tezliginb sekinlashtirib (3 martagacha) nutq anikligini oshirish; — tushunarsiz lavhalar fonogrammasini ko’p marta takrorlash, shu jumladan «yopiq xalka» rejimida; — so’zma-so’z eshitib ko’rish va terilgan matnni boshlang’ich fonofamma bilan solishtirishning noyob rejimi; — tez inerсionsiz qidirish, shu jumladan tovush mayinligini buzmasdan tezlashtirilgan eshitib ko’rishda qidirish. Mikrofon orkali kompyuterga matnni bevosita kiritish tizimlaridan, birinchi navbatda IVM (AQSH) firmasining Via Voice dasturiy mahsulotini ta’kidlash lozimdir. Bu dastur jonli nutqni anglash imkonini beradi (so’zlarni xamma pauzalar bilan aytishini talab qiluvchi Regsopal Dictation System dasturidan farqli ravishda). Via Voice klaviaturan i to’liq almashtira olmaydi, negaki, dasturni ko’p vaqt «o’rganish» dan keyin ham u 90-95 % so’zni anglaydi. Agar so’zni darhol anglamasa, u holda tizim foydalanuvchiga uni yozishning turli variantlarini taklif etadi. Samaradorlikka kelganda Via Voice minutiga 70—80 ta so’zni kabul qiladi, buni qoniqarli hisoblash mumkin. Boshqacha so’z bilan aytganda, bu dastur katta hajmdagi ma’lumotlarni kiritishda klaviaturada matnni uzoq vaqt terishdan xalos etadi va foydalanuvchilar uchun juda qulay. Via Voice tizimi Windows 95 va Windows NT dasturida ishlaydi. Download 247.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling