Mavzu: Huquqiy tizimlarni huquq oilalariga ajratish mezonlari. Roman-German huquq oilasi
Download 197.5 Kb.
|
Mustaqil ish huquq oilalari
ROMANO-GERMAN OILA GURUHLAROlimlar hozirgacha uchta asosiy quyi guruhlar: Quyidagi mamlakatlar huquqiy tizimlari o'z ichiga oladi: 1. Romanesque huquqiy guruh: Belgiya, Frantsiya, Ispaniya va Ruminiya, Sobiq frantsuz mustamlakasi. Germaniya qonun ostida 2. Germaniya, Gretsiya, Monako, Ukraina, Chexiya Respublikasi va Shveytsariya huquqiy tizimlari o'z ichiga oladi. Skandinaviya huquqiy guruhi, masalan, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya va Islandiya kabi mamlakatlar tomonidan taqdim etiladi. Roman-german huquq oilasi uchun yozma huquqning mavjudligi, huquq asoslarining bir butun ierarxik tizimi, uning ommaviy va xususiy huquq sohalariga bo’linishi, shuningdek huquq tizimlarining sohalarga bo’linishi xosdir. Roman-german huquqi oilasidagi barcha mamlakatlar huquqi uchun uni tizimlashtiruvchi xususiyati - ozmi-ko’pmi bir xil huquq tamoyillarining yakka tizimi umumiy sanaladi. Bu mamlakatlarning barchasida yozma konstitutsiyalar mavjud bo’lib, ulardagi normalar orqali oliy yuridik nufuz tan olinadi. Ko’pchilik davlatlarda bu nufuz odatdagi qonunlarning konstitutsiyaga mosligi yuzasidan sud nazoratini o’rnatish bilan mustahkamlanadi. Konstitutsiyalar turli davlat organlarining qonunchilik vakolatlarini belgilaydi va shu vakolatga muvofiq turli huquq manbalarini darajalashtirishni o’tkazadi. Roman-german yuridik nazariyasi va qonunchilik amaliyoti odatdagi qonunning uch turini farqlaydi: to’plamlar, maxsus qonunlar (davriy qonunchilik) va normalarning to’plangan matnlari. Ko’pchilik kontinental mamlakatlarda fuqarolik (fuqarolik yoki savdo), jinoyat, fuqarolik protsessual, jinoyat protsessual kodekslari va boshqa ba’zi bir qabul qilingan qonunlar amal qilayapti. Odatdaga qonunchilik tizimi ham ancha kengaytirilgan. Qonunlar ijtimoiy munosabatlarning alohida sohasini tartibga soladi, masalan, hissadorlik qonunlari. Har bir mam-lakatda ularning soni juda ko’p. Roman-german huquqi manba-lari orasvda qonunga binoan qabul qilingan aktlarning, reglamentlar, ma’muriy farmoyishlar, vazirlar dekretlari va hokazolarning roli katta va bu rol yanada ortib bormokda. Roman-german huquqi manbalari tizimida odat huquqi o’ziga xosdir: u faqat qonunga qo’shimcha sifatida harakat qilib qolmasdan, balki «qonundan tashqari» ham amal qila oladi. SHunday holatlar bo’ladiki, odatlar «qonunga qarshi» bo’lib qoladi. Masalan, Italiya navigatsiya huquqida dengiz odati fuqarolik kodeksi normasidan ustun kelib qoladi. Bugungi kunda odat ba’zi istisnolarni e’tiborga olmaganda, mustaqil huquq manbai xususiyatini yo’qotdi. Sud amaliyoti holatining ancha qarama-qarshi ekanligini ko’rish mumkin. Lekin shunga qaramay, sud amaliyotini yordamchi manbalar qatoriga qo’shish mumkin emas. Birinchi navbatda bu «kassatsion pretsedent» bilan bog’liq. CHunki kassatsion sud - oliy pogonadir, shunda «oddiy» sud qarori masalan, qiyoslash yoki umumiy tamoyillarga asoslangan, kas-satsion bosqichini o’tib, shunga o’xshash ishlarni hal qilishda boshqa sudlar tomonidan farqli pretsedent deb qaralishi mumkin.Roman-german huquqi tizimida, shu huquq oilasi qurilishining asosiy tamoyillarini ishlab chiqqan doktrina alohida o’rin egallaydi. Doktrina qonunni tayyorlash faoliyatida ancha muhim rol o’ynaydi. U huquqni qo’llash faoliyatida qonunlarni sharhlash ham ishlatiladi. Halqaro aloqalarning rivojlanishi bilan milliy huquqiy tizimlar uchun xalqaro huquq katta ahamiyatga ega bo’lmokda. Ba’zi bir davlatlarda xalqaro shartnomalarga, ichki qonunlarga nisbatan, katta yuridik kuch berilmokda. GFR ning 1949 yildagi Konstitutsiyasida «xalqaro huquqning umumiy tamoyillari» qonunga nisbatan ustunlikka egaligi to’g’ridan-to’g’ri aytiladi. SHunday qilib, ierarxiya tizi-mining yagona chizmasi doirasida aksentlarning mohiyat aralashuvi bo’lsada, roman-german oilasiga kiruvchi davlatlar uchun bunday chizmalar xosdir. Xuddi shunday huquqiy tizim haqida uning sohalarga bo’linishini aytish mumkin. Roman-german oilasiga kiruvchi barcha davlatlarda huquqni ommaviy va xususiyga bo’lish tan olinadi. Bunday bo’linish umumiy xarakterga ega va oxirgi paytlarda o’zining avvalgi ahamiyatini yo’qotdi. eng umumiy ma’noda shuni aytish mumkinki, ommaviy huquqqa davlat organlari maqomi va faoliyati tartibini belgilaydigan va individ bilan davlatning munosabatlarini belgilaydigan soha va insti-tutlar tegishlidir. Xususiyga esa, shaxslar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan soha va institutlar tegishli. Har bir bu ikki sohaga turli davlatlarda deyarli bir xil sohalar mos keladi. Lekin, masalan, GFRda ommaviy va xususiy huquq o’rtasidagi bo’linish, Fransiyadagiga nisbatan unchalik sezilmaydi, umumiy, ma’muriy va konstitutsiyaviy adliya organlarini tashkil qilish vakolatida Fransiyadagiga nisbatan boshqacha aksini topgan. Turli Ovrupo davlatlari huquqining roman-german huquq oilasiga mansubligi milliy huquqiy tizimlar o’rtasidagi ma’lum farqlarni istisno qilmaydi. SHuni eslatib o’tamizki, bir tomondan fransuz huquqi, ikkinchi tomondan german huquqi shu modelga xizmat qilishdiki, buning asosida roman-german huquq oilasi ichida ikkita huquq guruhi ajratiladi: roman guruhi; bunga Belgiya, Lyuksemburg, Niderlavdiya, Italiya, Portugaliya, Ispaniya kiradi, german huquq guruhi, unga Avstriya, SHveytsariya va boshqa davlatlar te-gashli. Roman-german huquqi oilasida fransuz huquqida eng kuchli deb tanilgan «rim (roman) huquqi» «german huquqi» guruhidan farq qiladi, «german huquqi»ga german huquqi fani ancha ta’sir ko’rsatgan. Download 197.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling