Mavzu: Huquqiy tizimlarni huquq oilalariga ajratish mezonlari. Roman-German huquq oilasi
Download 197.5 Kb.
|
Mustaqil ish huquq oilalari
2.1 Hozirgi zamon huquqiy tizimlari
Jahon huquqiy madaniyati - insoniyat tarixida to’plangan huquqiy qadriyatlarning majmuidir. Har bir mamlakat jahon huquqiy madaniyatiga muayyan hissa qo’shgan. Jahon huquqiy madaniyati - umuminsoniy va milliy huquqiy g’oyalar, kechinmalar, ta’limotlarni o’zida mujassamlashtiradi. Har bir milliy huquqiy tizim jahon huquqiy madaniyatining tarkibiy qismidir. SHu bois jahon huquqiy xaritasini hozirgi zamon asosiy huquqiy tizimlari orqali ta’riflash mumkin. Ammo, dunyodagi 200 ga yaqin milliy huquqiy tizimlarning barchasini ko’rib chiqishning imkoni ham yo’q, kerak ham emas. SHuning uchun yuridik tipologaya masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. XXI asr bo’sag’asida milliy huquqiy tizimlarning soni deyarli uch barobarga ko’paydi va hozirda ularning soni 200 taga yaqinlashdi. Albatta, gap milliy huquqiy tizimlarning soni va ularning xilma-xilligada emas. Bunda yuridik tipologaya dunyo huquqiy xaritasini ko’p jihatdan har tomonlama taxlil qilishning dastlabki zaruriy shartidir. Yuridik tipologayaning asosiy ob’ekti quyidagi tushunchalardir: «dunyo huquqiy xaritasi», «huquqning tarixiy tipi», «huquqiy tizim oilasi», «milliy huquqiy tizim». Huquqiy tizim deganda, tor ma’noda «milliy huquqiy tizim» deb ataladigan ma’lum davlatning huquqi tushuniladi. Bunda «huquqiy tizim» tushunchasi «huquq tizimi» tushunchasining sinonimi emas, chunki keyingisi ob’ektiv va sub’ektiv omillar bilan belgilanadigan, huquq sohalarining tuzilishi, o’zaro aloqasi va munosabatini ochib beradigan institutsional tushunchadir. Huquqiy tizim huquq tizimga nisbatan keng tushuncha. U huquqning institutsional tuzilishi (huquq tizimi) bilan birga, jamiyat huquqiy hayotining boshqa qator tarkibiy qismlarini ham o’z ichiga oladi. Ularni taxlil qilish huquqiy rivojlanishning faqat bir institutsional tuzilish bilan ochib bo’lmaydigan tomonlarini va jihatlarini ochish imkonini beradi. «Huquqiy tizim» tushunchasida «huquq tizimi»dan farqli o’laroq, huquq sohalarining ichki kelishuvchanligi aks ettirilibgina qolmasdan, balki ularning muxtorligi mustaqil huquqiy tuzilmalar sifatida aks ettiriladi. Huquqiy tizim – huquq tizimi va yurisdiktsiyaviy (huquqni muhofaza qiluvchi) organlar tizimidan tarkib topadi. Har qanday davlatning huquqiy tizimi jamiyatda muayyan huquq-tartibotni o’rnatishga qaratilgandir. Shu bois fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyalanganligi darajasi to’g’risida uning samaradorligidan kelib chiqib gapirish mumkin bo’ladi. Zero, qonun turar-joy daxlsizligiga bo’lgan huquqni to’kis-tugal himoyalayotganining o’zi yetarli emas. SHuningdek, ushbu daxlsizlikni buzuvchini turar-joydan qonun yordamida chiqarib yuborish ham zarur; qonun ishlashi, fuqarolarning manfaatlari va erkinliklarini amalda himoya qilishi lozim. Binobarin, bu o’rinda gap faqat normalar tizimi bo’lgan huquq haqida emas (garchi bu ham juda muhim va kerak bo’lsa-da), balki davlatning huquqni muhofaza qilish xizmati tomonidan ushbu normalar ta’sirchanligining oshirilishi to’g’risida ham bormoqda. Sivilizatsiya rivojlanib, takomillashib borgani sari ijtimoiy hayotni oqilona tashkil etishni ta’minlashga da’vat etilgan kuch bo’lmish har qanday davlat o’z faoliyatini huquqiy jihatdan yanada ko’proq rasmiylashtirishga intiladi. Biroq bunda u huquqiy tartibga solishni qaydir darajada kuchaytirishi yuz beradi deb o’ylash noto’g’ri bo’lur edi. Sivilizatsiyalashgan jamiyatda yuqori darajada legitimlashgan huquqning, qonunlarning mavjudligi undagi uyushqoqlik va huquq-tartibotga o’z-o’zidan samarali ta’sir ko’rsatadi. Buning natijasida esa huquqning ijtimoiy hayotga sof ijtimoiy ta’sir ko’rsatadigan omil sifatidagi roli va ahamiyati, so’zsiz ortadi. Jamiyatdagi madaniyat darajasi, iqtisodiy imkoniyatlar, uzluksiz axborot olib turish, ruhiy yo’l-yo’riqlar huquqning (davlat tomonidan maxsus yuridik vositalar jalb qilinmagan holda) ko’proq hayotga tatbiq etilishi uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Umuman olganda, davlatning yuridik mexanizmini takomillashtirish hokimiyatning va umuman huquqning legitimligi ortishi, davlatning fuqarolik jamiyatiga nisbatan xizmat ko’rsatuvchi xususiyati to’g’risidagi tasavvurlar yanada chuqurlashuvi bilan bevosita bog’liq bo’ladi. SHunga munosib tarzda davlatning yuridik mexanizmining markazlashtirilgan va markazlashuvdan xoli, lokal va individual tartibga solish singari tarkibiy qismlari rivojlanib, takomillashib boradi1. Keng ma’noda ishlatiladigan «huquqiy tizim» tushunchasi qiyosiy huquqshunoslik bilan uzviy bog’liq. R.David «huquqiy tizimlar oilasi», K-O.Ebert va M.Reynstayn «huquqiy do-iralar», I.Sabo «huquqiy tizimlar shakli», S.S.Alekseev «tuzilmaviy umumiylik» atamalarini ishlatadi. eng ko’p tarqalgani «huquqiy oila» atamasidir. Download 197.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling