Mavzu: Huquqiy tizimlarni huquq oilalariga ajratish mezonlari. Roman-German huquq oilasi


Musulmon mamlakatlari huquq tizimlari


Download 197.5 Kb.
bet14/15
Sana17.06.2023
Hajmi197.5 Kb.
#1545730
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mustaqil ish huquq oilalari

2.5 Musulmon mamlakatlari huquq tizimlari
Musulmon huquqi VIII-X asrlarda Arab xalifaligi davrida paydo bo’lib, musulmon dini - islom asosida diniy shaklda ifoda etilgan, asosan dindor musulmon zodagonlarining erkini o’zida aks ettiruvchi, u yoki bu darajada diniy musulmon davlatlari tomonidan tasdikdangan va qo’llab-quvvatlangan normalar tizimidan iborat.
Islom huquqni Olloh tomonidan tarixiy bir davrda insoniyatga Muhammad payg’ambar orqali nozil etilgan deb biladi. Jamiyat doimo o’zgaruvchan ijtimoiy sharoit ta’siri ostida o’z huquqini yaratmasdan, balki Olloh tomonidan bir marotaba va abadiy berilgan ushbu huquq orqali boshqarilishi lozim.
Haqiqatan, musulmon huquqi nazariyasi Ollohning inoyati sharhlar va izohlarga muhtojligani tan oladi, shuning uchun ham asrlar davomida bunga musulmon huquqshunoslarining mashaqqatli mehnatlari sarflangan.
Ushbu xatti-harakatlar yangi huquqni yaratishga yo’naltirilmasdan, balki Olloh tomonidan berilgan huquqdan faqatgana amaliyotda foydalanishga ko’mak berdi.
Musulmon huquqi Olloh erkini o’zida qanchalar aks ettirmasin, nafaqat odatdagi huquqiy sohaga tegishli bo’lmay, balki ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan. SHunday qilib, musulmon huquqi musulmon bilishi shart bo’lgan maqsadlarni, amal qilishi talab qilingan ro’zani, berishi farz bo’lgan zakotni, ziyorat qilishi kerak bo’lgan hajni keng ma’noda yoritib beradi. Belgilangan qoidalarga rioya qilishlik uchun majbur qilish mumkin emas.
Bunda u yuridik normalarni, shuningdek huquqiy bo’lmagan, birinchi navbatda diniy va axloqiy regulyatorlarni hamda odatlarni o’z tarkibiga kiritgan yagona ijtimoiy-norma-tiv tartibga soluvchi islom tizimi asosiga kuriladi.
SHariat ikki qismdan - diniy, ya’ni e’tiqod tamoyillaridan (aqida) va huquqdan (fiqh) iborat.
Fiqh, ya’ni musulmon huquqi ikki qismga bo’linadi; birinchisi, musulmonning o’ziga o’zgalar munosabatiga nisbatan xulqiy qarashiga ko’rsatma beradi (muomalat), ikkinchisi esa, musulmonning Olloh oldidagi majburiyatini (ibodat) belgilaydi. Bu ikkala qism ham huquqiy maktablar tomonidan qanday aniqlangan va o’rganilgan bo’lsa, xuddi shunday ko’rinishda yuridik fanlar predmetini tashkil qiladi.
Fiqxning asosiy vazifasi musulmon davlati qonunchiligi bilan uning birlamchi manbalari orasidagi uzviy bog-liklikni saklab qolishdir. Musulmon yuridik fanlari bilan dunyoning yuridik fanlari orasidagi farq, musulmon huquqiy tizimi Kur’ondan boshlanib, huquqni insoniyat akl-idrokining va ijtimoiy shart-sharoitning mahsuli emas, balki Olloh tomonidan o’rnatilgan tuhfa deb hisoblashidan ibo-rat ekanligidadir.
Islom - uchta jahon dini ichida eng yoshi bo’lsada, u juda ham keng tarqalgan. Turli hisob-kitoblarga qaraganda, dunyoda 750 milliondan 1 milliardgacha kishi islom diniga e’tiqod qilar ekan. Ular 51 davlatda ko’pchilikni yoki aholining sezilarli bo’lagani tashkil qiladi. Biroq, musulmon huquqining amal qilish doirasi musulmon aholisi bor mamlakatlarning jugrofiy chegaralariga mos tushmaydi.
Islomga din sifatida e’tiqod qiluvchi, lekin musulmon huquqini qabul qilmagan millatlar va etnik guruhlar ham mavjud.
Musulmon yuridik fanlari asosini kazuistik usul tashkil qiladi. Unda «il’m al furu» yoki ishlarni hal qilish (masa’il) nomi mustahkamlangan. Sunniylar va shi’alar hamma maktablari tarmoqlarining boshida ta’limotlari tan olingan - Madina va Iroq maktablari turadi. Ushbu qadimgi maktablar o’z nazoratidagi hududlarda ildiz otib, odtsiy huquqdan foydalanib, uni yangi din ehtiyojlariga moslashtirgan.
Tarixiy sabablarga ko’ra, bugunga kelib musulmon huquqining to’rtta sunniylar (hanafiylar, molikiylar, shafiiylar, xanbaliylar) maktabi, shuningdek uchta shi’alar (jafariylar, ismoiliylar, zaydiylar) maktabi bor.
Har bir maktab o’zining yuridik uslubi va qarashlar tizimiga ega, shuning uchun ularning har biri musulmon huquqining alohida tizimi bo’lib hisoblanish uchun da’vogarlik qiladi.
Musulmon huquqi mustahkam tazimga ega bo’lgan, rad qilib bo’lmaydigan dalillarga asoslanadi.
Musulmon huquqdpunoslari qaysidir tomondan tasodifiy yoki noaniq bo’lgan hamma narsani qoralaydilar.
Musulmon huquqshunoslari tomonidan shakllantirilgan huquqiy normalar o’z tuzilishiga binoan doim tashqi dalillarga asoslanadi. SHaxsning maqsad va niyatlari hech qachon e’tiborga olinmaydi. Hamma psixologik (ruhiy) unsurlarni ko’rib chiqishga ongli ravishda yo’l qo’yilmaydi.
Qonunlarning musulmon huquqi tushunishida o’z taraqqiyotining so’nggi bosqichidagi rimcha va g’arbcha tushunish mavjud emas.
Nazariy tomondan faqat Olloh qonunchilik hokimiyatiga ega. Haqiqatda esa musulmon Huquqiningyagona maktabi Huquqshunos olimlarning ta’limotlaridir. Qozilar sudlov ishini ko’rayotganda hech qachon Kur’oni Karim yoki Sunna - payg’ambar hadislariga murojaat etmaydilar. Buning o’rniga u mavqei taniqpi bo’lgan faqih asarlariga murojaat qiladi.
Huquq ma’lum normalar yig’indisi sifatida, islom paydo bo’lgandan keyingi dastlabki ikki asr davomida tashkil topdi. Keyingi asrlarda amalda hech bir yangilik kiri-tilmagan. Bu turg’unlik «Insonlar xatti-harakati»ga berk eshik - «ijtihod» nomi bilan ifodalanadi. Ammo shi’alar maktabi ushbu «berk eshik»ni hech qachon tan olmagan. SHuning uchun shialar huquqi sunniylar maktabi amal qilgan huquqqa nisbatan ancha moslashuvchan bo’lgan.
SHunday bo’lishiga qaramay, XIX asrgacha bo’lgan butun davr mobaynida musulmon huquqi anglash evolyutsiyasi, shariatning an’anaviy holati va tamoyillarining hech qachon odatiy ma’nosini o’zgartirmay hamda to’g’ridan-to’g’ri yuz o’garmay yangicha talqin qilgan diniy-yuridik va iloxiy majmualardan kelib chikqan.
Bunga jamiyat rivojlanish sur’atining qiyosiy sustligi, jamiyat ongida diniy shakllanish hukmronligi hamkorlik qildi. SHunday sharoitlarda ham musulmon huquqi ozmi-ko’pmi o’zining ijtimoiy belgilanish talabiga javob beradi.
Musulmon huquqining to’rtta asosiy manbalari haqvdagi ta’limot yaratildi. Birinchi manba, tabiiy ravishda, Qur’oni Karimdir. Ikkinchi manba - Kur’oni Karim qoidalarini izohdab va tushuntirib berish uchun o’ta muhim bo’lgan -Sunna, ya’ni paygambarning hadislaridan iborat. Uchinchi manba - ijmo (bitim), butun musulmon axli tomonidan mu-ayyan diniy-huquqiy muammolar yuzasidan qilingan umumiy fikr. Nihoyat to’rtinchi manba - taqqoslash (qiyos), ya’ni Qur’oni Karim, sunna yoki ijmo tomonidan o’rnatilgan qoidalar-ni yangi o’xshash holatlarda qo’llash.
Musulmon huquqiy manbalari to’g’risidagi ta’limotni rivojlantirishning keyingi bosqichlarida uning amaliy g’oyalarini mohiyatan oshiruvchi faqat bir o’zgartirish - barcha yoki faqat birgina maktab huquqshunoslari tomonidan qabul qilingan taklif ham to’g’ri hisoblangan ijmo g’oyasi kiritildi.
Ovrupocha huquq manbalarining ta’siri umuman olganda dastlab barcha o’ziga xos manbalari bo’yicha musulmon huquqi hukmronlik qilgan islom mamlakatlarini ham chetlab o’tmadi.
Ushbu mamlakatlarning huquqiy tizimlari shunday rejada mohiyatan o’zgartirishlarga yuz tutdiki, musulmon huquqining ahamiyati, amal qilish doirasi va ta’siri kamayib, bu huquqning o’zi hech bo’lmaganda o’z tashqi shakliga ko’ra ham ovrupocha kodifikatsiyani qabul qildi.
Ko’plab mamlakatlarning siyosiy hayotida islomning faol-lashayotganligini tavsiflovchi bunday yo’nalishdagi an’ana-viylikni ayni vaqtda oshirish kerak emas. Bunday faollikda garbiy huquqiy modellardan yuz o’garishni, musulmon huquqining barcha talab va normalarni to’la tiklashni talab etish hollari kuzatilmoqda.
Musulmon huquqida huquqning klassik bo’linishi, ya’ni ommaviy va xususiy huquqlarga bo’lish yo’q.
Boblar mantiqiy chegaralanmagan tartibda, xususiy yoki jinoiy huquqqa tegishli bo’lsada, ketma-ket keladi. Musulmon huquqining asosiy tarmoqlari yig’indisiga jinoyat huquqi, sudlov huquqi va oila huquqi kiradi.
Musulmon jinoyat huquqi, avvalambor, og’ir belgilangan (had) va obro’sizlantiradigan (ta’zir) jazolarning farqlanishiga asoslanadi.
O’ta qat’iy jazo chorasi quyidagi jinoyatlar uchun belgi-langan: qotillik, xiyonat qilish, xiyonat qilgan deb yolg’on ayblov, o’girlik, spirtli ichimlik iste’mol qilish, bosqinchilik va isyon. Yuqorida sanab o’tilgan jazolardan tash-qari qozi o’z nuqtai nazariga ko’ra, qonunning boshqa hamma buzilishlariga ham jazo belgilashi mumkin. SHunday qilib, unga ishni ko’rib chiqishda katta erkinlik berilib, qator normalar xuddi shu yo’l bilan yaratilgan.
Musulmon sud tuzilishi o’zining oddiyligi bilan ajralib turadi. Sudyaning yakka o’zi hamma turdagi ishlarni ko’ra olgan. Sudlarda ierarxiya mavjud bo’lmagan.
Hozirgi davr sharoitlarvda ba’zi musulmon mamlakatlari (masalan, Misr) musulmon sudidan butunlay voz kechdi. SHunga qaramay ular ko’pchilik arab mamlakatlarvda huquqning ijtimoiy harakat mexanizmida ahamiyatli rol o’ynamoqda.
Ba’zi mamlakatlar (masalan, Sudan) musulmon sudlarining ko’p pog’onali tuzilishini qabul qilgan bo’lsa, ba’zilarida musulmon sudlarining turli shaxslarga mos keluvchi (masalan, Iroq va Livandagi sunniy va jafariylar sudi) parallel tizimi mavjud.
Ayrim mamlakatlarda musulmon sudlari o’z vakolatlari doirasiga, asosan shaxs maqomidagi, boshqa mamlakatlarda (Arabiston yarim oroli va Fors qo’ltigi mamlakatlari) ham fuqarolik, ham jinoiy ishlarni ko’rib chiqishni o’zlariga qo’shib olgan.
Qoidaga ko’ra, sudyalarga diniy-huquqiy tayyorgarlik nuqtai nazaridan yuqori malaka talablari qo’yilgan.
Arab mamlakatlarining oila qonunchiligi musulmon huquqi normalari va tamoyillarini mustahkamlashga qara-tilgan.
Musulmon huquqi, bir qancha xorijiy ta’sirni boshidan o’tkazgan bo’lsada, millionlab ommaga ta’sir ko’rsatuvchi mustaqil huquqiy oila bo’lib qolmoqda.
Hindu huquqining asosiy xususiyati - din bilan uzviy birikib ketganligidir. Hindu huquqi mustaqillikka ega emas, mohiyatan aniq, hayot tarzini taxmin qiluvchi, aniq jamiyat tartibini, aniq ijtimoiy tashkilotlar yoki tuzil-malarni, umuman olganda turli diniy oqimlar va urflarni, axloqiy, falsafiy va boshqa g’oyaviy qadriyatlarni qamrab oluvchi o’ziga xos voqelik - hinduizmning ajralmas tarkibiy qismidir.
Dunyoda huquqning hindu tizimi eng qadimgi tizimlardan biridir. eramizgacha bo’lgan ikki ming yillik va undan ham oldingi davrlarda yaratilgan qadimiy Vedalar - hind diniy qo’shikdar to’plami, ibodatlar, gamnlar va matallar-ning matnlarida, alohida misralarida axloq qoidalari ifodalangan.
Hindular Vedalarni xudoning inoyati va o’z dinlari va huquqining manbai deb hisoblasada, ularning hindu aholi-sining ma’naviy hayotiga amaliy ta’siri juda kam ahamiyatlidir.


2.6 O’zbekistonning asosiy huquq tizimi


O’zbekiston mustaqil davlat bo’lib, o’zining tizimiga ega. Huquq tizimini asosini va uning yangilanishini 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi qonun, O’z r Konstitutsiyasi va boshqa bozor iqtisodiga utish to’g’risidagi normativ huquqiy hujjatlar tashkil qiladi. Huquq tizimi jamiyat taraqqiyoti mahsuli sifatida hayot talablariga muvofiq ravishda o’zgarib boradi. Shu bilan birga huquq tizimini tashkil topish va rivojlanishi ob’yektiv holda bo’lib, uning huquqiy normalar, huquq institutlari va huquq sohalariga ajratish ham ob’yektiv harakterdagi tamoiylariga asoslanadi. Shuning uchun O’zbekiston iqtisodiy, siyosiy, madaniy va huquqiy sohada islohatlar o’tkazib uning tizimiga kiruvchi huquq sohalari yangilanib, rivojlanib bormokda.
O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo’lib, jaxonda rivojlangan davlatlar va sharqona milliy urf-odatlar asosida ko’pgina yangi qonunlar qabul qiladi. Jumladan mulk to’g’risida, davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish to’g’risida va boshqa bozor iqtisodiga utish bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina qonunlar. Bular O’zbekiston Respublikasining huquq tizimini umumiy va hsusiy huquqka bo’linishiga olib keladi. Burjuaziya huquq fanida uning huquq tizimi umumiy va hususiy huquqka bo’linadi. Huquqning bunday bo’linishiga qadimgi Rim olimi Ulpian asos solgan. Bu nazariya hozirgacha burjuaziya davlatlarida saqlanib, burjuaziya olimlarining fikricha huquqning bunday bo’linishi tabiiy bo’lib, shahs bilan davlat o’rtasidagi va hususiy mulkka asoslangan ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqqan. Umumiy huquq davlatga taalukli bo’lib unga davlat huquqi, jinoyat huquqi, ma’muriy huquq sohalari kiradi. Hususiy huquq alohida shahslarga taalukli bo’lib, unga fuqarolik huuki, oila va nikoh huquqi, savdo huquqi va boshqa huquq sohalari kiradi.
Sobiq sovet davlatida huquqning umumiy va hususiy huquqka bo’linishini tan olinmadi. Chunki, huquqning bunday bo’linishi hukmron ekspluatatorlar sinfiga hizmat qiladi deb Demak, huquq tizimi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tuzilishi bilan belgilangan, ob’yektiv harakterga ega bo’lgan bir turdagi ijtimoiy munosabatlarning tartibga soluvchi huquqiy normalar huquq institutlari va huquq sohalaridan iborat. Har bir huquq sohasiga ijtimoiy munosabatlarning tartibga soluvchi predmet va usullariga ega.
O’zbekiston Respublikasining asosiy huquq sohalari quyidagiarldan iborat.
Konstitutsiyaviy huquq bu huquq sohasi O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatini amalga oshiish shaklini, fuqarolarning huquqiy holatini, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlovchi huquqiy normalarni, ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi shaklini Oliy majlis, Prezident va Vazirlar mahkamasi faoliyatini saylov tizimi, Proko’ratura, moliya va kredit, mudoffa va havfsizlikka oid huquqiy normalar yig’indisidir. Bu huquqning manbai mustaqil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, turli qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlardir.
Ma’muriy huquq O’zbekiston davlatini boshqarishni, uning organlarining tashkil topish tartibini, faoliyat va tamoiyllarini , davlat hizmatini utash shartlarini, davlatni boshqarishda fuqarolarning huquq va burchlarini urgatadi. Bu huquqning manbai O’zining ma’muiy huquqbuzarlik to’g’risidagi kodeksi, Prezident farmonlari, qaror, farmoishlari va boshqa normativ hujjatlardir.
Moliya huquqi - O’zbekistonda davlat pul muomilasini va moliyaviy foliyatini belgilash, kredet berish, sugo’rta, zayomlarni tarkatish va ularga yutuk berish, banklarga rahbarlik q’ilishga oid huquqiy nurmalar yig’indisidir. Moliya huquqining nurmalari O’zRning Kanisitututsiyasida byodjet to’g’risidagi qonunda banklar va bank foliyati to’g’risidagi qonunda va boshqa narmatuv huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan.
Fukoralik huquqi-aholining moddiy va manaviy ehtiyojlarini kondirish uchundavlat organlari, jamoat birlashmalari bilan fukoralar o’rtasidagi mulkiy (malum kimmatga ega bo’lgan buyum, ashyolar) va mulkiy bo’lmagan shahsiy (fukoraning nomi, shakni, kadr kimmati) munosabatlarini tartibga soladigan huquqiy nomalar yig’indisidir.
Fukoralik huquqining normalari O’zRning Konstututsiyasida, fukoralik to’g’risidagi qonunda va O’zRning Fukoralik Kodeksida ifodalangan.
Mehnat huquqi-hodimlarni mulkchilikni barcha shaklidagi korhonilar, muassasalar, tashkilotlarda va fukoralarning mehnat shartnomasi buicha ishlayotgan jismoniy shahslarning mehnat q’ilishga oid munosabatlarni urgatadi. Bu huquq nurmalari O’zRning Konistututsiyasida, O’zRning Mehnat Kodeksi bilan tartibga solinadi.
Yer huquqi-davlat mulki bo’lgan yerdan, undagi urmonlardan va boshqa boyliklardan foydalanish va uning samaradorligini oshirish munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy nomalar yig’indisidir. Bu huquq nurmalar O’zRning Konstitutsyasi, Yer Kodeksida va boshqa yer to’g’risidagi nomatuv huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Suv huquq ahloki va halk hujaligi uchun suvdvn to’g’ri foydalanish va suv ob’yektlarini holatini yaxshilash munosabatlarini urgatadi. Bu huquq normalari O’zRning Konstitutsiyasida, Suv kodeksida va boshqa suv to’g’risidagi qonunlarda aks ettirilgan.
Oila fuqarolarning nikohda bo’lish shartlarini, er-hotin, ota-onalar, bolalar va oilaning boshqa a’zolari o’rtasidagi shahsiy va mulkiy farzandlikka olish, vasiylik, bolalarni tarbiyalash, nikohni bekor q’ilish, fuqarolik holati aktlarini kayd q’ilish tartibini va boshqa oila munosabatlarini huquqiy normalar bilan tartibga soladi. Bu huquq normalari O’zRning Konsttutsyasida va O’zRning Oila Kodeksida mustahkamlangan.
Jinoyat huquqi -jamiyat uchun havfli bo’lgan qanday ijtimoiy havfli qilmishlar jinoyat ekanini aniqlaydi, jinoyat ekanini aniqlaydi, jinoyat sodir qilgan shahslarga jazo choralarini belgilaydi. Bu huquq sohasining manbai O’zRning Konstitutsiyasi O’zrning jinoyat kodeksidan iborat.
Jinoyatni ijro etish huquqi sudi tomonidan aybdor deb topilgan shahslarga nisbitan jinoiy jazo choralarini ijro etish, jazoni utash tartibi va shartlarini, mahkumlarni ahlokini to’zatish va ularning kayta tarbiyalaydigan huquqiy normalar yig’indisidir, Bu huquq manbai O’zRning jinoyatni ijro etish kodeksi va O’zRning Konstitutsiyasidir..
Hujalik protsessal huquqi- hujalik sudi tomonidan har hil shakldagi mulkka ega bo’lgan korhonalar, jamoa hujalklari, hususiy korhonalar hamda O’zbekiston Respublkasi boshqa davlatlar o’rtasidagi hujalik nizolarini tartibga soladi. Bu huquq normalari O’zRning Konstitutsiyasida va O’zRning hujalik protsessual kodeksida mustahkamlangan.Huquq tizimda har bir huquq sohasining paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining obyektiv qonuniyat lari bilan belgilanadi. Masalan; hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiga utish davrida hususiy mulk huquqi, savdo huquqi, hujalik huquqi, hujalik protsessual huquqi va boshqa yangi sohalari kiradi. Protsessual hukklarga jinoiy, fuqarolik va hujalik protsessual huquqi va boshqa yayengi huquq sohalari kiradi. Protsessual huquqlarga jinoiy, fuqarolik va hujalik protsessual huquq sohalari kiradi, Moddiy va protsessual huquq sohalari bir biri bilan o’zviy bo’lhdir.
Xalkaro huquqning sub’yekti faqat davlatlar bo’ladi. Bu huquqning manbai turli halkaro shartnomalar, bitimar, konvensiyalar va boshqa halkaro normalar hisoblanadi. Halkaro huquqning halkaro umumiy va hususiy sohalari mavjud. Halqaro dengiz huquqi, halkaro havo huquqi, halkaro kosmos huquqi va boshqa huquq sohalari muhim rol uynaydi.
O’zbekiston Respublikasining huquq tizimi jamiyatda kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning uhshash belgilariga qarab joylashtirilib, huquqiy normalar, huquqiy institutlari va turli huquq sohalaridan iborat. O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiga utish davrida bu huquq sohalari kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda urin va mavkiye usib bormoqda. Shuning uchun jamiyat taraqqiy etishi bilan huquq tizimi ham rivojlanib bormoqda.

Download 197.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling