Mavzu: Huquqiy tizimlarni huquq oilalariga ajratish mezonlari. Roman-German huquq oilasi


Download 197.5 Kb.
bet12/15
Sana17.06.2023
Hajmi197.5 Kb.
#1545730
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mustaqil ish huquq oilalari

2.3 Yuridik tipologaya va tasniflash
Tipologiya» va «tasniflash» tushunchalari aynan o’xshash emas. Tasniflashga nisbatan tipologiya kengroq tushuncha. U barcha bo’ganlari umumiy rivojlanish qonuniyatlariga ega bo’lgan sifatiy o’xshashlik yig’indisini e’tiborga oladi. Mohiyatan tipologaya bilan tasniflashning aloqasi umumiy va maxsus birlik sifatida ko’rsatilishi mumkin. Tipologaya tasniflashga tayanadi, mantiqan bilish jarayoni undan keyin keladi, uning kamchiliklarini bosib o’tadi, bu ma’noda uning to’g’ridan-to’g’ri davomi hisoblanadi.
Dunyo miqyosidagi tipologiyada hozirga zamon huquqiy tizimlari huquqning ma’lum tarixiy tipiga tegishliligicha qarab aniqlanadi. Uning tuzilishi uchun ishlatiladigan mezon tegishli ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar tomonidan berilgan huquqiy tizimlar mohiyatini e’tiborga oladi. SHunday qilib, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzum tipologik mezon deb xisoblanishi va u hozirgi zamon huquqiy tizimlarining dunyo miqyosidagi tipologiyasi, ya’ni huquqning tarixiy tipla-rini tuzish uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Hozirgi zamon huquqiy tizimlarining dunyo miqyosidagi tipologiyasi shu muhim narsani qayd qiladiki, busiz huquqning tarixiy tipi mavjud bo’lmaydi va bo’lishi ham mumkin emas. U huquqiy tizimlarni turli shakl va ko’rinishlarda bo’ladigan tegishli ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning tarkibiy qismi deb ta’riflaydi.
Yuridik tipologiya muammosi umumiy va maxsus munosabat-lar bilan hal etilmaydi, shuningdek oraliq sifatidagi daraja ham mavjud, usiz hozirgi zamon huquqiy tizimparini o’rganib bo’lmaydi. U hozirga zamon huquqiy tizimlarini umumiy va xususiy o’rganishda o’zaro aloqadorlik sifatida falsafiy tushunchalarni ko’llashni ko’zda tutadi. Bu erda so’z uch tomonlama aloqa, ya’ni huquqning tarixiy tipi - dunyo miqyosidagi tipologiya natijasi, huquqiy oilani tasnifyaash natijasi va muayyan milliy huquqiy tizim haqida boradi. Har bir milliy huquqiy tizimda, birinchidan, barcha huquqdy tizimparga, umuman, huquqqa tegishli huquqning umumiy belgilari; ikkinchi-dan, ularning ayrimlari bilan huquqning ma’lum bir tarixiy doirasida birlashuvchi xususiyatlar (tipologik belgilar), uchinchidan, huquq oilasi va huquq guruhi doirasida birlashuvchi xususiyatlar va nihoyat, faqat tegishli milliy huquqiy tizimlargagana xos bo’lgan xususiyatlar aniqlanadi.
Yuridik tipologaya doirasida turli huquqiy tizimlarni muayyan-tarixiy, yuridik-texnikaviy va boshqa xususiyatlari jihatdan tasniflash an’anasi mavjuddir.
Ma’lumki, huquqiy tipologayaning ikkala turi uchun ham o’zaro aloqa, shartlashilganlik, bir-birini o’zaro to’ldirib turishlik xos bo’lsada, ular bir-biriga qarama-qarshi qo’yilmasligi kerak. Bunda umumiy tipologaya uning ichidagi tasniflash uchun metodologik asos rolini bajaradi, oxirgisi esa konkretlashtiradi va u yoki boshqa huquqning tarixiy tipi doirasida huquqiy tizimlarning eng muhim umumiy belgilarini ma’lum ma’noda shakllantiradi.
Tasniflash umumiy tipologiyaning o’ziga xos xususiyatlari bilan o’zaro aloqadorligini hisobga olmasligi mumkin emas, va aksincha. Umumiy tipologiya bilan huquqiy tizimlarning tasniflash birligidagina dunyo huquqiy xaritasi haqida umumiy tushuncha olish mumkin.
Tasniflash huquqiy tizimlar darajasida ham, huquqning etakchi sohalari darajasida ham bo’lishi mumkin.
Hozirgi zamon huquqiy tizimlari tasnifini huquq oilalari tizimi, huquq guruhlari va alohida milliy huquqiy tizimlar tuzilishi bo’yicha murakkab deb qaramoq lozim. Har bir huquq oilasi tarkibida yana ko’p mayda tasniflarni ko’rish mumkin va, o’z navbatida, ularni ham bir nechta huquq guruhlariga bo’lish mumkin. Masalan, roman-german huquq oilasida fransuz huquqi va german huquq guruhi, umumiy huquq oilasida ingliz huquqi guruhi va Amerika huquq guruhi ajratiladi.
Akademik V.Knapp bunday tasniflashni keltiradi. Masalan, u roman-german huquq oilasida quyidagi huquq ti-zimlarini farqlaydi: fransuz huquqi, avstriya huquqi, german huquqi, shveytsariya huquqi, skandinaviya mamlakatlarining huquqi, huquqning aralash tizimi, kanonik huquq1.
Hozirgi zamon asosiy huquqiy tizimlarini tasniflashda yurist «etti o’lchab bir kes» qabilida ish tutishi kerak va, avvalo, huquqiy tizimlarning uncha ko’p bo’lmagan soni bilan chegaralanishi lozim. Agar kimda-kim tasniflashda butun er sharidagi huquqiy tizimlarni ishlatmoqchi bo’lsa, u empirik material ogarligani torta olmay qoladi. Bugungi kundagi hozirgi zamon huquqiy tizimlarining eng mukammal ro’yxati qiyosiy huquqning xalqaro qomusida keltirilgan. Biroq bu erda ham dunyodagi barcha huquqiy tizimlar qamrab olingan emas.
SHunisi qiziqki, yurist, avvalo, huquqiy tizimlarning bosh bo’g’inini aniqlashi, so’ng ularning keyingi jugrofiy tarqalishini aniqlamogi lozim. Agar dunyo huquqiy xaritasiga nazar tashlansa, shuni ko’rish mumkinki, er sharining uchdan ikki qismi roman-german va ingliz umumiy huquqdaridan kelib chiqadigan huquqiy tizimlar asosida yashamoqda.
Tasniflash asosi bo’lib birinchidan, ancha keng yoki aksincha juda tor ilk jug’rofiy doira xizmat qilishi mumkin. Ikkinchidan, mezonlar emas, balki tarixiy xarakterda ham bo’lishi mumkin. Va, nihoyat, bu vazifani yuridik ins-titutlar va huquq sohalari ham bajarishi mumkin. Umuman, hozirgi zamon huquqiy tizimlarini keng doirada tasniflashda ishlatiladigan mezonlar turli xil omillarni, ya’ni etnik, madaniy, jug’rofiy, diniy omillardan boshlab «huquqiy texnika», «huquq uslubi»gacha hisobga olishi mumkin. SHu bois, yurist olimlar qancha bo’lsa, tasniflashlar ham shunchalik ko’p.
Hozirgi zamon huquqiy tizimlarini tasniflashni ikkita asosiy yo’nalishga bo’lish mumkin. Tabiiyki, shartli ravishda ulardan har biri o’z navbatida o’ziga xos ma’lum xususiyatlarga ega bo’lgan bir qancha turlariga ega.
Birinchi yo’nalish fransuz olimi R.Davidning asarlarida o’z aksini topgan. Uch tomlik asarida olim uchta «huquq oilasi» (roman-german, ingliz-sakson, sotsialistik)ni ajratib ko’rsatadi va ularga dunyo xaritasining beshdan to’rt qismini o’z ichiga oladigan va «diniy va an’anaviy tizimlar» deb nomlangan butun yuridik dunyo tutashadi2.
Bunday tasniflashga ikkita mezon, ya’ni mafkuraviy (bunga R.David diniy, falsafiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillarni kiritadi) va yuridik texnika mezoni asos bo’ladi. O’z navbatida, ularning ikkalasini ajratgan holda emas, balki umumlashtirgan holda foydalanish zarur. Zamonaviy yuridik fanda R.Davidning tasniflashi mashhur. Masalan: fransuz universitetlarida «Hozirgi zamon asosiy huquqiy tizimlari» o’quv fanining o’qitilishi xuddi shu tasnif asosida olib boriladi.
Ikkinchi yo’nalishning ko’zga ko’ringan vakili nemis yuristi K.TSvaygert hisoblanadi. Tasniflashga besh omil, ya’ni:
1) huquqiy tizimning paydo bo’lishi va taraqqiyoti;
2) yuridik fikrlashning o’ziga xosligi;
3) o’ziga xos huquqiy institutlar;
4) huquq manbalari va ularni sharhlash usullari;
5) mafkuraviy omillarni nazarda tutuvchi «huquqiy uslub» («huquq uslubi») mezon bo’lib xizmat qiladi.
SHu asosda K.TSvaygert sakkizta «huquqiy doira»; roman - german, skandinav, ingliz-amerika, sotsialistik, islom huquqi, hind huquqini farqlaydi.
Asosiy huquqiy oilalarni ajratish uchun bir-biri bilan o’zaro bog’liq uchta mezon:
1) huquqiy tizimlarning kelib chiqishi;
2) huquq manbalari tizimi;
3) huquqiy tizimlar tuzilishi, etakchi huquqiy institutlar va huquq sohalari muhim hisoblanadi.
Huquq asoslarining shakl, tizim va ierarxiyasi huquqiy oilaning holatini tavsiflaydi va ularni tasniflashning muhim mezonini o’zida ifodalaydi. Agar roman-german huquq oilasi yozma kodifikatsiyalashgan huquq, ya’ni qonunlarda o’z ifodasini topgan normalar yig’indisidan iborat bo’lsa, bunda doimiy va keng norma ijodkorligi qonunlarga birkitiladigan umumiy tamoyillarga yo’l topadi. Ingliz-amerika umumiy huquqi esa kontinental huquq tizimidan shu ma’noda farqlanadiki, uning asosida sud pretsedenti yotadi: u o’zida majmualashtirilmagan huquqiy tizimni ifoda etadi.
Har bir huquq oilasi manbalari tizimi, avvalo, tari-xiy rivojlanishning o’ziga xosligi bilan belgilanadi. SHu munosabat bilan skandinav huquqi asoslari alohida qiziqish uyg’otadi. Mana yuz yildan ortiq vaqt davomvda ko’pchilik qonunchilik aktlari bu erda skandinav davlatlari hamkorligi natijasida qabul qilinadi. Agar ilgari bu qonunchilik hamkorligi faqat xususiy huquqqa tegishli bo’lsa, endi u butun ommaviy huquq sohasini ham qamrab oladi.
Huquq manbalari tizimining tarixiy rivojlanish xususiyatlarini yuridik fikrlash obrazi deb ataladigan holat ham belgilaydi. Masalan, roman-german yuristi uchun tushu-narli yondashish, tushunarli tuzilishga, hamma huquq sohalarini to’la tizimlashtirishga intilish va mantiqiy aloqalarni mantiqan ko’rib chiqish xosdir. Ingliz yuristi o’zini umumlashtirish va mavhumpashtirish bilan ovora qilib o’tirmaydi. U o’z tajribasiga asoslanib, o’z ishini yaxshi va muvaffaqiyatli tashkil qilishi mumkin.

2.4 Roman-german huquq oilasi


Roman-german huquq oilasiga Ovrupo qitasida Rim kanonik huquqi va mahalliy an’analar asosida yuzaga kelgan huquq tizimlari kiritiladi. U Rim huquqini italyan, fransuz va nemis universitetlarida o’rgatish asosida XII-XVI asrlarda Yustinian qonunlari to’plami asosida shakllangan, ko’pgana Ovrupo davlatlari uchun umumiy bo’lgan yuridik fanni o’rganish asosida yuzaga keldi. «Rim huquqi retsepsiyasi» nomini olgan jarayon yuz berdi. Boshida bu retsepsiya nazariy shaklda edi. Rim huquqi bevosita qo’llanilmasdan, uning mohiyati, rivojlangan tizimi, ichki mantiqi, yuridik texnikasi o’rganilar edi. Xuddi shu narsa Ovrupo davlatlarining huquqiy tizimlarida ma’lum bir o’xshashlikka olib keldi. SHu yo’nalishda kanonik huquqning ta’siri ham ko’zga tashlanadi. Milliy kodifikatsiyalash huquqqa aniqlik va ravshanlik berdi, uning amaliy ishlatilishini ancha osonlashtirdi va kontinental Ovrupoda vujudga keyagan huquq normasi va umuman huquqni tushunishning mantiqan tugallanishi bo’lib maydonga chikdi. Ular roman-german huquq oilasining bir butun holat sifatida shakllanishini tugalladi.

Download 197.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling